Kutubxonada kuzgi ta’til
4–9-NOYABR
Kutubxonada ta’til — bu har kuni qiziqarli mashg‘ulotlar deganidir! Zoologiya instituti olimlarining xonalariga mo‘ralaymiz, kabutar pochtasi qanday ishlagani va radioto‘lqinlar qanday tarqalishini bilib olamiz hamda kuzgi tabiatni o‘rganish uchun Botanika bog‘iga yo‘l olamiz.
Kashhtan, zarang va chinor barglaridan nusxa tushiramiz, linogravyura san’atini o‘rganamiz, o‘z ko‘rgazmalarimizni to‘plab, ularga tavsiflar yozamiz. Bundan tashqari, kinolar ko‘ramiz va ularni muhokama qilamiz, o‘zbek va xitoy tillarida o‘qib, yangi stol o‘yinlarini o‘zlashtiramiz.
4-NOYABR
Erkin ijod ustaxonasi. Monotipiya 6+
Monotipiya — bosma usulida tasvirlar yaratish usulii bo‘lib, bunda har bir nusxa betakror bo‘lib chiqadi. Ustaxonada bo‘yoqlar bilan tajriba-sinovlar o‘tkazamiz hamda kashtan, zarang va chinor barglarining izlaridan kompozitsiyalar yaratamiz.
O‘zbekiston Aloqa tarixi muzeyiga sayohat 12+
Zamonaviy texnologiyalar paydo bo‘lgunga qadar odamlar xabarlarni qanday uzatgan? Sayohat davomida aloqa tarixi bilan tanishamiz, tutunli signallar va kabutar pochtasi qanday ishlaganini bilib olamiz hamda radioto‘lqinlar qanday tarqalishini tushunib yetamiz.
Ishtirokchilar yig‘ilishi: soat 14:30da kutubxona kirish qismida. Avtobus guruhni muzeyga va sayohatdan so‘ng qaytarib kutubxonaga olib keladi. Ota yoki onaning hamrohligi shart.
5-NOYABR
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutiga sayohat 6+
Teriologlar, gerpetologlar, ornitologlar, ixtiologlar va boshqa olimlar nima bilan shug‘ullanishadi? Tadqiqotchilarning ish xonalardagi va ekspeditsiyalardagi ishlari bilan tanishish hamda ular o‘rganadigan buyumlarni yaqindan bilish uchun Zoologiya institutiga sayohatga boramiz.
Ishtirokchilar yig‘ilishi: soat 11:00da kutubxona kirish qismida. Avtobus guruhni institutga va sayohatdan so‘ng qaytarib kutubxonaga olib keladi. Ota yoki onaning hamrohligi shart.
Kinoto‘garak 6+
Barchani oilaviy multfilm tomosha qilishga taklif etamiz. Qulay joylashib olib, sevimli ertaklarni birgalikda tomosha qilish va kechani kutubxonada o‘tkazish mumkin.
6-NOYABR
Zurab Sereteli ko‘rgazmasiga sayohat 6+
NBU Tasviriy san’at galereyasida bo‘lib o‘tayotgan Zurab Seretelining ko‘rgazmasiga boramiz. Rassomning asarlarini ko‘zdan kechiramiz, ranglar, shakllar va detallarga e’tibor qaratamiz hamda san’at asarlari ortida qanday taassurotlar va voqealar yashiringanini muhokama qilamiz.
Ishtirokchilar yig‘ilishi: soat 16:00da kutubxona kirish qismida. Avtobus guruhni galereyaga va sayohatdan so‘ng qaytarib kutubxonaga olib keladi. Ota yoki onaning hamrohligi shart.
Bolaning ta’lim strategiyalari. Muhammadali Hakimjonov bilan uchrashuv
Bolada bilim olishga bo‘lgan ishtiyoq qanday shakllanadi hamda ota-onalar uning qiziquvchanligi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash uchun nima qila oladilar? Xalqaro ta’lim sohasi mutaxassisi Muhammadali Hakimjonov bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda zamonaviy ta’lim yondashuvlari, mustaqillik va qiziquvchanlikni rivojlantirish, shuningdek, bolani tanqidiy fikrlashga hamda mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatish haqida so‘z yuritamiz.
Suhbat uchun Muhammadali Hakimjonovning “Maktabni qoldirgan bola” nomli yangi kitobi muloqot boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu — darslar, uy vazifalari va maktab qoidalarisiz kechadigan olam haqida hikoya qiluvchi suratlarga boy ertak bo‘lib, ta’lim-tarbiyaning ahamiyatiga yangicha qarashni taklif etadi.
Muhammadali Hakimjonov — xalqaro ta’lim sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis.
Muloqot tili: ingliz tili, o‘zbek va rus tillariga tarjima bilan.
Erkin ijodiy ustaxonasi Bolalar uchun muhofizlik amaliyotlari 8+
Mazmun-mohiyat san’at asarining idrok etilishini qanday o‘zgartiradi? Bolalar uchun mo‘ljallangan qisqa muddatli muhofizlik amaliy mashg‘ulotida ishtirokchilarning arxivlari bilan ishlaymiz hamda yangi asarlar yaratamiz. Ular o‘rtasidagi ma’nodosh va vizual bog‘liqliklarni izlaymiz, bezatish hamda shakllantirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazib,ularga tavsiflar yozamiz.
Qisqa muddatli amaliy mashg‘ulotlar 6, 7 va 8-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun barcha uch kunda ham qatnashish shart
7-NOYABR
Xitoy tilidagi kitob to‘garagi 6–10
Xitoy tilidagi kitoblarni o‘qiymiz hamda iyerogliflar bilan qiziqarli va tushunarli shaklda tanishamiz. Mutolaa, muloqot va ijodiy topsiriqlar orqali so‘z boyligimizni oshiramiz. Xitoy tilida so‘zlasish, sanash va yozishni o‘rganamiz hamda Chin yurti madaniyati va zamonaviy hayoti haqida ko‘proq bilib olamiz.
RO‘YXATDAN O‘TISH 2-noyabr 12:00 da ochiladi
Stol o‘yinlari to‘garagi 6+
Turli xil stol o‘yinlari: o‘yinli “sayr-u sayohat” va hamkorlikdagi sarguzashtlardan tortib, strategiya o‘yinlarigacha bo‘lganlari bilan tanishamiz. O‘yin o‘ynaymiz, muloqot qilamiz va muhim ko‘nikmalarni rivojlantiramiz.
RO‘YXATDAN O‘TISH 2-noyabr 12:00 da ochiladi
O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagi 11+
Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini tahlil qilamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni rivojlantiramiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz.
RO‘YXATDAN O‘TISH 2-noyabr 12:00 da ochiladi
Kuz izlari. Andazali bosma ustaxonasi
Bosma grafika usuli sanaladigan linogravyura bilan tanishamiz. Bunda tasvir linoleumga o‘yib ishlanadi, bo‘yoq surtiladi va qog‘ozga tushiriladi. Kuzgi tabiatdan ilhomlangan holda barglar shakli, chiziqlar hamda fakturalarni o‘rganamiz, o‘z kompozitsiyalarimiz va bosma nusxalarimizni yaratamiz.
Tabiatshunoslar to‘garagi Botanika bog‘iga sayohat 6+
O‘simliklarni kuzatish va odatda e’tibor bermaydigan detallarni payqash uchun Botanika bog‘iga yo‘l olamiz. Tabiat va uning xilma-xilligi haqida suhbatlashamiz, atrofimizdagi makonni tadqiq etamiz hamda odatiy narsalarda ko‘proq ma’no-yu go‘zallikni ko‘rishni o‘rganamiz.
“Young” kinoto‘garagi 12+
Katta ekranda sara filmlarni tomosha qilamiz, so‘ng kino tilini uqishni o‘rganamiz: detallarni payqaymiz, kadr maromini his etamiz, rang va ovoz ishini tushunamiz hamda haqiqiy kino sehri qanday paydo bo‘lishini muhokama qilamiz.
8-NOYABR
Mevalar atlasi Erkin ijod ustaxonasi 6+
Har bir mevaning o‘z shakli, rangi va tuzilishi bor. Mevalarning xilma-xilligini ko‘rib chiqamiz, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganamiz hamda ijodiy tajribalar uchun boshlang‘ich nuqta sifatida tabiiy shakllardan foydalanamiz.
Ovoz laboratoriyasi 12+
Atrofimizdagi olamning o‘ziga xos tovush manzarasi bor: ko‘cha shovqini, ovozlar, qadamlar va biz ko‘pincha sezmaydigan boshqa tovushlar. Biz dala yozuvlarini qayd etib boramiz, turli makonlarning jarangdorligini o‘rganamiz, tovushlarni bir-biriga qorishtiramiz hamda atrofdan topilgan tovushlardan o‘z musiqamizni yaratamiz.
Kinoto‘garak 6+
Shuum ismli kichkina boyqushcha endigina tuxumdan chiqib, barcha to‘siq va qiyinchiliklarni yengib o‘tgan holda, darhol onasini izlashga oshiqqani haqidagi ta’sirli fransuz animatsiyasi.
9-NOYABR
Kuzgi qushlar Erkin ijod ustaxonasi 6+
Kuzda qushlar odatiy yo‘nalishlarini o‘zgartirib, gala-gala bo‘lib olis yo‘lga chiqadilar. Ijodiy mashg‘ulotda kuzgi qushlar olami bilan tanishamiz hamda ularning shakli, harakatlari va xulq-atvoridan ilhomlangan holda o‘z ijodiy ishlarimizni yaratamiz.
Kinoto‘garak 6+
O‘zbek animatsiyasi olamiga sho‘ng‘iymiz. Dasturdan sevimli va noyob mahalliy multfilmlar joy olgan.
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.