Brayl alifbosi ishlab chiqilganidan atigi yetmish yil o‘tib, bo‘rtma nuqtalardan iborat matn teruvchi ilk yozuv mashinkasi paydo bo‘ldi.
Brayl yozuv mashinkasi har biri oltita nuqtaning joylashgan o‘rnidan biriga javob beruvchi oltita tugmacha, shuningdek, “probel” – bo‘sh joy tugmachasiga ega. Bitta tugmachani bosganda, qog‘ozda oltita mumkin bo‘lgan joylashuv o‘rnidan
birini egallagan faqat bitta nuqta muhrlanadi. Bittadan ziyod nuqtadan iborat harf yoki raqamni terish uchun tugmachalarni bir vaqtning o‘zida bosish lozim.
Kompyuterlar paydo bo‘lishi bilan Brayl yozuvi mashinkalaridan tobora kamroq foydalanilmoqda. Bugungi kunda ularning o‘rnini brayl alifboli klaviaturalar egallamoqda.