открыты сегодня 10:00 - 21:00
Занятия
ru
O'Z
открыты сегодня 10:00 - 18:00
Творческие занятия с педагогами в марте
Kutubxona ro‘parasidagi xiyobonda milliy ansamblning an’anaviy torli va puflama cholg‘ulari jo‘rligidagi kuy-qo‘shiqlar kun bo‘yi yangraydi.
15-mart
Kutubxona ro‘parasidagi xiyobon
11:30–12:00
12:30–13:00
13:30–14:00
14:30–15:00
15:30–16:00
Respublika bolalar kutubxonasi Navro‘z tantanalarini boshlamoqda
Kutubxonaning musiqa sinfida mashq qilishadi, sahnaga chiqishlarga tayyorgarlik ko‘rishadi, maromni his etish va notalarni o‘qishni o‘rganishadi. O‘tgan yili konsertlar an’anasini yo‘lga qo‘ygan edik, endi musiqa maktablari o‘quvchilari har mavsumda sahnaga chiqishadi.
Konsert dasturidan ishtirokchilarning sevimli asarlari: klassik va estrada kompozitsiyalari, fortepiano, saksofon, gitara va vokal uchun qadrdon filmlardan olingan kuylar o‘rin olgan. Konsertni kutubxonaning musiqa sinfi o‘qituvchisi Lenora Nurullina olib boradi.
15-mart
Majlislar zali
12:00–13:00
Yosh musiqachilarning bahorgi konserti
Rang, tekstura va naqshlarni uygu‘nlashtirgan holda jamalak sochlar uchun sochpopuklar, to‘qilgan bilaguzuklar va origami do‘ppilarini yaratish uchun katta stol atrofida yig‘ilamiz. Iplar, marjonlar va qog‘oz kerak bo‘ladi. Turli xil to‘qish usullarini sinab ko‘rib, bezaklarning ramziyligiga e’tibor qaratamiz.

Tavsiya etilgan yosh: 9+. Kichik yoshdagi bolalar ota-onalari kuzatuvi ostida qatnashishlari mumkin.
15-mart
Kutubxona hovlisi
12:00–14:00
Bayramona liboslar ustaxonasi (9+)
O‘zbek yozuvchisi Dinara Mo‘minovaning Asilaxon Shadixodjayeva rasmlari bilan bezatilgan “Sumalakning sehrli toshi” nomli yangi ertagini mutolaa va muhokama qilamiz. Radioboshlovchi va kutubxonamiz xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birgalikda Navro‘z an’analari keksa avloddan bugungi yosh avlodga qay tarzda o‘tib kelayotgani haqidagi iliq hikoya bilan tanishamiz.

Gulbahor bayram konserti uchun atalgan she’rini hech yodlay olmayapti, butun oila esa Navro‘z taraddudi bilan band. Faqat buvijonisi uning xavotirini sezib, qizchaga yordam berishi kerak bo‘lgan mo‘jizaviy toshni sovg‘a qiladi.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Tavsiya etiladigan yosh: 6+
15-mart
Kutubxona hovlisi
13:00–13:40
Bolalar kitob to‘garagi yig‘ilishi (6+)
O‘zbekiston madaniy merosini kulolchilik san’atisiz, Navro‘z ayyomini naqshinkor piyola, likop va idishlar bilan bezatilgan dasturxonsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Taniqli toshkentlik ustalar sulolasi vakili Alisher Rahimov bilan birgalikda o‘zbek kulolchilik an’analari bilan tanishamiz, naqsh tushirishda o‘zimizni sinab ko‘ramiz.

Rahimovlar sulolasida qadimiy hunarmandchilik maktablari an’analarini davom ettirayotgan yetti avlod ustalari bor. Rassomlar nafaqat boy merosni saqlab qolishadi, balki arxeologik topilmalar va tabiiy landshaftlardan ilhomlangan holda shakl bilan tajriba ham o‘tkazishadi.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etilgan yosh: 9–12
15-mart
Kutubxona hovlisi
14:00–15:00
Alisher Rahimov tomonidan kulolchilik buyumlariga gul solish bo‘yicha mahorat darsi (9–12)
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilari bilan birga Navro‘zning mohiyati, ushbu kunda qanday qo‘shiqlar ijro etilishini hamda bayram dasturxonidagi yetti sovg‘a nimani anglatishini bilib olamiz. Muloqot qurish hamda og‘zaki nutqni tushunishni amalda tatbiq etib, yangi so‘z va iboralarni bilib olamiz. Tilni oz darajada bo‘lsa ham bilish olqishlanadi, ammo majburiy emas.

Muloqot tili: o‘zbek tili, yordamchi til sifatida rus tilidan foydalaniladi
Tavsiya etiladigan yosh: 6+
15-mart
Kutubxona hovlisi
15:00–16:00
“O‘zbekcha gapiramiz” to‘garaning bayramona uchrashuvi (6+)
Kelayotgan shanba kuni diqqatimizni “Qochirimlar” o‘yiniga qaratamiz. So‘zlarni tovushlar bilan tasvirlash, ularni ko‘zni yumib chizish, orqadan oldinga talaffuz qilish kabi 7 ta qiziq usuldan foydalangan holda turli tushunchalarni izohlashni o‘rganamiz. Aytingchi, siz “sumalak” so‘zini qay tarzda imo-ishoralar yordamida ifodalagan yoki plastilindan “karnay”ni qanday yasagan bo‘lardingiz?

Muloqot tili: rus va o‘zbek tillari
Tavsiya etilgan yosh: 7+
15-mart
Kutubxona hovlisi
15:00–16:30
stol o‘yinlari ixlosmandlari to‘garagi yig‘ilishi (7+)
Kutubxona amfiteatri karvonsaroyga – qadim zamonlarda sayohatchilar hikoyalar, yangiliklar va ertaklar almashinadigan maskanga aylanadi. Qo‘g‘irchoq teatri orqali o‘zbek xalq og‘zaki ijodi bilan yaqindan tanishamiz: qo‘g‘irchqlar quvnoq raqsga tushishadi, qiziqchi-hajvchi milliy kurash sahnasini namoyish etadi, qo‘lqopli qo‘g‘irchoqlar esa ertak bilan o‘rtoqlashadi. Ushbu tomosha zamonaviy qo‘g‘irchoq teatri tili orqali hikoya qilingan o‘zbek san’ati an’analari haqidadir.

Muloqot tili: o‘zbek
Tavsiya etilgan yosh: 3–6
15-mart
Amfiteatr
16:00–17:00
O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining bolalar uchun “Karvonsaroy” spektakli (3–6)
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.
Собрание детского книжного клуба. Читаем и обсуждаем книгу Елены Ульевой «Идем к стоматологу» вместе с Шахзодой Джураевой, радиоведущей и сотрудницей нашей библиотеки. Познакомимся с познавательной историей о пугливом зайчонке и смастерим тематическую поделку.

У зайчонка заболели зубы, но он боится идти к врачу. Вдруг доктор все только испортит и малыш не сможет грызть морковку? Вместе с героем отправимся в кабинет стоматолога и разберемся, почему врачей не стоит пугаться, для чего нужны разные инструменты и почему так важно ухаживать за зубами.

Язык проведения: узбекский и русский
Возраст: 5+
13:00–14:00
МАЛЫЙ ЗАЛ-ТРАНСФОРМЕР
16-mart yakshanba kungi kutubxonadagi tadbirlar jadvali
Kutubxona ro‘parasidagi xiyobonda milliy ansamblning an’anaviy torli va puflama cholg‘ulari jo‘rligidagi kuy-qo‘shiqlar kun bo‘yi yangraydi.
16-mart
Kutubxona ro‘parasidagi xiyobon
11:30–12:00
12:30–13:00
13:30–14:00
14:30–15:00
15:30–16:00
Respublika bolalar kutubxonasi Navro‘z tantanalarini boshlamoqda
Bayram liboslari ustaxonasi. Keng stol atrofida to‘planib, jamalak sochlar uchun sochpopuklar, to‘qilgan bilaguzuklar va origami do‘ppilarini yasaymiz. Iplar, munchoqlar va qog‘ozdan ranglar, marjonlar va naqshlarni uyg‘unlashtirgan holda bayram aksessuarlarini yaratamiz. Turli to‘qish usullarini qo‘llab ko‘ramiz va naqshlarning ramziy ma’nosi bilan tanishamiz.

Tavsiya etilgan yosh: 9+. Kichik yoshdagi bolalar ota-onalari bilan birga ishtirok etishlari mumkin.
16-mart
Kutubxona hovlisi
12:00–14:00
Bayram liboslari ustaxonasi (9+)
O‘qituvchi Karina Javliyeva bilan birgalikda fransuz yozuvchisi Miriam Uessadning Ani Klauss rasmlari bilan bezatilgan “Daraxt qo‘riqchisi” kitobini mutolaa va muhokama qilamiz. Do‘stlik, zamon va tabiat haqidagi ta’sirli hikoya bilan tanishamiz.

Keksa Minoyada ajoyib javohir – oltin kabi tovlanadigan meva danagi bor. Unda boshqa turda uchramaydigan o‘ziga xos daraxt yashiringan. Aytishlaricha, bir kun kelib daraxt ko‘karib, o‘z sirini ochadi va qo‘riqchisini topadi.

Muloqot tili: rus tili
Tavsiya etiladigan yosh: 6+
16-mart
Kutubxona hovlisi
13:00–13:40
Qunt bilan o‘qish ijod ustaxonasi (6+)
Sayillar an’anaviy tarzda tomosha san’ati vakillari – akrobatlar, dorbozlar, masxarabozlar va illyuzionistlarning chiqishlariga ulanib ketadi. Ko‘zboylog‘ich Furqat Qurbonovning ajoyib hunarini sahna ortidan kuzatamiz. Nima uchun sirk maktabida barcha fokuslarni o‘zlashtirib bo‘lmasligini, sehrgarlik ortida nima yashiringanini va nima uchun ko‘zboylog‘ich nafaqat fokuslar ustasi, balki ozroq psixolog, aktyor va rejissyor ekanligini bilib olamiz. Ijro texnikasi haqida suhbatlashamiz, qo‘l mashqini o‘zlashtiramiz va kichik sehr-jodu janridagi bir nechta tryuklarni o‘rganamiz.
Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etilgan yosh: 6+
16-mart
Amfiteatr
14:00–15:00
Fokuschi Furqat Qurbonov bilan uchrashuv
Oilaviy stol o‘yinlari ixlosmandlari to‘garagi yig‘ilishi. Ushbu yakshanbada biz odatda bayram kunlari turli avlod vakillarini bir stol atrofida birlashtiradigan italyancha “Loto” o‘yinini o‘ynaymiz. Qoidalar juda oddiy bo‘lib, o‘yinchilar raqamli varaqchalarni olishadi, boshqaruvchi esa xaltachadan raqamli shaklchalarni chiqarib o‘qib eshittiradi. Ko‘rsatilgan sonlarni fishkalar bilan yopish kerak, varaqchadagi barcha raqamlarni birinchi bo‘lib to‘ldirgan o‘yinchi g‘olib deb topiladi. Bingo!

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etilgan yosh: 9+
16-mart
Kutubxona hovlisi
15:00–16:30
Oilaviy stol o‘yinlari ixlosmandlari to‘garagi yig‘ilishi (9+)
Naqshli matolar asrlar davomida to‘ylarga tayyorlanib, xonadonlarni bezagan, Navro‘zda dasturxonga to‘shalgan. Bugun esa so‘zana elementlari kiyim-kechak dizaynerlari kolleksiyalarida, turar-joy va jamoat binolari ichki bezaklarida paydo bo‘lmoqda. Yulduz Muhiddinova bilan birgalikda so‘zana buyumlarining yaratilishi, mato an’anaviy tarzda qanday naqshlar bilan bezatilishi va ayollardan avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ramzlar nima ma’noni anglatishini bilib olamiz. Igna qanday qilib bunyodkorlik quroliga, angishvona himoya ramziga, ipak esa o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi rishtaga aylanishi haqida suhbatlashamiz.
Yulduz Muhiddinova – toshkentlik mashhur hunarmand va so‘zana tadqiqotchisi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida moda brendlari bilan hamkorlik qilib, ushbu san’at turini asrab-avaylash va rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Muloqot tili: o‘zbek tilida, rus tiliga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etilgan yosh: 9+
16-mart
Majlislar zali
16:00–17:00
So‘zana ustasi Yulduz Muhiddinova bilan uchrashuv
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.
Собрание детского книжного клуба. Читаем и обсуждаем книгу Елены Ульевой «Идем к стоматологу» вместе с Шахзодой Джураевой, радиоведущей и сотрудницей нашей библиотеки. Познакомимся с познавательной историей о пугливом зайчонке и смастерим тематическую поделку.

У зайчонка заболели зубы, но он боится идти к врачу. Вдруг доктор все только испортит и малыш не сможет грызть морковку? Вместе с героем отправимся в кабинет стоматолога и разберемся, почему врачей не стоит пугаться, для чего нужны разные инструменты и почему так важно ухаживать за зубами.

Язык проведения: узбекский и русский
Возраст: 5+
13:00–14:00
МАЛЫЙ ЗАЛ-ТРАНСФОРМЕР