CIRCUIT —

CIRCUIT —

zamonaviy kreativ va raqamli kasblar laboratoriyasi

“CIRCUIT” — raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi bo‘lib, unda bolalar va o‘smirlar amaliyot, tajriba-sinovlar hamda o‘z loyihalari ustida ishlash orqali zamonaviy yo‘nalishlar bilan tanishadilar. Biz nafaqat natija ko‘rsatish, balki tadqiqot, namuna va kashfiyotlar yo‘lini bosib o‘tish muhim bolgan muhitni yaratmoqdamiz.

“CIRCUIT” yozgi kurslari dasturi

Dastur bolalar va o‘smirlar uchun kurslar, to‘garaklar va xakatonlarni birlashtiradi. Ishtirokchilar “Arduino” dasturida ob-havo stansiyalarini yig‘adilar, sun’iy idrok va raqamli she’riyat bilan ishlaydilar, kreativ kodlash, 3D va robototexnikani o‘rganadilar.
Kurslarda ishtirok etish bepul. Saralash so‘rovnoma va shijoatkor ruhdagi xat asosida olib boriladi.

Laboratoriya ishi yil davomida bir nechta yo‘nalishlar atrofida quriladi.
To‘garak bu —  muntazam uchrashuvlar bo‘lib, unda biz turli mavzularni birgalikda o‘rganamiz. Bu yilgi dastur bolalar va kattalar uchun robototexnika, raqamli savodxonlik hamda kompyuter savodxonligi ko‘nikmalari atrofida shakllanadi.
O‘tkazilish davriyligi: bir oyda bir marta

Amaliy kurslar — ko‘nikmalarni tez o‘zlashtirishga yoki mavzuni o‘rganishga qaratilgan (ketma-ket 2-5 kun) ixcham, muayyan yo‘naltirilgan ta’lim dasturi
O‘tkazilish davriyligi: bahorgi, kuzgi va qishki ta’tillarda

Kurs bu — 2–4 hafta davom etadigan AT yoki ijodiy yo‘nalishlardan biri bo‘yicha mavzuli darslar turkumi.
O‘tkazilish davriyligi: yozgi ta’tilda

Xakaton bu —  g‘oyalar ustida ikki kunlik jamoaviy ishlash demakdir. Qatnashchilar kundalik hayotga oid mavzularni o‘rganadilar, haqiqiy muammolarni muhokama qiladilar va o‘z yechimlarini taklif etadilar. Ikki kun ichida ishtirokchilar “agar shunday bo‘lsa-chi…” degan so‘roqdan tortib, loyiha tamoyiligacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadilar: ko‘rgazmali namuna (vizual nusxa) yaratadilar va o‘z yechimlarini taqdim etadilar. 
O‘tkazilish davriyligi: bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki ta’tilda

Raqamli kollajlar bo‘yicha mahorat darsi — “Canva” va “Procreate” dasturida grafik muharrirlardan foydalangan holda bolalar va kattalar uchun bir martalik tadbir.
O‘tkazilish davriyligi: bayram dasturlari doirasida

DASTUR

“EcoQuest” kursi 12–16

9-iyun – 28-iyul
Seshanba kunlari, 11:00–12:30
90 daqiqadan 8 ta mashg‘ulot

Ishtirokchilar “Arduino” asosida kichik-ob-havo stansiyalari yig‘adilar, harorat, namlik va yorug‘lik haqidagi ma’lumotlarni to‘plashni, ularni tahlil qilishni va vizual ko‘rinishga keltirishni o‘rganadilar.

Qo‘llanadigan vositalar
Arduino, sezgichlar, Excel, Google Sheets, Power BI / Google Data Studio

Yakuniy natija
Atrof-muhitni yaxshilashga doir vizualizatsiyalar, xulosalar va g‘oyalardan iborat taqdimot

Boshlovchilar: “CIRCUIT” muhofizi Aksiniya Leonteva, AT mutaxassis Jo‘shqin Matchanov

Muloqot tili: rus tili

“AI for Kids” kursi 11+

9-iyun – 6-avgust
Seshanba va payshanba kunlari, 13:00–14:30
90 daqiqadan 18 ta mashg‘ulot

Sun’iy idrok, mashinali o‘qitish va vizual dasturlash asoslari bilan tanishuv. Ishtirokchilar o‘z nusxalari, o‘yinlari va interfaol loyihalarini yaratadilar.

Qo‘llanadigan vositalar
Teachable Machine, Scratch, Machine Learning for Kids, Google Magenta

Yakuniy natija
Sun’iy idrokka asoslangan interfaol mahsulot

Boshlovchi: AT mutaxassis Jo‘shqin Matchanov

Muloqot tili: o‘zbek tili

“Raqamli she’riyat” kursi 12–14 yosh

10-iyun – 1-iyul
5–26-avgust

Chorshanba va juma kunlari, 11:00–12:30
90 daqiqadan 7 ta mashg‘ulot

Ishtirokchilar she’riyat, grafika va matn dizayni bilan ishlab, o‘zlarining vizual sahifalari hamda raqamli kompozitsiyalarini yaratadilar.

Qo‘llanadigan vositalar
iMac, Canva, fotobanklar, skaner, nusxa ko‘chirgich

Yakuniy natija
Vizual she’riyatning bosma shaxsiy “zin”i

Boshlovchi: “CIRCUIT” muhofizi Aksiniya Leontyeva

“GameDev Lab” kursi 12–14 yosh

5–26-avgust
Seshanba va payshanba kunlari
11:00–12:30
90 daqiqadan 6 ta dars

Ishtirokchilar “Unity”da o‘yin ishlab chiqish asoslari bilan tanishadilar va o‘yin loyihalari qanday yaratilishini: sahna va qahramonlardan tortib boshqaruv, fizika hamda o‘yin mantig‘igacha o‘rganadilar. Obyektlarning o‘zaro ta’sirini sozlashni o‘rganadilar va o‘zlarining ilk namunaviy o‘yinlarini yig‘adilar.

Qo‘llanadigan vositalar  
Unity3D

Yakuniy natija
3 ta tayyor o‘yin loyihasi

Muloqot tili: rus tili

Xakaton 12+

24–25-iyul
12:00–14:00
Ish markazi zali

Ishtirokchilar ikki kun davomida  g‘oya va muammoni muhokama qilishdan tortib, loyihaning ilk nusxalari va taqdimotigacha bo‘lgan jarayonni bosib o‘tadilar. Jamoalar mavzularni tadqiq etadilar, yechim izlaydilar va vizual hamda raqamli vositalar orqali o‘z g‘oyalari haqida so‘zlashni o‘rganadilar.

Kompyuter savodxonligi to‘garagi
( 50+)

Shanba kunlari, 14:00–15:30
Ish markazi zali

Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Boshlovchi: AT mutaxassis Jo‘shqin Matchanov

20-iyun
18-iyul
22-avgust

20-iyun RO‘YXATDAN O‘TISH 15-iyun 12:00 da ochiladi

Raqamli savodxonlik to‘garagi
(10+)

Yakshanba kunlari, har oyda bir marta
12:00–13:30
Ish markazi zali

Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Boshlovchi: AT mutaxassis Jo‘shqin Matchanov

21-iyun
19-iyul
23-avgust

21-iyun RO‘YXATDAN O‘TISH 15-iyun 12:00 da ochiladi

Robototexnika to‘garagi 12+

Yakshanba kunlari, bir oyda bir marta
14:00–15:30
Ish markazi zali

Qatnashchilar “Arduino” asosida qurilmalarni yig‘adilar va dasturlaydilar, texnologiyalar mantiqini tushunishni hamda g‘oyalarni ishchi namunalarga aylantirishni o‘rganadilar. Har bir uchrashuv — oddiy hozirjavob o‘yinlar va kichik o‘yin qurilmalaridan tortib, xavfsizlik tizimlari, “aqlli” uskunalar va interfaol obyektlargacha bo‘lgan yangi loyihadir.

Boshlovchi: AT mutaxassis Jo‘shqin Matchanov

28-iyun
26-iyul
30-avgust

28-iyun RO‘YXATDAN O‘TISH 22-may 12:00 da ochiladi

Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Sizni qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary. manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.