Kutubxonada kuzgi bayram

Kutubxonada kuzgi bayram

QUSHLAR, PARVOZLAR VA SHAHAR SADOLARI — 5–6-SENTABR

“Salom, Toshkent!” kitobida Musichajon bolalar-u kattalarni hovlilar va shaharning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab olib yuradi. Mittigina qushcha ortidan ergashib nigohimizni daraxt shoxlariyu peshtoqlarga qaratamiz hamda yonimizda yashayotganlar bilan yaqindan tanishamiz.

Sentabrning ilk dam olish kunlarida  kitobxonlar ornitologlar va qushbozlar bilan uchrashadilar, Birds.uz savol-javobida qatnashadilar, koreys tilida plastik oroldagi tukan qush haqidagi ta’sirli hikoyani hamda fransuzchada Parij qushlari haqidagi qomusni o‘qiydilar.

Bastakor va musiqashunos Zarina Xodiyeva bolalarni Olivye Messianning qushlar katalogi bilan tanishtiradi, balet raqqosasi va qushboz Asal Usmonova yosh artistlarni qushlar galasiga yig‘adi, rassom va zargar Aziza Kariyeva esa bolalar bilan birga qush-tumor yasaydi.

Ovozlarni farqlashni, to‘daning harakatini kuzatishni, tovush arxivini yig‘ishni va yuqoriga qarab, diqqat bilan tinglaganda tanish shahar qanday ochilishini o‘rganamiz.

5-SENTABR

Tabiat muzeyiga qushlar olamiga sayohat 8+

Tabiat muzeyi  
10:00–11:30

Tabiatda qushni har doim ham yaxshilab ko‘rishga ulgurmaysiz. Tabiat muzeyida esa buning butunlay aksi: yaqinroq kelib, har xil turlarning morfologiyasi — tumshuq shakli, panjalari tuzilishi va patlarini o‘rganish mumkin. Muzey ilmiy xodimlari bolalar va ota-onalarni O‘zbekiston qushlari bilan tanishtiradilar va ularga ornitolog  ko‘zi bilan qarashni o‘rgatadilar.

Ishtirokchilar kutubxonaning kirish eshigi oldida soat 10:00da to‘planishadi. Avtobus guruh bilan Tabiat muzeyiga jo‘nab ketadi va sayohatdan so‘ng ularni yana kutubxonaga qaytarib olib keladi. Ota yoki ona hamroh bo‘lishi shart.

Qo‘g‘irchoq qushlar ustaxonasi 8+

Kutubxona hovlisi 
11:00–12:00

Qog‘oz qanotlarni qanday qilib yoyish, qushni pastga sho‘ng‘itish, yo‘nalishini keskin o‘zgartirish yoki havoda muallaq qoldirish mumkin? Rassom Nigina Mirzajonova bolalar bilan birga parvoz mexanikasini o‘rganadi va qog‘ozli galamizning ilk parvozini boshqarib boradi.

Musiqa sinfining hisobot konserti 0+

Majlislar zali
12:00–13:00

Kutubxonaning musiqa sinfida mashq qiladilar, konsertlarga tayyorlanadilar, maromni his etishni va notalarni o‘qishni o‘rganadilar, shuningdek, mavsumda bir marta majlislar zali sahnasiga chiqadilar. Dasturdan multfilmlar kuylari hamda ishtirokchilarning sevimli asarlari o‘rin olgan.

Oilaviy liboslar ustaxonasi 0+

Kutubxona hovlisi
12:30–14:00

Odamlar doimo uchishni xohlagan: qushlarga qarab, qanotlar yasagan va ularni o‘z tanalariga taqib ko‘rgan. Qog‘oz va fetrdan qanotlar, dumlar va tumshuqlar o‘ylab topamiz va hech bo‘lmaganda xayolan uchamiz!

Ornitolog Maksim Zukka bilan fransuz tilidagi kitob to‘garagi 8+

Majlislar zali 
14:00–15:00

Parijliklar bilan qo‘shni bo‘lib qanday qushlar yashaydi va ulardan qaysi birini  Toshkentda uchratish mumkin? Fransuz ornitologi Maksim Zukka bolalar bilan birgalikda «Écoute les oiseaux des villes» (“Shahar qushlarini tingla”) kitobini o‘qib beradi va ularni katta shaharning qanotli aholisi bilan tanishtiradi.

Maksim Zukka — ornitolog, bioxilma-xillik bo‘yicha mutaxassis, “Rewilding Farms” notijorat tashkilotining ilmiy muvofiqlashtiruvchisi va Fransiyaning Tabiatni muhofaza qilish milliy Kengashi a’zosi. U illyustrator Lena Mazilyu va dizayner Yoann Geni bilan hamkorlikda qushlarni ovozidan tanib olishga o‘rgatadigan “Birdie Memory” loyihasini yaratgan.

Qushlarning sayrashini tinglaymiz, kitob sahifalaridan tanish turlarni qidiramiz hamda Parij va Toshkent qushlarining xaritalarini taqqoslaymiz.

Muloqot tili: fransuz, ingliz, rus tillari, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan

Toshkent qushlari atlasi Birds.uz bilan savol-javob 6+

Ish markazi zali
15:00–16:00

Kabutar, mayna, jarqaldirg‘och, zag‘izg‘on: bitta shaharda biz bilan birga kimlar yashaydi va ular haqida aslida nimalarni bilamiz? Birds.uz ishqibozlari Toshkent atlasini ochib beradilar, bolalar va ota-onalarga shahar qo‘shnilari haqida hikoya qiladilar hamda savol-javob o‘tkazadilar.

Uchrashuvning maxsus mehmoni — O‘zbekiston Zoologiya instituti katta ilmiy xodimi Timur Abduraupov.

Muloqot tili: rus tili

Ma’ruza Qushboz bo‘lish sirlari 6+

Majlislar zali
16:00–17:00

Uydan maktabgacha bo‘lgan yo‘lda nechta qush turini uchratish mumkin? Qushni tashqi ko‘rinishiga qarab qanday tanib olish va shahar shovqini orasida ovozini farqlashni o‘rganish mumkin?

Ornitolog Nika Samotskaya bolalar va ota-onalarga qushbozlik nimadan boshlanishi va nima uchun qushlarni kuzatish uchun tog‘larga borish shart emasligi haqida so‘zlab beradi. Qushlarni qayerdan va qanday qidirish, qayerlarni kuzatish va qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini bilib olamiz.

Nika Samotskaya — ornitolog olima, “Birdwatching Moscow” loyihasi asoschisi, “BirdID”, “Vityani ko‘rdingmi?” podkastining hammualliflaridan biri. Hozirda u Leibniz Bioxilma-xillik o‘zgarishini tahlil qilish institutida shahar shovqinining qushlarga ta'sirini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi.

Muloqot tili: rus tili, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan

Teatr ustaxonasii 9+

Kutubxona hovlisi 
17:00–18:00

O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari bolalarni hikoyani so‘zsiz aytib berish mumkin bo‘lgan vizual teatr asoslari bilan tanishtiradilar. O‘zimizni qushlardek tasavvur qilib, kostyum elementlarini yaratamiz, so‘ngra qahramonlarimizni birgalikda jonlantiramiz: gala bo‘lib harakatlanishga, imo-ishoralar yordamida muloqot qurishga harakat qilamiz va o‘zimizning qushlar tilini kashf etamiz.

6-SENTABR

Ornitolog bilan sayohat 8+

Botanika bog‘i
09:00–11:00

Ornitolog Nika Samotskaya bilan qushbozlik bilan tanishuvga bag‘ishlangan tonggi sayr. Botanika bog‘ida biz nafaqat qushlarni tanib olishni, balki ularning borligidan dalolat beruvchi izlarni — ovozlari, siluetlari, xatti-harakatlarii va shahar manzarasidagi yo‘nalishlarini o‘qishni o‘rganamiz.

Nika Samotskaya — ornitolog olima, “Ana u, chapdagi daraxtda! Qushlarni kuzatish va sevib qolish” kitobi muallifi, “Birdwatching Moscow” loyihasi asoschisi, “Vitani ko‘rdingmi?” podkastining hammualliflaridan biri. Hozirda u Leibniz Bioxilma-xillik o‘zgarishini tahlil qilish institutida shahar shovqinining qushlarga ta'sirini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi.
 
Uchrashuv joyi: Botanika bog‘ining kirish qismi. Sayohatdan so‘ng kutubxona avtobusida kutubxonaga yo‘l olamiz.

Sianotipiya ustaxonasi 9+

Kutubxona hovlisi
11:00–12:00

Sianotipiya — analog surat olish usullarlidan biri bo‘lib, unda quyosh nuri sirtda to‘q osmon rangidagi iz qoldiradi. Rassom Kseniya Gorbachyova bolalar bilan birgalikda uchib yurgan qushlar siluetlaridan kompozisiya tuzadi. Har bir ishtirokchi o‘zining qush-avtoportretini o‘ylab topadi, shundan so‘ng biz izlarimizni katta mato pannosiga — kutubxonadagi bir kunning quyoshli suratiga birlashtiramiz.

“Qushlar katalogi” musiqa ustaxonasi 5+

Majlislar zali 
12:00–13:00

Fransuz bastakori Olivye Messian qushlarni sayyoramizdagi eng buyuk musiqachilar deb hisoblagan. Qushlarning sayrashi haqiqiy musiqaga aylana oladimi? Bastakorlar qushlarning ovozi, qiliqlari va xarakterini musiqada qanday aks ettiradilar?

Bastakor, musiqashunos va O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi Zarina Xodiyeva bolalarni “Qushlar katalogi” turkumi bilan tanishtiradi, qushlar ovozi bastakorlarga qanday ilhom bergani haqida so‘zlab beradi va o‘zining mualliflik pyesasini ijro etadi. Yakunda loydan yasalgan hushtaklardan “qushlar orkestri”ni tuzamiz

Oilaviy liboslar ustaxonasi 0+

Kutubxona hovlisi
12:30–14:00

Odamlar doimo uchishni xohlagan: qushlarga qarab, qanotlar yasagan va ularni o‘z tanalariga taqib ko‘rgan. Qog‘oz va fetrdan qanotlar, dumlar va tumshuqlar o‘ylab topamiz va hech bo‘lmaganda xayolan uchamiz!

Aziza Kariyeva bilan taqinchoqlar ustaxonasi 7+

Kutubxona hovlisi 
14:00–15:00

Rassom va zargar Aziza Kariyeva taqinchoqlarni uy, yaqinlar xotirasi va o‘ziga bo‘lgan ishonch haqidagi shaxsiy hikoyalar sifatida yaratadi. Ustaxonada polimer loydan tumor-qushlar yasaymiz. Ular uchun rang, xarakter va hikoya tanlaymiz: kimdir uyning egasiga, kimdir yo‘lda hamrohga, yana kimdir esa xushxabarchiga aylanadi.

Jarqaldirg‘ochlarga ko‘mak ko‘rsatish maktabi 7+

Amfiteatr
17:00–18:00

Jarqaldirg‘ochlar uylarning yoriqlari va tomlari ostiga joylashib, har yili bitta iniga qaytib keladi. Ko‘p mamlakatlarda odamlar ularga yordam berishadi: uyalash joylarini saqlab qolishadi, koloniyalarni xaritalarda belgilashadi va mushkul ahvolga tushib qolgan qushlarga g‘amxo‘rlik qilishadi.

Agar jarqaldirg‘och yerga tushib qolsa, u odatda o‘zi ucha olmaydi. Ayniqsa, kichik polaponlar kattalarning ehtiyotkorona yordamiga muhtoj bo‘ladilar. “Lochinchilar milliy markazi” NNT direktori Yelena Abdullayeva qushga xavfsiz tarzda qanday yordam berish, nima qilmaslik va kimga murojaat etish kerakligi haqida so‘zlab beradi.

Muloqot tili: rus tili

Adiba va rassom Li Myone bilan koreys tilidagi kitob to‘garagi 7+

Majlislar zali 
16:00–17:30

Koreyalik rassom va muallif Li Myone bolalar bilan birgalikda o‘zining “Chiqindilar oroli” kitobi — dengiz olib kelgan chiqindilar orasida qolib ketgan tukan haqidagi hikoyani o‘qib beradi. Mutolaadan so‘ng kitoblar atrofdagi olamning naqadar nozikligi haqida hikoya qilishi mumkinligi haqida suhbatlashamiz, so‘ng muallif bilan birgalikda kichik ijodiy ustaxona tarixini davom ettiramiz.

Li Myone — koreyalik rassom va rasmli kitoblar muallifi, “Bologna Children’s Book” (“Bologna bolalar kitob yarmarkasi”) illyustratorlar ko‘rgazmasi ishtirokchisi, “Nami Concours” va Bratislava biyennalesining kitob illyustratsiyasi bo‘yicha eng yirik xalqaro mukofotlari sovrindori.

Muloqot tillari: koreys va ingliz tillarida, o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinadi

Sahnaviy badiha ustaxonasi 6+

Amfiteatr 
17:00–18:00

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri balet raqqosasi Asal Usmonova qushlarni kuzatishni yaxshi ko‘radi: ularning kutilmagan burilishlari, to‘xtashlari va bir qush boshqasining harakatini qanday ilib olishini tomosha qilishni sevadi. Asal laylak, zarg‘aldoq, lochin va qarqaralarni ko‘rish uchun shahar tashqarisiga chiqadi, mehmonxona derazasidan qizilishtonlarga qo‘l siltaydi va xonadonining deraza tokchasida musicha polaponlarining ulg‘ayishini kuzatadi. Qushlarning harakatlariga quloq tutamiz, qanot qoqishini tasavvur qilamiz, galaga to‘planib, so‘ng yana har tarafga uchib ketamiz.

Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.