Nafis san’at ustaxonasi
Noyabr oyida Amaliy sanʼat muzeyiga yo‘l olamiz, naturadan rasm chizamiz, rassomlarning ijodiy ishlari bilan tanishib, oʻz ijodiy tilimizni izlaymiz. Turkum toʻrtta mashgʻulotdan iborat. Mashgʻulotlar Respublika bolalar kutubxonasida boʻlib oʻtadi.
Boshlovchi: rassom Nigina Mirzajonova
Ishtirokchilarning tavsiya etilgan yoshi: 8-12 yosh
DASTUR
Muzeyda qoralamalar
Oʻzbekiston Davlat amaliy sanʼati va hunarmandchilik tarixi muzeyi.
Oyni muzeyga sayr qilishdan boshlaymiz. Naqshlar va bezak detallarini ko‘zdan kechiramiz, rassom Chingiz Ahmarov haqida suhbatlashamiz hamda qalam va flomasterlar bilan tezkor xomaki chizgilar chizib ko‘ramiz. Yon daftarimizda qolishni xohlagan chiziqlar, naqshlar, siluetlar va ranglar uyg‘unligini izlaymiz.
Ishtirokchilar yigʻilishi: 11:00 da muzey kirish qismida.
Xayoliy olamlar: Joan Miro
Miro ijodida oddiy chiziqlar, nuqtalar va rangli dogʻlardan qushlar, yulduzlar, mavjudotlar hamda butun boshli koinot olamlari paydo boʻlardi. Unining asarlarini koʻrib chiqamiz va tanish shakllar har qanday narsaga aylanishi mumkin boʻlgan shaxsiy tasvirlarimizni yaratamiz.
Har tarafdan aks etadigan yuz: Pablo Pikasso
Insonni bir vaqtning oʻzida ham yon tomondan, ham roʻparasidan chizish mumkinmi? Xarakterni esa nafaqat yuz, balki rang, chiziq va boshning egilishi orqali koʻrsatish-chi? Pikassoning portretlarini ko‘rib chiqamiz va bitta insonga turli nigohlar birlashmasidan tuzilgan o‘zimizning noodatiy portretlarimizni yaratamiz.
Buyumlarsiz kompozitsiya: Kazimir Malevich
Rasmdan odamlar, uylar, daraxtlar va odatiy syujet olib tashlansa, unda nima qoladi? Rang va shakl, masofa va muvozanat. Buyumsiz sanʼat bilan tanishamiz va geometrik shakllardan vizual hikoyalar to‘playmiz.
Ishtirok etish tartibi
Ustaxonada ishtirok etish uchun ariza shaklini to‘ldirish kerak. Ota-onalardan bola, uning qiziqishlari hamda ijodiy mashg‘ulotlardagi tajribasi haqida qisqacha so‘zlab berishlarini so‘raymiz. Bu bizga qiziqishi yuqori bo‘lgan guruhni shakllantirishga yaqindan yordam beradi.
Arizalar qabuli yakunlangach, ustaxona jamoasi so‘rovnomani ko‘rib chiqadi va saralashdan o‘tgan ishtirokchilarning ota-onalari bilan bog‘lanadi. So‘rovnomani to‘ldirish guruhga avtomatik ravishda qabul qilinishni anglatmaydi. Saralashdan o‘tsangiz, chatga qo‘shilish havolasini elektron manzilingizga yuboramiz.
Ishtirok etish bepul, qatnashchilar oldindan saralab olinadi.
Nafis san’at ustaxonasi — bolalar amaliyot orqali san’at bilan tanishadigan ta’lim dasturi. Undagi mashg‘ulotlarda ishtirokchilar rassomlarning asarlarini ko‘zdan kechiradilar, ularni muhokama qiladilar va turli usullarni sinab ko‘radilar. Biz uchun tayyor nusxanii takrorlash emas, balki kuzatish, tajriba o‘tkazish, o‘z yechimlarimizni topish va ko‘rganlarimiz haqida fikr yuritishni o‘rganish muhimdir.
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.