Hayot tarzi: poliglot. Psixolingvist, sinxron tarjimon va tillarni o‘rganish uslublari muallifi Dmitriy Petrov bilan uchrashuv. Til so‘zlar va grammatikadan ko‘ra ko‘proq narsa bo‘lib, u dunyoqarashni kengaytiradi, odamlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi, kognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirib, yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Nima uchun serzabonlik miyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi? Vaqt tig‘izligi sharoitida qanday qilib til o‘rganishni dinamik va samarali qilish mumkin?
Kasbiy faoliyatingizga urg‘u berib tilni qanday o‘rganish va tilni ishchi darajaga olib chiqishni qay tarzda tezlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar olamiz.
Dmitriy Petrov 30 dan ziyod tilni, jumladan, ingliz, fransuz, ispan, nemis va hind tillarini biladi hamda ularni faol ravishda ish faoliyatida qo‘llaydi. Uchrashuvda qaysi tillarga hozir talab kuchli ekanligi, ularning ommalashuviga nima ta’sir etishi va kelajakda universal til bo‘lishi ehtimolining bor-yo‘qligi haqida hikoya qilib beradi. Savol-javob bo‘limida ishtirokchilar o‘z savollari bilan murojaat qilishlari mumkin.
Muloqot tili: rus tili, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etiladigan yosh:12+