Oilaviy kino festivali
25–27-SENTABR
Sentabr oyining so‘nggi dam olish kunlarida biz kino olamini kashf etamiz: ochiq havoda filmlar tomosha qilamiz, ko‘rganlarimizni butun oilamiz bilan muhokama qilamiz, arxivlar va suratga olish pavilonlariga nazar tashlaymiz, o‘zimizni aktyorlikda sinab ko‘ramiz hamda tomoshabinga qaratilgan yashirin xabarlarni payqashni o‘rganamiz.
25-SENTABR
O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxiviga sayohat 8+
O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivida mamlakatning XIX asrdan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixini aks ettiruvchi kinotasmalar, fotosuratlar va ovoz yozuvlari saqlanadi. Sayohat davomida qatnashchilar arxivchilar O‘zbekiston o‘tmishini ko‘rish, eshitish hamda yaxshiroq tushunish imkonini beruvchi ushbu materiallarni qanday saqlashi, restavratsiya qilishi va raqamlashtirishihaqida bilib oladilar.
Ishtirokchilar kutubxonaga kiraverishda soat 10:30da yig‘iladilar. Avtobus guruhni arxivga olib boradi va sayohatdan so‘ng kutubxonaga qaytarib keladi. Bolalar uchun ota-onaning hamrohligi shart.
Kino san’ati muzeyi va “Panorama” kinoteatriga sayohat 8+
Ishtirokchilar 1920–1980-yillarga oid arxiv fotosuratlari, kino afishalari va kinokameralarni ko‘zdan kechiradilar. Bolalar va ota-onalar O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi (“Panorama”) ning tashqi va ichki ko‘rinishini o‘rganadilar hamda uning Toshkent kino tarixi va madaniy hayotidagi o‘rni haqida bilib oladilar.
Ishtirokchilar kutubxonaga kiraverishda soat 16:30da yig‘iladilar. Avtobus guruhni arxivga olib boradi va sayohatdan so‘ng kutubxonaga qaytarib keladi.
“Qo‘zichoq, nay va qaroqchi bo‘rilar” multfilmi namoyishi
Yolg‘iz ayiq va sho‘x qo‘zichoqning do‘stligi haqidagi ta’sirli hikoya. O‘rmonda qahramonlarni kutayotgan kichik janjallar va xatarlar faqat shuni tasdiqlaydiki, san’at birlashtirishga qodir va har qanday sinovlarni yengib o‘tishga yordam beradi. Tomoshadan so‘ng birgalikda qabul qilish, ezgulik va go‘zallikka bo‘lgan muhabbat haqida suhbatlashamiz.
Muloqot tili: o‘zbek tili
26-SENTABR
Aktyorlik ustaxonasi 10+
“FOCUS” kinematografiya va teatr san’ati maktabining o‘qituvchilari ishtirokchilarni kamera qarshisida ishlashga yordam beradigan mashqlar bilan tanishtiradilar. Diqqat va idrokni o‘rganamiz, imo-ishoralar va ovoz ustida ishlaymiz, so‘ngra kichik etyudlar yaratamiz.
Ishtirokchilar o‘zlari bilan erkin harakatlanish uchun qulay kiyim olib kelishlari kerak.
Muloqot tili: rus tili
BDKU va “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga sayohat 6+
Bo‘lajak rejissyorlar, operatorlar va boshqa kinoijodkorlar qanday ta’lim olayotganini bilib olamiz, o‘quv maydonlariga kirib, talabalar qanday uslublar bilan ishlayotganini ko‘ramiz. Keyin esa kinozalda film tomosha qilamiz. So‘ng “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga yo‘l olamiz. Sexlar va suratga olish pavilonlarida bo‘lib, liboslar va rekvizitlarni ko‘zdan kechiramiz hamda film ustida ish qanday yo‘lga qo‘yilganini kuzatamiz.
Ishtirokchilar kutubxonaga kiraverishda soat 15:00da yig‘iladilar. Avtobus guruhni arxivga olib boradi va sayohatdan so‘ng kutubxonaga qaytarib keladi. Bolalar uchun ota-onaning hamrohligi shart.
O‘smirlar uchun kino to‘garagi
“Sichqonlar malikasi” multfilmi — qoraqalpoq xalq ertaklari asosida yaratilgan bo‘lib, sichqonlar podshohi uylangan o‘jar malika haqidagi qo‘g‘irchoq animatsiyasidir. Tomoshadan oldin multfilmning vizual tilidan ilhomlanib, malikalar liboslarini yasaymiz. Namoyishdan so‘ng kino to‘garagi boshlovchisi Kamilla Qayumova bilan filmni muhokama qilamiz.
Muloqot tili: rus tili, o‘zbekcha subtitrlar bilan
RO‘YXATDAN O‘TISH
27-SENTABR
Kino tili bo‘yicha oilaviy ustaxona 8+
Prodyuser va badiiy rahbar Shelin Yerxodjayeva kadrdagi tafsilotlar qahramon xarakterini tushunishga hamda sahna kayfiyatini his etishga qanday yordam berishi haqida hikoya qilib beradi.
Taniqli film va animatsiya parchalari misolida kino tili qanday tuzilganini ko‘rib chiqamiz. So‘ngra jamoalarda ishlab, o‘z filmlarimizning vizual konsepsiyalarini yaratamiz.
Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Ma’ruza Film tahlili 12+
Kinoshunos, madaniyatshunos va dramaturg Kamilla Abdullayeva ishtirokchilarni kino tahlilining asosiy tamoyillari bilan tanishtiradi hamda rejissyor film va tomoshabin o‘rtasidagi munosabatni qanday o‘rnatishini ko‘rsatib beradi. Uchrashuvda ba’zi sahnalar nima uchun xavotir uyg‘otishi, boshqalari esa yaqinlik yoki masofa hissini paydo qilishi va film tilini shakllantiruvchi badiiy usullarni qanday ilg‘ash haqida suhbatlashamiz.
Muloqot tili: rus tii, o‘zbek tiliga tarjimasi bilan
Fransuz multfilmlari namoyishi
O‘zgalarni tinglash va boricha qabul qilishning naqadar muhimligi haqidagi ikkita ta’sirli hikoyani ko‘ramiz. “Lola va shovqinli pianino” multfilmida qizaloq o‘zgacha akasining qalbiga yo‘l topish uchun mayin tovushlarni to‘playdi, “Dragonvilda bir kun” multfilmida esa kalta qanotli kichkina ajdarho haqiqiy do‘stlik har qanday parvozdan ko‘ra qadrliroq ekanini tushunib yetadi.
Namoyish Fransiya instituti tomonidan taqdim etilgan.
Muloqot tili: fransuz tili, inglizcha taglavhalar bilan
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.