26-may kuni kutubxona yopiq bo‘ladi. Har oyning oxirgi seshanbasi — tozalik kuni.
Kutubxonada Bolalarni himoya qilish kuni

Kutubxonada Bolalarni himoya qilish kuni

31-may–1-iyun

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan biz jo‘shqin, jilokor va jonlanadigan dastur tuzdik. Oddiy A4 qog‘ozi hajmli hikoyalarga aylanadi, soyalar qahramonlar misoli tilga kiradi, filchalar esa ekranda chopqillaydi.
31-may va 1-iyun kunlari biz qahramonlarni jonlantiramiz, qo‘g‘irchoqlarni raqsga tushiramiz, soya teatri orqali sehrli olamga boqamiz va amfiteatrda jonli musiqadan bahramand bo‘lamiz. Shuningdek, adiba, san'atshunos va rassom Nune Sarkisyan bilan birga ingliz tilida kitob mutolaa qilamiz.

31-MAY

Origami ustaxonasi 0+

Kutubxona hovlisi
11:00–12:00

Kichkintoylar va ota-onalar bilan birgalikda ochilib-yopiladigan va barmog‘ingizdan ushlab olib, qo‘lingizda jonlanadigan origami o‘yinchoqlarini yasaymiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari

Qo‘g‘irchoqbozlik ustaxonasi 5+

Amfiteatr
11:00–12:00

O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri san’atkorlari amfiteatrda chodir-pardani yoyib, ishtirokchilarga qo‘lqopli va ipli qo‘g‘irchoqlarni harakatga keltirishni o‘rgatadi. Sahna va qo‘g‘irchoq o‘ynatish usullarini o‘rganib, spektakllardan parchalarni tomosha qilamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari

Musiqa sinfining hisobot konserti 0+

Majlislar zali
12:00–13:00

Kutubxonaning musiqa sinfida mashq qiladilar, konsertlarga tayyorlanadilar, maromni his etishni va notalarni o‘qishni o‘rganadilar, shuningdek, mavsumda bir marta majlislar zali sahnasiga chiqadilar. Dasturdan multfilmlar kuylari hamda ishtirokchilarning sevimli asarlari o‘rin olgan.

Raqamli kollaj ustaxonasi 11+

Ish markazi zali
12:00–13:30

Kollaj — fikrlash usuli sifatida. “CIRCUIT” laboratoriyasi muhofizi Aksiniya Leontyeva statik tasvirlar qanday qilib harakatlanuvchi materialga aylanishi mumkinligi haqida so‘zlab beradi. Vizual elementlar bilan o‘zaro munosabatlar tizimi sifatida ishlaymiz: ularni yig‘amiz, qayta shakllantiramiz va ular o‘rtasida qanday qilib keskinlik hamda yangi ma’nolar yuzaga kelishini kuzatamiz. Yakunda esa o‘z kollaj uslubimizdagi raqamli tabriknoma va posterlarni yaratamiz.

Muloqot tili: rus tili

Inglizzabon kitob to‘garagi 6–10 yosh

Kichik transformer zali
13:00–14:00

Yozuvchi Bahrom Rahmonning “Avtobus-kutubxona” asari — Pari ismli qizaloq haqidagi hikoyadir. U onasi bilan birga Qobul va uning atrofida avtobusda yurib, ta’lim olish imkoniyati bo‘lmagan qizlarga kitob va daftarlar yetkazib beradi. Ilmning kuchi hamda hatto eng og‘ir sharoitlarda ham bilim inson hayotini qanday o‘zgartira olishi haqida suhbatlashamiz.

31-may RO‘YXATDAN O‘TISH 25-may 12:00 da ochiladi

Shaxmat musobaqasi 12–15 yosh

Majlislar zali
14:00–15:30

O‘z kuchiga ishongan o‘yinchilar uchun  blits-musobaqa. Ishtirok etish uchun o‘yin qoidalarni puxta bilish va partiyani mustaqil yurita olish qobiliyati zarur.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari

Pop-ap kitoblar ustaxonasi 6–8 yosh

Kutubxona hovlisi
14:00–15:30

Qog‘ozga multfilm yaratamiz! Musavvir Nigina Mirzajonova qog‘oz varaqlaridan qanday qilib ichida vizual hikoyasi bo‘lgan hajmli buklama (ochiladigan) kitobcha yasashni ko‘rsatib beradi. Qog‘ozlarni kesamiz, buklaymiz va oddiy tekis varaqning jonli shaklga aylanishini birgalikda kuzatamiz.

Robototexnika to‘garagi 12+

Kompyuter sinfi
14:00–16:00

Ishtirokchilar “Arduino” dasturida o‘zlarining ilk «aqlli» xavfsizlik tizimini yaratadilar. Ular harakat sezgichni ulab, signalga javob berish funksiyasini sozlaydilar va to‘liq ishlaydigan kichik-ogohantirgichni yig‘adilar.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari

31-may RO‘YXATDAN O‘TISH 25-may 12:00 da ochiladi

Sun’iy idrok animatsiyasi bo‘yicha mahorat darsi 10–14 yosh

Ish markazi zali
14:00–15:30

“Murabbo” animatsiya studiyasi jamoasi o‘zbek xalqa ertaklari asosida qanday qilib multfilmlar yaratishlari haqida so‘zlab berishadi. Suhbat davomida animatorlarning vositalari va zamonaviy texnologiyalar hikoyalar hamda qahramonlarni jonlantirishga qanday yordam berishi haqida bilib olamiz. Keyin esa barchasini o‘zimiz amalda sinab ko‘ramiz: jamoalarga bo‘lingan holda yangi qahramonlar o‘ylab topamiz va ilk animatsiyalarimizni yaratamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari

“CIRCUIT” yozgi dasturi taqdimoti

Ish markazi zali
16:00–17:00

Laboratoriya muhofizi Aksiniya Leontyeva “CIRCUIT” yozgi dasturining yo‘nalishlari  — raqamli ijodkorlik va texnologiyalardan tortib, ma’lumotlar ustida ishlashgacha bo‘lgan mavzular bilan tanishtiradi. Loyiha doirasida ta’lim jarayoni qanday tashkil etilgani, individual ta’lim yo‘lining shakllanishi va bolani yo‘nalish tanlashda qay tarzda qo‘llab-quvvatlash mumkinligini bilib olamiz. Shuningdek, ishtirokchilar yaratadigan yakuniy mahsulotlar: kollaj va “zin”lardan tortib, ilova hamda namunaviy nusxalargacha bo‘lgan natijalar haqida alohida suhbatlashamiz.

Muloqot tili: rus tili

Inglizzabon kitob to‘garagi / Adiba, san’atshunos va rassom Nune Sarkisyan bilan uchrashuv 8+

Majlislar zali
16:00–17:00

Yozuvchi, san’atshunos va musavvir Nune Sarkisyan bolalar uchun o‘ttizdan ortiq kitob yaratgan bo‘lib, ularning bir qismi nabirasi bilan hammualliflikda yozilgan. Muallif bolalar adabiyoti olamidagi eng nufuzli sovrinlardan biri — Andersen mukofotiga ikki marta nomzod bo‘lgan. 
“The Mystery of Magic Buttons” (“Sehrli tugmalar siri”) kitobining dastlabki boblarini birgalikda o‘qiymiz. Bu — do‘stlarining ko‘magi hamda sehr-jodu yordamida muhim vazifani bajarishi kerak bo‘lgan Agata ismli qizaloq haqidagi hikoyadir. Jasorat, do‘stlik va oilaviy qadriyatlar haqida ham suhbatlashamiz.

Muloqot tili: ingliz tili, o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima bilan 

Xor qo‘shiqchiligi konserti

Amfiteatr
17:00–17:40

Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri qoshidagi Olga Bulgakova rahbarligidagi “Solnishko” (“Quyoshcha”) bolalar vokal-xor studiyasi Aram Xachaturyanning “Chipollino” baletidan kompozitsiyalar va bolalar qo‘shiqlaridan iborat musiqiy dasturni taqdim etadi. Yosh san’atkorlar teatrning opera va baletlarida, konsert va bayram tomoshalarida qatnashmoqdalar.

Studiya xoreografi: Zamir Fazlutov.

Kadrma-kadr animatsiya ustaxonasi 8+

Majlislar zali
18:00–19:30

Rassom Zi Qahramonova ishtirokchilarni kadrma-kadr suratga olish uslubida multfilmlar yaratish amaliyoti bilan tanishtiradi. Harakat bosqichi nimaligini va rasm yoki shaklni “jonlantirish” uchun soniyasiga necha kadr kerakligini tahlil qilamiz, kadrma-kadr suratga olish usullarini o‘rganamiz va o‘zimizning qisqa animatsion hikoyalarimizni yaratamiz.

O‘zbek animatsiyasi oqshomi 4+

Amfiteatr
18:30–19:30

“O‘zbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasi arxivlarida haqiqiy san’at durdonalari saqlanadi. Ular orasida 1960-yillarning tajribaviy animatsiyalaridan tortib, 1970–1980-yillarning barchaga yaxshi tanish bo‘lgan klassik multfilmlarigacha bor. Kinoshunoslar tomonidan maxsus saralab olingan nafis, xayolotga boy va samimiy lentalar to‘plamini tomosha qilamiz.
Dasturdan “Jasur chumchuq”, “Sichqonlar malikasi”, “Sehrli anor haqida ertak” va boshqalar o‘rin olgan.

1-IYUN

Pop-up kitoblar ustaxonasi 9–12 yosh

Kutubxona hovlisi
14:00–15:30

Qog‘ozda multfilm yaratamiz! Rassom Nigina Mirzajonova qog‘oz varaqlaridan qanday qilib ichida o‘z qahramoningiz bo‘lgan hajmli buklama kitobcha yasashni ko‘rsatib beradi. Qog‘ozlarni qirqib olamiz, buklaymiz va oddiy tekislik qay tarzda jonli shaklga aylanishini kuzatamiz.

Yoshlar qo‘mitasi dasturi taqdimoti 12–16 yosh

Majlislar zali
16:00–17:30

Yoshlar qo‘mitasi bu — kutubxona hayotini o‘rganadigan, boshqa muassasalar tajribasini tahlil qiladigan va ijobiy o‘zgarishlarga tashabbuskor bo‘lgan o‘smirlar hamjamiyatidir. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tadi. Ishtirokchilar bir-birlari bilan tanishadilar, yangi g‘oyalar hamda yondashuvlarni muhokama qiladilar, shuningdek, yozgi mavsum uchun rejalarni belgilab oladilar. Dastur muhofizi Shirinabegim Muhammadjonova loyihaning tuzilmasi va unda ishtirok etish imkoniyatlari haqida so‘zlab beradi.

Jaz konserti

Amfiteatr
17:00–17:40

V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining “EastBand” musiqiy jaz guruhi Alina Alibekova badiiy rahbarligida musiqiy dastur taqdim etadi. Dasturdan hammaga yaxshi tanish bo‘lgan mumtoz jaz standartlari hamda boy va jo‘shqin badihalar o‘rin olgan.

O‘zbek animatsiyasi oqshomi 4+

Amfiteatr
18:30–19:30

“O‘zbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasi arxivlarida haqiqiy san’at durdonalari saqlanadi. Ular orasida 1960-yillarning tajribaviy animatsiyalaridan tortib, 1970–1980-yillarning barchaga yaxshi tanish bo‘lgan klassik multfilmlarigacha bor. Kinoshunoslar tomonidan maxsus saralab olingan nafis, xayolotga boy va samimiy lentalar to‘plamini tomosha qilamiz.
Dasturdan “Jasur chumchuq”, “Sichqonlar malikasi”, “Sehrli anor haqida ertak” va boshqalar o‘rin olgan.

Joylar soni cheklangan. Iltimos, @acdflibrary  da roʻyxatdan oʻting.