To‘garaklar

To‘garaklar

To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz o‘qiymiz, muhokama qilamiz, o‘yin o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz

Har bir uchrashuv alohida tadbir bo‘lib, ularga bir marta yoki doimiy ravishda kelishingiz mumkin. Mutolaa, stol o‘yinlari va mavzuli to‘garaklarga bag‘ishlangan kutubxona to‘garaklari muntazam o‘tkaziladi va turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. Ishtirok etish bepul — oldindan ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Har oyda biz muloqot to‘garaklariga mavzularni tanlaymiz, mutolaa uchun yangi kitoblarni kashf etamiz, o‘yin va mavzuli to‘garaklarning ssenariylarini yangilaymiz. Jadval har oyda bir marta e’lon qilinadi.

KITOB TO‘GARAKLARI

Ingliz tilida kitob to‘garagi
(0–5 yosh)

Juma kunlari, 11:00–11:30
Kichik transformer zali

Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk muhabbatni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.

14-avgust

Kitob nomi: “Mening sovg‘alarim”. Muallif: Rod Kempbell

Bu kitobda har bir sovg‘a kichik bir hikoyani saqlaydi. Tasmalarni birgalikda yechib, qutilarni ochamiz va ichida bizni qanday kutilmagan sovg‘alar kutayotganini bilib olamiz.

Boshlovchi: maktabgacha ta’lim mutaxassisi, kutubxona xodimi Iroda Oripova

O‘zbek tilida kitob to‘garagi
(0–5 yosh)

Juma kunlari, 11:00–11:30
Kichik transformer zali

Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk muhabbatni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.


21-avgust

Kitob nomi: “Qo‘l, qo‘l, barmoqlar, bosh barmoq”. Muallif: El Perkins

Quvnoq maymunchalar bolalar va ota-onalarga kaftlar va barmoqlar yordamida qanday qilib marom hamda ko‘tarinki kayfiyat yaratish mumkinligini ko‘rsatib berishadi.

Boshlovchi: Nigora Rahimova

O‘zbek tilida kitob to‘garagi
(6–10 yosh)

Shanba kunlari, 13:00–14:00 
Kichik transformer zali

O‘zbek tilidagi bolalar kitoblarini o‘qiymiz, kitoblardagi holatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz, o‘qiganlarimiz haqida so‘zlab berishni o‘rganamiz. To‘garak har shanba kuni o‘tkaziladi.

15-avgust

Kitob nomi: “Piter Pen”. Muallif: Jeyms Mettyu Barri

Qaroqchilar kemasiga chiqamiz, Kapitan Kryuk bilan duch kelamiz va uning bu safar qanday reja tuzganini bilib olamiz.

Ingliz tilida kitob to‘garagi
(6–10 yosh)

Yakshanba kunlari, 13:00–13:30, 13:30–14:00
Kichik transformer zali

Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar o‘ylab topamiz, rasm chizamiz, o‘yin o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘iymiz. Nutq, tafakkur hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatni rivojlantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.


16-avgust

Kitob nomi: “Timsoh Solomon”. Muallif: Ketrin Reyner

Do‘stlar orttirishni orzu qiladigan sho‘x timsoh Solomon bilan tanishamiz. Ko‘plab omadsiz urinishlardan so‘ng, nihoyat u o‘zini bir og‘izdan tushunadigan hamrohini uchratadi.

O‘YINLI TO‘GARAKLAR

Stol o‘yinlari to‘garagi
(6–10 yosh)

Shanba kunlari, 16:00–17:30
Kutubxona hovlisi

Turli xil stol o‘yinlari bilan: “sayr”lar-u hamkorlik sarguzashtlaridan tortib, strategiyalargacha tanishamiz. O‘ynaymiz, muloqot quramiz va muhim ko‘nikmalarni rivojlantiramiz. To‘garaklar har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kutubxona to‘plamidan o‘yinlarni tanlab oladilar va 2-3 ta stol atrofiga taqsimlanadilar. Bitta uchrashuvda bola 2-4 ta o‘yin o‘ynashi mumkin.

15-avgust

Jamoaviy o‘yinlar: “Yulduzli rassomlar”,              “Ayyor tulki: yo‘qolgan pirog ishi”

O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagi
(11+)

Yakshanba kunlari, 16:00–17:30
Kutubxona hovlisi

Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni mashq qilamiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshida bolalar o‘yinlarni o‘zlari tanlaydilar, so‘ngra parallel ravishda 2–3 xil stol o‘yinlari o‘tiladi.

16-avgust

Syujetli sarguzashtlar: “Izquvar voqealar silsilasi. Muzeydagi arvoh”, “Beng”.

Shaxmat to‘garagi
(6–10 yosh)

Shanba kunlari, 14:00–15:00
Majlislar zali

Asosiy qoidalarni, donalarni yurishni o‘zlashtiramiz hamda ilk partiyalarni o‘ynaymiz. Shaxmat mantig‘ini tahlil qilamiz, strategik fikrlashni rivojlantiramiz va yurishlarni oldindan rejalashtirishni o‘rganamiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida, har hafta o‘tkaziladi.

15-avgust

MAVZULI TO‘GARAKLAR

Kuzatuvchanlik to‘garagi
(16+)

Juma kunlari, 18:00–19:00
Kichik transformer zali

Kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiramiz va tasvirlar, vizual madaniyat hamda media muhitga yanada sinchkovlik bilan qarashni o‘rganamiz. Did va tanqidiy fikrlashni shakllantirgan holda kino hamda sanʼatdan misollar keltirib, ulardagi nozik jihatlar, mazmun-mohiyatlarni muhokama qilamiz. To‘garak oyda bir marta o‘tkaziladi.

21-avgust

Boshlovchi: badiiy rahbar va uslubshunos Kamilla Axmed

Kompyuter savodxonligi to‘garagi
(50+)

Shanba kunlari, 14:00–15:30
Ish markazi zali

Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

22-avgust

Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov

Raqamli savodxonlik to‘garagi
(10+)

Yakshanba kunlari, 12:00–13:30
Ish markazi zali

Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

23-avgust

Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov

Robototexnika to‘garagi
(12+)

Yakshanba kunlari, 14:00–16:00
Ish markazi zali

Robototexnika asoslari bilan tanishamiz hamda oddiy mexanizmlar va dasturlashtiriladigan qurilmalar yaratishni oʻrganamiz. Qoʻllab-quvvatlovchi va izlanishlarga boy muhitda namunaviy nusxalarni oʻz qoʻllarimiz bilan yigʻib, ularni amalda sinab koʻrgan holda sezgichlar, motorlar va algoritmlar qanday ishlashini tushunib olamiz. To‘garak oyiga bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. 
     
30-avgust

Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov

Sahna nutqi to‘garagi
(6–10 yosh)

Shanba kunlari, 14:00–15:00
Kichik transformer zali

Ifodali va ishonch bilan o‘qishni o‘rganamiz, artikulyatsion gimnastika, nafas mashqlari va tez aytishlar bilan tanishamiz. Ohang ustida tajribalar o‘tkazamiz, turli hissiy urg‘ular bilan matnlarni o‘qiymiz va kichik nutqiy etyudlar qo‘yamiz. To‘garak oyiga bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
 
8-avgust

Uchrashuv mavzusi: “Muloqotlar: dialog tuzish va o‘zaro so‘zlashuv. Artikulyatsion mashqlar”.

Boshlovchi: radioboshlovchi Shahzoda Jo‘rayeva 

TO‘GARAK FAOLIYATINI BOSHLASH

Kutubxonadagi to‘garaklar ijara yoki bir martalik uchrashuvlar emas, ular dasturning uzviy qismidir. To‘garaklarni kutubxona xodimlari yoki taklif etilgan mehmonlar olib boradi. Biz to‘garaklarga qiziquvchanlik, hamjihatlikdagi tajriba va madaniy muloqot makoni sifatida qaraymiz.  

Kutubxonada ochiqlik, kitobxon tajribasiga hurmat, dunyoga qiziqish va e’tibor qadriyatlarini baham ko‘radigan boshlovchi ixlosmandlar jamoasi shakllanadi. Biz davriy ravishda yangi boshlovchilarni taklif etamiz: agar insonda yaxshi to‘garak g‘oyasi va uni muntazam olib borish ishtiyoqi bo‘lsa, u ushbu jamoa safiga qo‘shilishi hamda jamoatchilik dasturi doirasida o‘z yo‘nalishini rivojlantirishi mumkin.

Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.