Nafis san’at ustaxonasi

Nafis san’at ustaxonasi

Turkum mashg‘ulotlar badiiy tafakkur va vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini: kuzatuv va payqash, ashyolar bilan ishlash, o‘z ijodiy amaliyotini shakllantirish singari mahoratni rivojlantiradi. Har bir uchrashuvning muhim qismi bu — mulohaza va xulosadir: ishtirokchilar bajarilgan ishlarni muhokama qiladilar, kuzatishlarini shakllantiradilar va savollar beradilar. Mashgʻulotlar hech qanday dastlabki tayyorgarlikka ega boʻlmagan bolalar uchun ham ochiq.   

Iyun oyida har bir uchrashuv muayyan bir badiiy tushuncha — chiziq, rang, shakl, timsol atrofida quriladi. Nazariya amaliyotdan oldin kelmaydi — u amaliyotning oʻzidan kelib chiqadi.

Boshlovchi: rassom Nigina Mirzadjanova

Ishtirokchilarning tavsiya etilgan yoshi:
8–12 yosh

DASTUR

Chiziq va harakat / Jonli chiziq

6-iyun
11:00–12:00

Chiziq tasviriy tilning asosiy poydevoridir.  Ishtirokchilar tez va sekin, tartibsiz va qatʼiy chizishni mashq qilib koʻradilar hamda qalamni qanday ushlashga qarab, ishning tabiati va koʻrinishi qanchalik oʻzgarishiga guvoh boʻladilar.

Rang va hissiyot / Rang maydonlari

12-iyun
11:00–12:00

Rang — oʻz-oʻzini ifodalashning mustaqil shaklidir. Ishtirokchilar rangli dog‘lari bilan ishlaydilar, boʻyoqlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qogʻoz varogʻida qorishtirib koʻradilar va ranglar bir-birini qanday kuchaytirishi yoki soʻndirishini kuzatadilar. Asosiy eʼtibor — ranglar qarama-qarshiligi, rang quyuqligi hamda tasvirdagi "issiq" yoki "sovuq"lik tuygʻusiga qaratiladi.

Shakl va makon / Tekislikdan hajm sari

20-iyun
11:00–12:00

Shakl — makondagi munosabatlar tizimidir. Ishtirokchilar boʻlaklarni kesib, bukib va gʻijimlab, tekis karton varogʻini hajmli haykalga aylantiradilar.

Kollaj va timsol / Bo‘laklardan yasalgan obraz

27-iyun
11:00–12:00

Ishtirokchilar turli ashyolardan: baxmal qogʻoz, mushukchalar tasvirlangan tabriknomalar, topilgan fotosuratlar va yoʻl chiptalaridan qirqib-yelimlab yaxlit tasvir yigʻadilar. Parchalarni qiyoslash orqali turli-tuman, bir-biriga mos kelmaydigan va tasodifiy narsalardan kutilmagan obrazlar yuzaga keladi.

Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.