Har kuni 10:00 - 21:00
Har kuni 10:00 - 21:00
O'Z
Kutubxona haqida
Keng kitob fondi, ommaviy dastur va mahorat darslari, shuningdek, sevimli mashg‘ulotlar bo‘yicha to‘garaklar – kutubxona maydonida bolalar va o‘smirlar rivojlanishlari uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud.

Loyihada 3 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan yosh toifalariga asosiy e’tibor qaratilgan. Bu burungi kezlar kabi hamon bolalar kutubxonasi hisoblanib, u yerda kattalar uchun ham joy bor.
Respublika bolalar kutubxonasi shaharning tarixiy binoda joylashgan yangi madaniyat muassasasi hisoblanadi. Loyihaning zamirida toshkentliklar yaxshi bilib eslaydigan o‘tgan asrning 60-yillaridagi bolalar kutubxonasidir.
Binoning tarixi
1965-yilda Respublika bolalar kutubxonasi 1880-yillarda qurilgan aka-uka Vadyaevlarning, ular 1909-yilda shahar ma’muriyatiga sotib yuborgan dang‘illama imoratiga ko‘chib o‘tadi. O‘shandayoq qasr yoniga Toshkent shahrining bo‘lg‘usi bosh me’mori arxitektor Ivan Markevich loyihasiga asosan qo‘shimcha bino quriladi. Bino avval boshdanoq o‘z me’moriy yechimi sharofati bilan boshqalardan ajralib turar edi. Qayta qurish va qisman ta’mir qilish jarayonida esa nafaqat tarixiy va madaniy merosni saqlab qolish, balki XIX asr yodgorligini zamonaviy shahar manzarasiga uyg‘unlashtirishga muvaffaq bo‘linadi. Bu joy jonli va mustaqil palak yozishga qodir maskanga aylanib, o‘z misolida me’moriy merosga nisbatan yondashuv va jamoat joylarini qayta anglashning zamonaviy darajasini namyon etdi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Respublika bolalar kutubxonasining rekonstruksiyasi, qayta ishga tushirilishi va yangitdan dasturlash ishlari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan boshlandi. Bu O‘zbekistonda ishga tushirilgan o‘xshashi yo‘q ilk loyihadir. O‘z pirovard maqsadlari doirasida Jamg‘arma kutubxona faoliyatini dolzarblashtirish hamda zarur imkoniyat va zaxiralarni taqdim etgan uni xalqaro darajadagi zamonaviy muassasa sifatida qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Loyiha hozirgi zamon shahar jamoatchilik makonini yaratish manzarasida me’moriy merosini asrab-avaylash, dolzarblashtirish va qayta anglash borasida o‘rnakli hodisa yasadi.
Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash qoidalari
Murojaatlar uchun
+99871 231 17 91
info@acdflibrary.uz
Ish vaqti
Har kuni 10:00 - 21:00
Kitob berish kutubxona yopilishidan
30 daqiqa oldin yakunlanadi
Manzil
Toshkent, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 47-uy

Kutubxonaga oid soʻnggi yangiliklar bevosita pochta qutingizda
Kuki siyosati
Maxfiylik tanlovlari