Nafis san’at ustaxonasi

Nafis san’at ustaxonasi

Turkum mashg‘ulotlar badiiy fikrlash va vositalar bilan ishlash koʻnikmalari: kuzatish, buyum-ashyolar bilan tajriba-sinov oʻtkazish hamda gʻoyalarni vizual obrazlarga aylantirish qobiliyatini rivojlantiradi. Muhokama va fikr almashish har bir uchrashuvning muhim qismi  bo‘lib, unda ishtirokchilar oʻz topilmalari bilan oʻrtoqlashadilar, yechimlarni solishtiradilar va badiiy vositalar bilan ishlashning yangi usullarini izlaydilar.

Avgust oyidagi uchrashuvlar ranglar mavzusiga bag‘ishlanadi. Rang tasvirning kayfiyati va tabiatini qanday o‘zgartirishi, undagi bir tuslilik va qarama-qarshilik nima ekani, ranglar uyg‘unligi qanday yaratilishi hamda nima uchun bir xil syujet butunlay turlicha ko‘rinishi mumkinligini birgalikda tadqiq qilamiz.

Mashg‘ulotlar Respublika bolalar kutubxonasida o‘tkaziladi.


Boshlovchi:
rassom Nigina Mirzajonova

Ishtirokchilar uchun tavsiya etilgan yosh: 8–12 yosh 

DASTUR

Bitta rang

1-avgust
11:00–12:00

Atigi bir rang yordamida nimalarni so‘zlab berish mumkin? Ishtirokchilar birgina ranglar turkumining turli tuslaridan foydalangan holda kompozitsiyalar yaratadilar hamda rang-barang bo‘yoqlarsiz ham yorug‘lik, soya va sirt tuzilishi tasvirni qanday qilib jozibali va ta’sirchan qilishga yordam berishini bilib oladilar.

Ranglardagi qarama-qarshilik

8-avgust
18:30–19:30

Yorqin va xira, issiq va sovuq, och va to‘q — ishtirokchilar ranglar qarama-qarshiligining turli ko‘rinishlari bilan tanishadilar hamda zidliklar bir-birining yanada jozibaliroq yangrashiga xizmat qiladigan ijodiy ish yaratadilar.

Izlar va tamg‘alar

15-avgust
11:00–12:00

Rang quvonch, xavotir yoki xotirjamlikni ifodalay oladimi? Ishtirokchilar ranglar turkumi bilan tajriba o‘tkazib ko‘radilar hamda birorta so‘zlarsiz, faqat rang, shakl va kompozitsiya yordamida turli tuyg‘ularni ifodalashga harakat qiladilar.

Tabiat bo‘yoqlari

22-avgust
11:00–12:00

Rassomlar eng uyg‘un ranglar uyg‘unligini qayerdan oladilar? Birgalikda tabiatdagi shakllarni kuzatamiz, o‘z ranglar turkumimizni to‘playmiz hamda o‘simliklar, osmon, suv va toshlardan ilhomlangan kompozitsiyalar yaratamiz.

Ranglar jilosi

29-avgust
11:00–12:00

Oy yakunida ishtirokchilar ranglar haqida o‘rgangan barcha bilimlarini umumlashtirishga harakat qiladilar. Har bir ishtirokchi kollaj, rangtasvir va aralash usullar yordamida o‘z ijodiy ishini yaratib, ranglar hikoya so‘zlash va g‘oyalarni ifodalashda qanday yordam berishini tadqiq etadilar.

Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.