Erkin ijod ustaxonasi
Respublika bolalar kutubxonasi va Toshkent Zamonaviy san’at markazining (CCA Tashkent) tadbirlar dasturi
Erkin ijod ustaxonasi — bolalar uchun ijodiy mashg‘ulotlar va sayohatlar turkumi. Dastur turli badiiy vositalar — rasm, kollaj, tasvir va ashyolar bilan ishlashni erkin tadqiq etish asosiga qurilgan. Ishtirokchilar zamonaviy san’at amaliyotlarini o‘rganadilar va ijodda o‘z ifoda usullarini topadilar.
26-SENTABR
Kollaj ustaxonasi. Natyurmort 0+
Kollaj usulida natyurmortlar (jonsiz predmet va buyumlar) yig‘amiz: buyumlarni tanlaymiz, ularning shakli, rangi, o‘lchami bilan ishlaymiz hamda qirqimlar va turli fakturalardan o‘z kompozitsiyalarimizni yaratamiz.
Bolalar uchun sayohat 6+
Bolalar va ota-onalar Zamonaviy san’at markazi va “HIKMAH” ko‘rgazmasi obyektlari bilan tanishadilar. Qatnashchilar mediator bilan birgalikda asarlarni ko‘zdan kechiradilar, ko‘rganlarini muhokama qiladilar, savollar beradilar va zamonaviy san’at bilan o‘zaro muloqotda bo‘lishning shaxsiy usullarini izlaydilar.
27-SENTABR
Kollaj ustaxonasi. Guldasta 0+
Qog‘oz, rasm va fakturalardan noodatiy guldastalar yig‘amiz. Gullar va barglarning shakllarini o‘ylab topamiz, ranglarni uyg‘unlashtiramiz hamda o‘zimizning kollaj kompozitsiyalarimizni yaratamiz.
Rasm chizish ustaxonasi. Avtoportret 6+
Avtoportretga oʻzimiz haqimizda soʻzlarsiz hikoya qilishning bir usuli sifatida qaraymiz. Ishtirokchilar oʻzlarining haqiqiy yoki xayoliy tasvirini yaratish uchun chiziq, rang, shakl va detallar ustida ishlaydilar.
Bolalar uchun sayohat 6+
Bolalar va ota-onalar Zamonaviy san’at markazi va “HIKMAH” ko‘rgazmasi obyektlari bilan tanishadilar. Qatnashchilar mediator bilan birgalikda asarlarni ko‘zdan kechiradilar, ko‘rganlarini muhokama qiladilar, savollar beradilar va zamonaviy san’at bilan o‘zaro muloqotda bo‘lishning shaxsiy usullarini izlaydilar.
Tadbirlarga ro‘yxatdan o‘tish 24-sentabr kuni soat 12:00 da ccat.uz saytida ochiladi. Ishtirok etish bepul.
