открыты сегодня 10:00 - 21:00
ru
открыты сегодня 10:00 - 21:00
Jeyms Bredbernning “Shaharlarga madaniyat muassasalari
nima uchun kerak?”
ma’ruzasi
20-oktabr
Jeyms Bredbernning “Shaharlarga madaniyat muassasalari nima uchun kerak?” ma’ruzasi
Madaniyat muassasalariga uyushmalar nima uchun kerak? Bolalar va ota-onalarni birgalikda ijodkorlikka qanday jalb qilish kerak? Madaniy ta’lim uchun javobgarlik nima? Dunyodagi eng go‘zal kutubxonalardan birining direktori bilan uchrashuv: madaniyat muassasalarining kelajagi haqidagi fikrlar va ota-onalarga farzandlarini san’atga jalb etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.
19:00–20:00
Zamonaviy kutubxonalar, boshqa madaniyat muassasalari kabi, o‘zgarib, o‘zini qayta ixtiro qilmoqda va o‘z foydalanuvchilariga yaqinroq bo‘lishning yangi usullarini qidirish orqali, his-tuyg‘ular almashish va ijodkorlik uchun makon yaratmoqda. Madaniy muassasalar – bu manba, axborot manbai hamda bir vaqtning o‘zida ham ijtimoiylashuv ham odamlardan xoli qolish maskanidir. Bularning barchasi muassasalarni ham soliqlar, ham o‘z ishtiroki bilan qo‘llab-quvvatlayotgan davlat fuqarolari tufayli amalga oshirilmoqda. Har qanday xolatda ijtimoiy javobgarlik ikki tomon zimmasida bo‘ladi – kutubxonani tashkil qilganlarning hamda foydalanuvchilarning ehtiyotkorona munosabati binoning qancha turib berishi, kitoblar va boshqa manbalarning qancha xizmat qilishiga bog‘liq.
Jeyms Bredbern – tarixchi, me’mor, faylasuf, muzeyshunos va bolalar yozuvchisi. 2015-yilda u Pinakoteka Brera va Braydens milliy kutubxonasiga boshchilik qilish uchun Milanga ko‘chib o‘tadi. Ularning har ikkisi ham Milan nafis san’at akademiyasi yaqinidagi Brera saroyida joylashgan. Bu vaqt davomida Jeyms aholi va xodimlar o‘zlarini katta jamoaning bir qismi sifatida his qiladigan va tashrif buyuruvchilar bir oila sifatida muhofizlar tomonidan taklif qilingan vazifalarni quvonch bilan bajaradigan makon yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

Uchrashuvni O‘zbekiston Davlat Sanʼat muzeyining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mixail Ovchinnikov olib boradi.

Muloqot tili: rus/ingliz tillari o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan


Kirish bepul, roʻyxatdan oʻtishingiz lozim.