Nafis san’at ustaxonasi
Turkum mashg‘ulotlar badiiy tafakkur va vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini: kuzatuv va payqash, ashyolar bilan ishlash, o‘z ijodiy amaliyotini shakllantirish singari mahoratni rivojlantiradi. Har bir uchrashuvning muhim qismi bu — mulohaza va xulosadir: ishtirokchilar bajarilgan ishlarni muhokama qiladilar, kuzatishlarini shakllantiradilar va savollar beradilar. Mashgʻulotlar hech qanday dastlabki tayyorgarlikka ega boʻlmagan bolalar uchun ham ochiq.
Iyul oyida har bir uchrashuv muayyan bir badiiy tushuncha — chiziq, rang, shakl, timsol atrofida quriladi. Nazariya amaliyotdan oldin kelmaydi — u amaliyotning oʻzidan kelib chiqadi.
Boshlovchi: rassom Nigina Mirzadjanova
Ishtirokchilarning tavsiya etilgan yoshi: 8–12 yosh
DASTUR
Hissiyotlar geometriyasi
Ishtirokchilar juftliklarga boʻlingan holda oddiy geometrik shakllardan foydalanib, bir-birlarining gʻayrioddiy portretlarini yaratadilar. Diqqat markazida — kuzatuvchanlik, xayolot va ortiqcha narsalardan voz kechish mahorati boʻladi.
Tasavvur orqali o‘zgartirish
Ishtirokchilar rangli qogʻozlardan tasodifiy shakllarni qirqib olib, ulardan yashirin timsollarni izlaydilar. Kutilmagan egri chiziq qush, bulut, uy yoki xayoliy mavjudotga aylanishi mumkin. Mashgʻulot tasavvurni rivojlantirish hamda eng oddiy ashyolarda ham gʻayrioddiylikni koʻra bilish qobiliyatini rivojlantirishga bagʻishlanadi.
Izlar va bo‘yoq dog‘lari
Ishtirokchilar monotipiya usuli bilan tanishib, boʻyoq izlari yordamida tasvirlar yaratadilar. Tasodifiy dogʻlar, chiziqlar va teksturalar timsollarni izlash hamda ranglar bilan tajriba oʻtkazish uchun boshlangʻich nuqta boʻlib xizmat qiladi.
Hikoyalar davrasi
Bitta asar ustida bir vaqtning oʻzida bir nechta rassom ishlasa, nima hosil boʻladi? Ishtirokchilar rasm chizishni boshlab, soʻng navbat bilan bir-birlarining ishlarini toʻldirib boradilar. Asta-sekin alohida detallardan kutilmagan syujetlar, qahramonlar va birgalikda oʻylab topilgan butun boshli hikoyalar paydo bo‘ladi.
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.