Erkin ijod ustaxonasi
Respublika bolalar kutubxonasi va Zamonaviy san’at markazi (CCA Tashkent) tadbirlari dasturi
Erkin ijod ustaxonasi — bolalar uchun ijodiy mashg‘ulotlar va sayohatlar turkumi. Dastur turli badiiy vositalar — rasm, kollaj, tasvir va ashyolar bilan ishlashni erkin tadqiq etish asosiga qurilgan. Ishtirokchilar zamonaviy san’at amaliyotlarini o‘rganadilar va ijodda o‘z ifoda usullarini topadilar.
12-SENTABR
Bolalar uchun tiflosharhli sayohat 6+
Zamonaviy san’at markazi va uning ko‘rgazmasi bilan qulay shaklda tanishuv. Nozima Bahromovaning tiflosharhlari makon, buyumlar va tafsilotlarni aniq og‘zaki ta’riflash orqali vizuallikni tasavvur qilishga yordam beradi.
Nigina Mirzajonova bilan kollaj ustaxonasi 8+
Ishtirokchilar tuyg‘ularning vizual tilini o‘rganadilar. Bolalar hissiyotlarni so‘zlar bilan emas, balki badiiy tasvirlar va kutilmagan birikmalar orqali yetkazish mumkin bo‘lgan kollajlar yaratadilar.
13-SENTABR
Serafim Dim bilan rassomlik ustaxonasi. Humo qushi 6+
Rassom Serafim Dim bolalar bilan birgalikda baxt, erk va omad ramzi bo‘lgan afsonaviy Humo qushi obraziga murojaat etadilar. Bolalar o‘z tasavvurlari va parvoz haqidagi orzulariga tayanib, afsonaviy qushning mualliflik chizmalarini yaratadilar.
Bolalar uchun sayohat 6+
Bolalar va ota-onalar Zamonaviy san’at markazi va unda namoyish etilayotgan asarlar bilan tanishadilar. Mediator bilan birgalikda bolalar asarlarni ko‘zdan kechiradilar, ko‘rganlari yuzasidan fikr almashadilar, savollar beradilar va zamonaviy san’at bilan o‘zaro muloqot qilishning shaxsiy usullarini izlaydilar.
Tadbirlarda ishtirok etish bepul, faqat oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim. Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurish uchun ccat.uz saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin