открыты сегодня 10:00 - 21:00
Занятия
ru
O'Z
открыты сегодня 10:00 - 18:00
Творческие занятия с педагогами в марте
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan har bir bola o‘rgana olishi, o‘ynashi, izlanishi va tinglanishini his etishi mumkin bo‘lgan rang-barang mashg‘ulotlar guldastasini hozirladik. Biz uchun kutubxona bolalarning ovozlari erkin va yorqin jaranglaydigan makon bo‘lib qolishi muhim. Ularning ijodiy erkinliklarini qo‘llab-quvvatlash orqali biz bolalardan sezgirlik, jur’at va ochiqlikni o‘rganamiz.
Kutubxona hovlisida gulzor barpo etamiz. “GOODVEEN” Gullar uyi mutaxassislari bilan birga tuproqni yumshatib, chuqurchalar qaziymiz va gul ko‘chatlarini ekamiz. Butun yoz davomida biz bilan birga bo‘lib, gullab, so‘lib, yana jonlanadigan gulzorga poydevor qo‘yamiz.

Begona o‘tlarni farqlashni, nihollarni parvarishlash va to‘g‘ri sug‘orishni o‘rganamiz. Gullarning madaniyat, afsonalar va san’at bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda e’tibor bilan yuritiladigan bog‘dorchilik atrofimizdagi dunyoni yaxshiroq anglashga qanday yordam berishi haqida suhbatlashamiz. Har bir ishtirokchi hovlimizda gullab-yashnagan yozning hammuallifiga aylanadi!

Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
Kutubxona hovlisi
10:00–11:00
GULZOR BARPO ETAMIZ (6–10)
Koshinlar san’ati qadim zamonlardan beri ma’lum bo‘lib, unda aniqlik, sabr-toqat va tabiiy tosh bilan ishlov uyg‘unlashgan. Dog‘istonlik rassom, badiiy qarorgohlar va ko‘rgazmalar ishtirokchisi Jamila Shoh bilan birgalikda bog‘imizdagi gullardan ilhomlanib, koshinli antiqa buyumlarni yaratamiz. Terish usullari haqida bilib olamiz, tosh va shaffof, rangli shishani (smalta) yorishni hamda kompozitsiya bilan ishlashni o‘rganamiz.

Jamila tosh, smalta va shishadan foydalangan holda Rim koshinlarining mumtoz uslubida mehnat qiladi. U o‘z asarlarida Dog‘iston tabiati g‘oyalari, naqsh unsurlari va madaniyatiga xos ramzlarni uyg‘unlashtiradi.

Tavsiya etiladigan yosh: 9–12
Kutubxona hovlisi
12:00–14:00
KOSHINLAR BO‘YICHA MAHORAT DARSI (9–12)
Raqamli va ijodiy kasblar laboratoriyasi muhofizi Aksiniya Leontyeva bilan birga, zamonaviy texnologiyalar sohasidagi qiziqish va ko‘nikmalar qanday shakllanishi, necha yoshdan va nimadan boshlash kerakligi hamda ota-onalar bolani bu yo‘lda qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini muhokama qilamiz.

“CIRCUIT” ta’lim kurslari yozgi dasturining robotlarni yig‘ish va dasturlashdan tortib to “Procreate”da shaxsiy 3D modellar, vizual she’riyat va kollajlar yaratishgacha bo‘lgan yo‘nalishlari va muallimlari bilan tanishamiz. O‘quv jarayoni qanday tashkil etilgani, 10, 12 yoki 15 yoshli bolalarga qaysi shakllari mos kelishi va bolaga ta’lim strategiyasini shakllantirishda qanday yordam berish haqida suhbatlashamiz.

Tajriba almashib, yozgi ta’lim uchun so‘rovnomani to‘ldiramiz va tavsiyalar olamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Kovorking zali
13:00–14:00
CIRCUIT LABORATORIYASI YOZGI KURSLARI TAQDIMOTI
Uzunligi uch metr bo‘lgan xayoliy shahar haqida hikoya qiluvchi “Megalopolis” rasmli kitobi bilan tanishamiz. Kitobda xuddi ko‘chada yurgandek kezish: derazadan mo‘ralash, qahramonlarni izlash, tafsilotlarni payqash mumkin. Uylarni qavatma-qavat ko‘rib chiqish va har safar yangi sahnalar, qahramonlar hamda hikoyalarni topish mumkin.

Klea Dyedonne – fransiyalik rassom, “Bologna Ragazzi Award” mukofoti sovrindori va bolalar kitoblarining eng zukko mualliflaridan biri. Uning hikoyalarida sahifalar sahnalarga, niqoblar aniq shaxslarga, o‘quvchi esa hammuallifga aylanib, arxitektura va o‘yin, tasvir hamda dizayn bir-biriga bog‘lanib ketadi. Bunday kitobchalar qanday tayyorlanishini bilib olib, jamoaviy rasmli shahar yaratamiz.

Muloqot tili: ingliz tilida, o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etilgan yosh: 6+
Majlislar zali
13:00–14:30
FRANSUZ ADIBASI VA RASSOM KLEA DYEDONNE BILAN “POP-AP” KITOB USTAXONASI
Hammasi teskari ketayotgan “Mascarade” (“Niqoblar sayli”) rasmli kitobi bilan tanishamiz! Qurbaqa sherdek o‘kiradi, ot mushukday miyovlaydi, maymun esa eshak ovozida hangraydi. Kitob qahramonlariga aylanib, muallif bilan birga o‘z “pop-ap” niqoblarimizni yaratamiz!

Klea Dyedonne – fransiyalik rassom, “Bologna Ragazzi Award” mukofoti sovrindori va bolalar kitoblarining eng zukko mualliflaridan biri. Uning hikoyalarida sahifalar sahnalarga, niqoblar aniq shaxslarga, o‘quvchi esa hammuallifga aylanib, arxitektura va o‘yin, tasvir hamda dizayn bir-biriga bog‘lanib ketadi. Bunday kitobchalar qanday tayyorlanishini bilib olib, mushtarak shahar suratini yaratamiz.

Muloqot tili: fransuz tili
Tavsiya etiladigan yosh: 6+
Kovorking zali
15:00–16:30
FRANSUZ ADIBASI VA RASSOM KLEA DYEDONNE BILAN “POP-AP” NIQOBLAR USTAXONASI
Koshinlar san’ati qadim zamonlardan beri ma’lum bo‘lib, unda aniqlik, sabr-toqat va tabiiy tosh bilan ishlov uyg‘unlashgan. Dog‘istonlik rassom, badiiy qarorgohlar va ko‘rgazmalar ishtirokchisi Jamila Shoh bilan birgalikda bog‘imizdagi gullardan ilhomlanib, koshin buyumlarini yaratamiz. Terish usullari haqida bilib olamiz, tosh va shaffof, rangli shishani (smalta) yorishni hamda kompozitsiya bilan ishlashni o‘rganamiz.

Jamila tosh, smalta va shishadan foydalangan holda Rim koshinlarining mumtoz uslubida mehnat qiladi. U o‘z asarlarida Dog‘iston tabiati g‘oyalari, naqsh unsurlari va madaniyatiga xos ramzlarni uyg‘unlashtiradi.

Tavsiya etiladigan yosh: 9–12
Kutubxona hovlisi
17:00–19:00
KOSHINLAR BO‘YICHA MAHORAT DARSI (9–12)
Britaniyaning “Lyngo Theatre” teatri artistlari ijrosida Antuan de Sent-Ekzyuperining nozik va she’riy hikoyasi bilan tanishamiz. Bu faqat qalb qo‘ri bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan ko‘z ig‘amas narsalar haqidagi hikoyadir.
Kichkina shahzoda sayyoralar bo‘ylab sayohat qiladi, ajoyib qahramonlarni uchratadi va Yerga yetib kelganda uchuvchini topadi. U bolalik nima ekanini eslay oladigan yakka-yu yagona katta odam bo‘lib chiqadi. Ularning do‘stlik, mehr-muhabbat, hayotning ma’nisi haqidagi suhbatlari, ayniqsa, ravshan va ta’sirli eshitiladi.

“Kichkina shahzoda” – mumtoz san’atga aylangan falsafiy ertakdir. 1943-yilda nashr etilganidan buyon u butun dunyo bo‘ylab katta-yu kichik kitobxonlarni o‘ziga rom etib kelmoqda.

“Lyngo Theatre” – 20 yildan ziyod vaqt davomida barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun vizual jihatdan ta’sirchan va hassos spektakllar yaratib kelayotgan Britaniya teatr kompaniyasi hisoblanadi.

Muloqot tili: ingliz tilida, o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etiladigan yosh: 5+
Majlislar zali
17:30–18:30
LyNGO TEATRINING “KICHKINA SHAHZODA” SPEKTAKLI (5+)
O‘zbek mahallalari mumtoz san’ati va jahon xalqlari o‘yinlari bilan tanishamiz. “Dengiz mavjlanadi – bir”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Baliqchilar va baliqlar”, “Laylak keldi” singari o‘yinlarni o‘ynaymiz!

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 5+
Kutubxona hovlisi
18:00–19:00
JO‘SHQIN O‘YINLAR (5+)
Bolalar va kattalar bilan birgalikda o‘zbek, rus va ingliz tillarida ochiq havoda kuylaymiz. Xalq nutqiy qo‘shiqlari, estrada xitlari va allalarni musiqiy jihatdan erkin tadqiq etishga kirishamiz. Tinglaymiz, badiha qilamiz, marom, tovush va ohang bilan o‘ynaymiz. Ishtirok etish uchun maxsus ko‘nikmalar shart emas.

“Hot Horist” – musiqiy loyiha bo‘lib, unda ishtirokchilar qo‘shiqlarni to‘liq xirgoyi qilmaydi, balki xalq kuylari, mashhur qo‘shiqlar va bolalar taronalaridan jonli kompozitsion qorishmalarni yig‘adilar. Loyiha ijroning aniqligini emas, balki daxldorlik tuyg‘usini, birgalikda jarangrash quvonchini va ovozlar bir oqimga qo‘shilganda yuzaga keladigan o‘ziga xos uyg‘unlikni qadrlaydi.

Tavsiya etiladigan yosh: 9+
Kutubxona hovlisi
19:00–20:30
XOR IJROCHILIGI BO‘YICHA MAHORAT DARSI (9+)
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.
Собрание детского книжного клуба. Читаем и обсуждаем книгу Елены Ульевой «Идем к стоматологу» вместе с Шахзодой Джураевой, радиоведущей и сотрудницей нашей библиотеки. Познакомимся с познавательной историей о пугливом зайчонке и смастерим тематическую поделку.

У зайчонка заболели зубы, но он боится идти к врачу. Вдруг доктор все только испортит и малыш не сможет грызть морковку? Вместе с героем отправимся в кабинет стоматолога и разберемся, почему врачей не стоит пугаться, для чего нужны разные инструменты и почему так важно ухаживать за зубами.

Язык проведения: узбекский и русский
Возраст: 5+
13:00–14:00
МАЛЫЙ ЗАЛ-ТРАНСФОРМЕР