31-mart kuni kutubxona yopiq bo‘ladi. Har oyning oxirgi seshanbasi – tozalik kuni.
Nafis san’at ustaxonasi

Nafis san’at ustaxonasi

Respublika bolalar kutubxonasi va O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi dasturi

Muzey ishining an’anaviy shakllari zamonaviy ta’lim va inklyuziv amaliyotlar bilan uyg‘unlashtiriladigan ustaxonalar, sayohatlar va uchrashuvlar turkumi. Biz uchun san’at nafaqat o‘rganiladigan, balki boshdan kechiriladigan bo‘lishi juda muhim: bola tadqiqotchiga, muzey esa muloqot va xayoliy tasavvurning xavfsiz makoniga aylanadi.

O‘rol Tansiqboyev (1904–1974) — O‘zbekiston xalq rassomi, milliy rangtasvir maktabining asoschilaridan biri. Uy-muzeyi yaqinda qayta ta’mirlanganidan so‘ng tashrif buyuruvchilar uchun yana o‘z bag‘rini ochdi. Yangilangan memorial ekspozitsiya rassomning uyi va ustaxonasidagi muhitni saqlab bo‘lib, bu yerda uning asarlari, eskizlari va shaxsiy buyumlarini ko‘zdan kechirishmumkin.

UY-MUZEYI DASTURI

Muzey bo‘ylab sayohat 6+

4-aprel
15.00–16.00

Ustaxonaning yangilangan ekspozitsiyasi, memorial mehmonxona va kabinetga nazar solamiz, so‘ng qo‘l mehnati bilan yaratilgan bog‘ga chiqamiz. Ijodiy jasorat qanday paydo bo‘lishi va makonlar qay tarzda kuch manbaiga aylanishini haqida suhbatlashamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari

Qoralamalar ustaxonasi. Bog‘ 7+

12-aprel
15.00–16.00

"Chizgilar" hamjamiyatining rassomi va muhofizi Kseniya Savva muzey bog‘ida rasm chizish amaliyotini o‘tkazadi.

Eskizlar bilan mashq nafaqat qo‘lni, balki nigohni ham rivojlantiradi: aniq, kuzatuvchan, rasmdagi barcha jihatlarga e’tiborli bo‘lishga yordam beradi. Gul barglari va poyalar, soyalar va yorug‘lik — bu makonni tashkil etuvchi elementlarni kuzatib, chizamiz.

Tiflosharhlash ustaxonasi 12+

12-aprel
16:00–17:00

Tiflosharhlash ko‘rgazmalarni ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi kishillar uchun qulay qiladi. Oliy toifali tiflosharhlovchi Nozima Bahromova O‘rol Tansiqboyevning tasviriy san’atini so‘zlar bilan qanday ifodalash haqida so‘zlab beradi — rassomning "muhiti," ranglar jilosi va g‘oyalarini yetkazadi.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 12+

Muzey bo‘ylab sayohat 6+

18-aprel
13.00–14.00

Ustaxonaning yangilangan ekspozitsiyasi, memorial mehmonxona va kabinetga nazar solamiz, so‘ng qo‘l mehnati bilan yaratilgan bog‘ga chiqamiz. Ijodiy jasorat qanday paydo bo‘lishi va makonlar qay tarzda kuch manbaiga aylanishini haqida suhbatlashamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari

Kollaj ustaxonasi 9+

18-aprel
15:00–16:00

Dizayner va pedagog Vera Chursina Anri Matissning kollaj ishlari bilan tanishtiradi. Kigizdan ifodali elementlar yaratamiz, shakl, faktura va rang uyg‘unliklari bilan tajribalar o‘tkazamiz.

Qoralamalar ustaxonasi. Portret 7+

26-aprel
13:00–14:00

“Chizgilar” hamjamiyatining rassomi va muhofizi Kseniya Savva muzey bog‘ida rasm chizish amaliyotini o‘tkazadi. Harakat va xarakterni bir nechta chiziqlarda ilg‘ashni, jonli holatlarni chizishni va kayfiyatni ifodalashni o‘rganamiz.

Matodan kollaj yasash ustaxonasi 6+

26-aprel
15.00–16.00

Musavvir Anna Ivanova matodan kollaj yasash usuli bilan tanishtiradi. Teksturalar, shakllar va naqshlar ustida ishlab, o‘z kompozitsiyalarimizni yaratamiz.

Muzeyga kirish bepul. Sayohatlar so‘rov bo‘yicha tashkil etiladi.
 
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Bo‘z-1 mavzesi, 5/1A-uy
Telefon: +998 (71) 262-62-30
Ish vaqti: seshanba–yakshanba kunlari  soat 10:00dan 18:00gacha

Yandex.Xaritalar
2GIS
Google Maps