Masxarabozlar, afsonaviy ertaklar va xalqona raqslar jonlantiriladigan asarlarni tinglab, musiqa cholg‘ulari so‘zsiz nimalarni ifodalay olishini bilib olamiz. Bolalar va ota-onalar bilan birga tinglaymiz, kuzatamiz, mulohaza yuritamiz va hatto dirijyorlik qilamiz. Tovush qanday paydo bo‘lishi, alt skripkadan, violonchel esa kontrabasdan nimasi bilan farqlanishi, nima uchun har bir cholg‘uning o‘z ovozi va xususiyati borligi haqida suhbatlashamiz. Konsert yakunida bolalar sahnaga chiqib, o‘zlarini musiqachi va dirijyor sifatida sinab ko‘rishi mumkin bo‘ladi.