Xitoy tilida kitob to‘garagi (6–10)
Yakshanba, 7 iyun 15:00 – 16:00
Xitoy tilidagi kitoblarni mutolaa qilamiz, iyerogliflar bilan qiziqarli va tushunarli tarzda tanishamiz. O‘qish, dialoglar va ijodiy topshiriqlar orqali so‘z boyligimizni oshiramiz, xitoy tilida gapirish, hisoblash va yozishni o‘rganamiz, shuningdek, madaniyat va zamonaviy Chin yurti haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lamiz.