Kutubxona ko‘ngillilari jamoasi safiga qo‘shiling
Kutubxonaning ko‘ngillilik dasturi 16 yoshdan oshgan, madaniyat, ta’lim hamda ma’rifiy loyihalarga qiziquvchi yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar uchun ochiq. Unda ishtirok etish muassasa faoliyatining ichiga kirib borish, amaliy tajriba orttirish va kutubxona jamoasining bir qismiga aylanish imkonini beradi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin
Toshkent yoki Buxoro shahrida yashovchi, 16 yoshdan oshgan, hamkorlikka ochiq hamda zamonaviy san’at, madaniyat va ta’limga qiziqadigan o‘quvchi-yu talabalar. Ko‘ngillilik tajribasining borligi mamnuniyat bilan qabul qilinadi, ammo u bo‘lishi majburiy emas.
Mavsumiy dastur ikki yarim oyga mo‘ljallangan. Dastur muvaffaqiyatli yakunlanganda ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi. Dasturga qabul har mavsumda bir marta: 1-mart, 1-iyun, 1-sentabr va 1-dekabr sanalarida ochiladi.
Ishtirok yo‘nalishlari
1. Kutubxona tadbirlarini o‘tkazish
Sizni kutayotgan ishlar:
— ustaxonalar, konsertlar, ma’ruzalar hamda uchrashuvlar o‘tkazishda, shuningdek “CIRCUIT” laboratoriyasining kurslari va amaliy mashqlarida qatnashish;
— mehmonlarni kutib olish, makonda yo‘nalish berish, ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashish;
— madaniyat va san’at sohasidagi taklif etilgan mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish;
— tinglovchilar bilan o‘zaro munosabat ko‘nikmalarini shakllantirish va muloqot qilish.
2. Kutubxona to‘plamidagi kitoblar bilan ishlash:
Sizni kutayotgan ishlar:
— kitobxonlarga kutubxona va zalda yo‘nalish berishga ko‘maklashish;
— guruhlarga kutubxona bo‘ylab sayr vaqtida hamrohlik qilish;
— Ochiq kitob to‘plamlarida tartiblilikni saqlash;
— kutubxona xodimi boshchiligida kitoblarni ta’mirlashda ishtirok etish.
Qishki qabul
1-dekabr kuni ochiladi va
8-dekabrgacha davom etadi
Xalqaro ko‘ngillilar kunida kutubxona amaldagi va bo‘lajak dastur ishtirokchilari uchun uchrashuv o‘tkazadi. Biz madaniy jarayonlarning ichida bo‘lishni istagan va ko‘ngillilik tajribasi bilan baham ko‘rishnoqchi bo‘lganlarni taklif etamiz. Uchrashuv davomida ko‘ngillilik amaliyotlari haqida suhbatlashamiz, tajriba almashamiz va kutubxonaning qishki loyihalarini muhokama qilamiz. Dasturdan ishtirokchilarning qisqa hikoyalari, musiqa va norasmiy muloqot joy olgan.
Muqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 16+
Ko‘ngillilar dasturining qishki simpoziumi(16+)