открыты сегодня 10:00 - 21:00
Занятия
ru
O'Z
открыты сегодня 10:00 - 18:00
Taktil modellar
Taktil modellar nima?
Taktil modellar yassi tasvirlar (masalan, rasm, fotosurat, grafikalar) yoki uch o‘lchamli asl nusxalar, jumladan me’moriy inshoot, hayvon va hatto odamlarning ko‘p hajmli nusxalari bo‘lgan relyef yoki uch o‘lchamli shakllardir.

Taktil modellardan nima uchun foydalaniladi?
Taktil modellarning asosiy vazifasi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarga ochiqlikni ta’minlashdir. Modellardan turlicha foydalanish mumkin: uning misolida u yoki bu kamdan-kam uchraydigan hodisa tahlil etiladigan o‘quv materiali sifatida, yoki obyektlarning bir-biriga nisbatan joylashuvini tushunishga imkon beruvchi yassi tasvirning hajmli nusxasi sifatida.
Modellar shaklni tushunish va ob’yekt kompozitsiyasida yo‘nalishni topish imkoniyatini beradi, ammo taktil tekshiruv amaliyotini tiflosharh, obyektni so‘z vositasida tasvirlash bilan mustahkamlash afzaldir. Har qanday so‘z vositasida tasvirlash tiflosharh emasligini ta’kidlash zarur. Tiflosharh umumiylikdan xususiylik tomonga ta‘riflash, qisqa iboralardan foydalanish, metaforalar va sub’yektiv baholashdan qochishdan iborat maxsus uslubni o‘z ichiga oladi.

Qanday taktil modellar bo‘ladi?
Taktil modellar turli xil bo‘ladi. Ular uch o‘lchamli ob’yekt, relyef, hajmli konturlar ko‘rinishiga ega bo‘lishi mumkin. Sifatli taktil model faqat tasvirni “mato surat”dan relyef shakliga nusxa ko‘chirish yoki o‘girish emasligini yodda tutish muhim. Ba’zi obyektlar va yassi tasvirlar mayda tafsilotlarga to‘lib-toshgan bo‘lishi, oddiy nusxa ko‘chirish taktil jihatdan o‘qilmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Buning uchun taktil modellarni ishlab chiqaruvchilar tasvirni tahlil qilib, model uchun eng muhim tafsilotlarni tanlaydilar. Modellarni yasashda ishlatilaladigan ashyolar ham juda xilma-xildir: haykaltaroshlik plastigi, yog‘och, metall, mo‘yna, baxmal, jun, marvarid, ip va boshqalar. Asl nusxaning ashyolaridan model yasash ancha muvaffaqiyatli yechim hisoblanadi.