открыты сегодня 10:00 - 21:00
Занятия
ru
O'Z
открыты сегодня 10:00 - 18:00
“His-tuyg‘ular muzeyi 0+”
anjumani dasturi
2024-yilning
19–21-aprel kunlari
10:00–10:30
“His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasining ochilishi. Anjuman dasturiga kirish

Lyuda Luchkova — “Garaj” zamonaviy san’at muzeyining Ma’rifiy va inklyuziv loyihalar bo‘limi boshlig‘i.
Masha Shekochihina — “Garaj” zamonaviy san’at muzeyining Ma’rifiy va inklyuziv loyihalar bo‘limi uslubchisi.
Ivan Sorokin — Toshkent shahridagi Respublika bolalar kutubxonasi muhofizi.


1-QISM
Nogironligi bor bolalarga ta’lim berish rasmiy va tajriba-sinovlarga asoslangan sovet amaliyotlarining hozirgi zamonga ta’siri

Ushbu sho‘baning diqqat markazida Oʻzbekistondagi maxsus taʼlim tarixi haqida hikoya qilinuvchi yozuvchi, poliglot hamda oʻqituvchi, 4 yoshida koʻzi ojiz boʻlib qolgan, butun dunyo bo‘ylab, jumladan,Toshkent shahridagi ko‘zi ojiz bolalar va o‘smirlar ta’limi bilan shug‘ullangan Vasiliy Yeroshenko (1890–1952) faoliyatini tadqiq etish natijasida shakllangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi bo‘ldi. Namoyish buyumlari ta’lim usullari va vositalarining xilma-xilligini qayd etadi, amerikalik tarixchi Mariya Kristina Galmarinining ma’ruzasi esa tinglovchini ilk sovet ta’lim tajriba-sinovlaridan tortib sovet ko‘zi ojiz faollar faoliyatining nogironligi bor shaxslarning huquqlari uchun kurashuvchi xalqaro harakatga o‘tkazgan ta’sirigacha bo‘lgan tarix so‘qmoqlaridan olib o‘tadi.

10:30–11:30
“Sovet uslubidagi inkluziya: sovet maxsus ta’limi tarixidagi
tajriba-sinov, munozara va (boy berilgan) imkoniyatlar” ma’ruzasi


Maria Kristina Galmarini — Uilliam va Meyeri universitetining tarix va global tadqiqotlar kafedrasi dotsenti. Sovet tarixi va nogironlik tarixi yuzasidan ko‘plab nashrlar, jumladan, ikkita monografiya (“Ijtimoiy taraqqiyot elchilari: “sovuq urush”da ko‘zi ojizlarlarning xalqaro faolligi tarixi”, 2024; “Yordam olish huquqi: deviantlik, huquq va sovet odob-axloq tartibi”, 2016) (ingliz tilidagi nashrlar) muallifi.

11:30–12:30
Tamaddi uchun tanaffus

11:30–12:00
O‘zbekistonda maxsus ta’lim tarixiga oid arxiv hujjatlar ko‘rgazmasi bo‘ylab sayr

12:00–12:30
O‘zbekistonda maxsus ta’lim tarixiga oid arxiv hujjatlar ko‘rgazmasi bo‘ylab sayr


2-QISM
Norasmiy (muqobil, radikal) pedagogikaning uslub va yondashuvlari


Mazkur sho‘ba “ustoz — shogird” munosabatlari va ushbu munosabatlarni qay tarzda har ikkisi ham ta’lim jarayonining faol va barobar ishtirokchilari bo‘ladigan holda yo‘lga qo‘yish mumkinligiga bag‘ishlanadi. Turfa xil jamoada qanday qilib ishlash va turli insonlarning xususiyatlarini qanday hisobga olish lozim? O‘qituvchi bo‘lsangiz, qanday qilib xato qilishdan qo‘rqmaslik va xatolar tabiiy ekanligini o‘quvchiga qanday tushuntirish lozim? Nega norasmiy muhit ichida bola bilan muomalada turli muloqot strategiyalari va tillaridan foydalanish kerak?

12:30–13:15
“Rasmiy ta’lim muassasalaridan tashqarida imo-ishora tilining bolani kamol toptirish va lug‘at boyligini oshirish vositasi sifatidagi qadr-qimmati” ma’ruzasi

Yekaterina Savchenko – ikki kar farzandning onasi, rus imo-ishora tili va rus tili ikkinchi til sifatidagi o‘qituvchisi, kar bolalarning erta rivojlanishi bo‘yicha maslahatchi. Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun rivojlanish va uch yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan muloqot qilish bo‘yicha dars muallifi.

13:15–14:00
“Muzeyda neyro farqli jamoatchilik bilan ishlashda libertar pedagogikaning salohiyati. “GES-2” Madaniyat uyining “1+1” dasturi misolida

Vera Zamislova — “GES-2” Madaniyat uyining neyro farqli tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhit yaratish dasturlari muhofizi, san’atshunos, tadqiqotchi, Iqtisodiyot oliy maktabi milliy tadqiqot universiteti aspiranti. U neyro farqli katta yoshli shaxslar uchun ijtimoiy reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqqan va mustaqil tashkil etilgan inklyuziv loyihalar volontyori bo‘lgan. Ilmiy qiziqishlari: zamonaviy san’atdagi ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan amaliyotlar, namoyish ijrosida kichik guruhlarni taqdim etish, tanqidiy va anarxistik pedagogika.
Yuliya Karpenkova — san’atshunos, “GES-2” Madaniyat uyi mediatori, ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati zaif, kar va eshitish qobiliyati zaif, neyro farqli shaxslar kabi turli toifadagi tashrif buyuruvchilar uchun sayrlar ishlab chiqish va moslashtirish bilan shug‘ullanadi. 14 yoshidan boshlab ko‘ngilli, so‘ngra autizm spektri buzilishiga chalingan kishilar uchun reabilitatsiya markazi yozgi lagerlarida muallima bo‘lgan, neyro farqli bolalar va o‘smirlar uchun guruh mashg‘ulotlarida o‘qituvchi yordamchisi bo‘lib ishlagan.


14:00–15:30
“Teatr: teng huquqli muloqot sari intilib” ochiq bahs-munozara

Olib boruvchi
Yuliya Potseluyeva — teatr, muzey va ta’lim loyihalari muhofizi.

15:30–16:30
Tushlik

15:30–16:00
O‘zbekistonda maxsus ta’lim tarixiga oid arxiv hujjatlar ko‘rgazmasi bo‘ylab sayr

16:00–16:30
O‘zbekistonda maxsus ta’lim tarixiga oid arxiv hujjatlar ko‘rgazmasi bo‘ylab sayr
Toshkent shahridagi Respublika bolalar kutubxonasi
3-QISM
Bolalar va o‘smirlar loyihalarida xilma-xillik va boshqachalikni namoyon etish

Turli madaniy loyihalarda xilma-xil tajribalarni tamsil etish hamda ko‘rgazma, adabiyot, media mahsulot va oilaviy maxsus loyihalar yordamida yangi hikoyanavis talqinlarni yaratishning ahamiyati haqida mushohada yuritamiz.

16:30–17:30
“Media inklyuziv madaniyatni shakllantirish vositasi sifatida” ochiq mahorat dars

Nadiya Tyurina — pedagogika fanlari nomzodi, Moskva shahar pedagogika universitetining Maxsus ta’lim va psixologiya instituti dotsenti, o‘qituvchi-defektolog.

17:30–18:30
“Bolalar adabiyotidagi xilma-xillik va boshqachalikni namoyon etish” ma’ruzasi

Rahat Orozova — BMT Taraqqiyot dasturining Qirg‘izistondagi nogironlar bo‘yicha tahlilchisi. 25 yildan ortiq vaqt davomida Qirg‘iziston va Markaziy Osiyo mamlakatlarida nogironlik tadqiqotlarida faoliyat yuritadi.

18:30–19:00
Tamaddi uchun tanaffus

19:00–20:00
“AQSh muzey loyihalari misollarida kar va zaif eshituvchi bolalar hamda kar ota-onalarning eshitadigan bolalar (CODA) o‘zligini anglashini shakllantirish” ma’ruzasi

Nikol Miller – imo-ishora tili tarjimoni, imo-ishora tilidagi bolalar va o‘smirlar loyihalari rahbari.
Joys Hom – imo-ishora tili tarjimoni, imo-ishora tilidagi bolalar va o‘smirlar loyihalari rahbari va muallimi.

20:00–21:00
“Niderlandiyaning Amstelveyn shahridagi “KOBRA” zamonaviy san’at muzeyida yoshlar uchun san’at klubi” ma’ruzasi

Liza Mihaylova – madaniyat sohasidagi ta’lim loyihalari rahbari.
4-QISM
Madaniyatda bolalar va o‘smirlar inklyuziv loyihalari konstruktori: mavqe egallash va leksikasidan tortib materiallarni tanlash va tinglovchilarni jalb etishgacha


Bolalar amaliy inklyuziv mashg‘ulotlar ssenariylari va bolalar uchun ta’lim dasturlari va tadbirlarini moslashtirish uchun boshqa amaliy vositalar, shuningdek, bunday loyihalarni yaratish bo‘yicha muassasaviy tajribalar taqdim etiladigan qism.

10:00–11:00
“Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar uchun yozgi muzey oromgohi. “Qozon Kremli” muzey-qo‘riqxonasi tajribasi

Darya Muratova — “Qozon Kremli” muzey-qo‘riqxonasi ma’rifiy va inklyuziv dasturlar bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari nomzodi.

11:00–12:00
“Ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati zaif bo‘lgan bolalar uchun ta’lim maskani yaratish bo‘yicha nazorat ro‘yxati” ma’ruzasi

Ekkachan Eyamananvattana — “Creative Crews” studiyasi rahbari.

12:00–12:30
Tamaddi uchun tanaffus

12:30–13:30
“Kar va zaif eshituvchi o‘smirlar uchun fotosurat darslari” ma’ruzasi

Husniddin Ato — fotorassom, fotojurnalist, O‘zbekiston rassomlari uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti katta o‘qituvchisi.

13:30–14:30
«“Kel, sinab ko‘ramiz”. Migratsiya tajribasiga ega o‘smirlar uchun laboratoriya» ma’ruzasi

Yevgeniy Kutergin — inklyuziv va ma’rifiy loyihalari rahbari, rassom.

14:30–15:30
“Murakkab o‘tmish bilan ishlovchi muzeylardagi bolalar uchun ta’lim dasturlari: GULAG tarixi muzeyi va “NKVD tergov qamoqxonasi” memorial muzeyi tajribasi” ma’ruzasi

Diana Muravyova — GULAG tarixi muzeyi ta‘lim va inklyuziv loyihalar muhofizi (Moskva).
Pavel Unrayn — “NKVD tergov qamoqxonasi” memorial muzeyi prodyuseri (Tomsk).

15:30–16:30
Tushlik

15:30–16:00
O‘zbekistonda maxsus ta’lim tarixiga oid arxiv hujjatlar ko‘rgazmasi bo‘ylab sayr

16:00–16:30
O‘zbekistonda maxsus ta’lim tarixiga oid arxiv hujjatlar ko‘rgazmasi bo‘ylab sayr

16:30–17:15
«“Yopiqmi? Ochiq!” Kriptografiya muzeyida autizmi bor o‘smirlar uchun loyiha» ma’ruzasi


Nikita Bolshakov — sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent, “Sotsiologiya” kafedrasi mudirining o‘rinbosari, “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadqiqot universiteti Ijtimoiy integratsiya tadqiqotlari xalqaro laboratoriyasining yetakchi ilmiy xodimi. Kriptografiya muzeyida qulay muhit yaratish va inklyuziya dasturlari muhofizi.

17:15–18:00
«“Ochiq fazoga chiqish”. Alohida ta’limga muhtoj bolalar va o‘smirlar uchun muzeyga tashrifni qanday qulay qilish kerak?» ma’ruzasi

Lyudmila Jdanova — K.E. Siolkovskiy nomidagi Kosmonavtika tarixi davlat muzeyi axborot-kommunikatsiyalar bo‘limi boshlig‘i, inklyuziv loyihalar muhofizi.

18:00–18:30
Tamaddi uchun tanaffus

18:30–20:00
“Aaron Academy Kids”, Tretyakov galereyasi, “Anton shu atrofda” xayriya jamg’armasi va “Garaj” Zamonaviy san’at muzeyi mutaxassislari ishtirokida aqliy nuqsoni bor kishilar bilan ishlashdagi yondashuvlarga oid bahs-munozara
20-aprel
Toshkent shahridagi Respublika bolalar kutubxonasi
21-APREL
Xilma-xillik, inklyuziya va boshqachalik haqida bolalar va oilaviy mahorat darslari kuni

Dasturdan kar va zaif eshituvchi tashrif buyuruvchilar uchun mahorat darsi va imo-ishora tilida oilaviy o‘qish o‘rin olgan. Ularni “GES-2” Madaniyat uyining mutaxassisi Yuliya Kostenyova va kar bolalarni erta rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis Yekaterina Savchenko olib boradi; kulol Alisher Nazirov tomonidan taktil mahorat darsi, bolalar adabiyotida xilma-xillikni tasvirlash tadqiqotchisi Rahat Orozova bilan o‘qish hamda “Mission Inclusion” loyihasi vakili Munavvarxon Sultonova ishtirokida mahorat darsi bo‘ladi.