Hurmatli tashrif buyuruvchilar! 1-oktabr kuni kutubxona yopiq bo‘ladi. O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! Kutubxona 2-oktabrdan doimiy ish tarzida o’z faoliyatini davom ettiradi.
Erkin ijod ustaxonasi

Erkin ijod ustaxonasi

Respublika bolalar kutubxonasi va Toshkent Zamonaviy san’at markazining (CCA Tashkent) tadbirlar dasturi

Erkin ijod ustaxonasi — bolalar uchun ijodiy mashg‘ulotlar va sayohatlar turkumi. Dastur turli badiiy vositalar — rasm, kollaj, tasvir va ashyolar bilan ishlashni erkin tadqiq etish asosiga qurilgan. Ishtirokchilar zamonaviy san’at amaliyotlarini o‘rganadilar va ijodda o‘z ifoda usullarini topadilar.

3-OKTABR

Kollaj ustaxonasi. Naqsh 0+

12:00–13:00
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi (CCA), Amir Temur ko‘chasi, 6B

Rassom Alina Mish bilan birgalikda an’anaviy naqshlarni ko‘rib chiqamiz, ularda takrorlanuvchi shakllar va maromlarni izlaymiz hamda mualliflik kompozitsiyalarini to‘playmiz.

“Shaharni xaritalash” ustaxonasi 6+

14:00–15:00
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi (CCA), Amir Temur ko‘chasi, 6B

Rassom Ester Sheynfeld bilan birgalikda erkin rasm chizish yo‘nalishida shaharni uning shakllari, fakturalari va detallari orqali tadqiq qilamiz.

Bolalar uchun sayohat 6+

15:00–16:00
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi (CCA), Amir Temur ko‘chasi, 6B

Bolalar va ota-onalar Zamonaviy san’at markazi va “HIKMAH” ko‘rgazmasi obyektlari bilan tanishadilar. Qatnashchilar mediator bilan birgalikda asarlarni ko‘zdan kechiradilar, ko‘rganlarini muhokama qiladilar, savollar beradilar va zamonaviy san’at bilan o‘zaro muloqotda bo‘lishning shaxsiy usullarini izlaydilar.

4-OKTABR

Kollaj ustaxonasi. Manzara 0+

12:00–13:00
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi (CCA), Amir Temur ko‘chasi, 6B

Rassom Alina Mish boshchiligida fotosuratlar, qirqimlar va turli fakturalardan manzaralar to‘playmiz: haqiqiy joylarni xayoliy joylar bilan bog‘laymiz va o‘z makonlarimizni yaratamiz.

Rasm chizish ustaxonasi. Avtoportret 6+

14:00–15:00
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi (CCA), Amir Temur ko‘chasi, 6B

Avtoportretga oʻzimiz haqimizda soʻzlarsiz hikoya qilishning bir usuli sifatida qaraymiz. Ishtirokchilar oʻzlarining haqiqiy yoki xayoliy tasvirini yaratish uchun chiziq, rang, shakl va detallar ustida ishlaydilar.

Bolalar uchun sayohat 6+

15:00–16:00
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi (CCA), Amir Temur ko‘chasi, 6B

Bolalar va ota-onalar Zamonaviy san’at markazi va “HIKMAH” ko‘rgazmasi obyektlari bilan tanishadilar. Qatnashchilar mediator bilan birgalikda asarlarni ko‘zdan kechiradilar, ko‘rganlarini muhokama qiladilar, savollar beradilar va zamonaviy san’at bilan o‘zaro muloqotda bo‘lishning shaxsiy usullarini izlaydilar.

Tadbirlarga ro‘yxatdan o‘tish 1-oktabr kuni soat 12:00 da ochiladi. Ishtirok etish bepul.