CIRCUIT —
zamonaviy kreativ va raqamli kasblar laboratoriyasi
“CIRCUIT” — raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi bo‘lib, unda bolalar va o‘smirlar amaliyot, tajriba-sinovlar hamda o‘z loyihalari ustida ishlash orqali zamonaviy yo‘nalishlar bilan tanishadilar. Biz nafaqat natija ko‘rsatish, balki tadqiqot, namuna va kashfiyotlar yo‘lini bosib o‘tish muhim bolgan muhitni yaratmoqdamiz.
“CIRCUIT” yozgi kurslari dasturi
Dastur bolalar va o‘smirlar uchun kurslar, to‘garaklar va xakatonlarni birlashtiradi. Ishtirokchilar “Arduino” dasturida ob-havo stansiyalarini yig‘adilar, sun’iy idrok va raqamli she’riyat bilan ishlaydilar, kreativ kodlash, 3D va robototexnikani o‘rganadilar.
Kurslarda ishtirok etish bepul. Saralash so‘rovnoma va shijoatkor ruhdagi xat asosida olib boriladi.
DASTUR
Kompyuter savodxonligi to‘garagi
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
19-sentabr
Raqamli savodxonlik to‘garagi
Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
20-sentabr
Robototexnika to‘garagi 12+
Qatnashchilar “Arduino” asosida qurilmalarni yig‘adilar va dasturlaydilar, texnologiyalar mantiqini tushunishni hamda g‘oyalarni ishchi namunalarga aylantirishni o‘rganadilar. Har bir uchrashuv — oddiy hozirjavob o‘yinlar va kichik o‘yin qurilmalaridan tortib, xavfsizlik tizimlari, “aqlli” uskunalar va interfaol obyektlargacha bo‘lgan yangi loyihadir.
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
27-sentabr RO‘YXATDAN O‘TISH 21-sentabr 12:00 da ochiladi
Laboratoriya ishi yil davomida bir nechta yo‘nalishlar atrofida quriladi.
To‘garak bu — muntazam uchrashuvlar bo‘lib, unda biz turli mavzularni birgalikda o‘rganamiz. Bu yilgi dastur bolalar va kattalar uchun robototexnika, raqamli savodxonlik hamda kompyuter savodxonligi ko‘nikmalari atrofida shakllanadi.
O‘tkazilish davriyligi: bir oyda bir marta
Amaliy kurslar — ko‘nikmalarni tez o‘zlashtirishga yoki mavzuni o‘rganishga qaratilgan (ketma-ket 2-5 kun) ixcham, muayyan yo‘naltirilgan ta’lim dasturi
O‘tkazilish davriyligi: bahorgi, kuzgi va qishki ta’tillarda
Kurs bu — 2–4 hafta davom etadigan AT yoki ijodiy yo‘nalishlardan biri bo‘yicha mavzuli darslar turkumi.
O‘tkazilish davriyligi: yozgi ta’tilda
Xakaton bu — g‘oyalar ustida ikki kunlik jamoaviy ishlash demakdir. Qatnashchilar kundalik hayotga oid mavzularni o‘rganadilar, haqiqiy muammolarni muhokama qiladilar va o‘z yechimlarini taklif etadilar. Ikki kun ichida ishtirokchilar “agar shunday bo‘lsa-chi…” degan so‘roqdan tortib, loyiha tamoyiligacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadilar: ko‘rgazmali namuna (vizual nusxa) yaratadilar va o‘z yechimlarini taqdim etadilar.
O‘tkazilish davriyligi: bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki ta’tilda
Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Sizni qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary. manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.