To‘garaklar
To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz o‘qiymiz, muhokama qilamiz, o‘yin o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz
Har bir uchrashuv alohida tadbir bo‘lib, ularga bir marta yoki doimiy ravishda kelishingiz mumkin. Mutolaa, stol o‘yinlari va mavzuli to‘garaklarga bag‘ishlangan kutubxona to‘garaklari muntazam o‘tkaziladi va turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. Ishtirok etish bepul — oldindan ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Har oyda biz muloqot to‘garaklariga mavzularni tanlaymiz, mutolaa uchun yangi kitoblarni kashf etamiz, o‘yin va mavzuli to‘garaklarning ssenariylarini yangilaymiz. Jadval har oyda bir marta e’lon qilinadi.
KITOB TO‘GARAKLARI
Ingliz tilida kitob to‘garagi
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
5-iyun
Kitob nomi: “I Love You As Much As This” (“Men sizni shu qadar sevamanki”). Muallif: Estella Korke
Shartsiz muhabbat kuchi haqida kitob. Oilaviy munosabatlar, g‘amxo‘rlik, mehribonlik va minnatdorchilik haqida suhbatlashamiz.
19-iyun
Kitob nomi: “The Baby’s Catalogue” (“Chaqaloq katalogi”). Mualliflar: Janet va Allan Ahlberg.
Odatiy narsalarga — o‘yinchoqlar, g‘ildirakchalar, aravachalarga diqqat bilan nazar tashlaymiz va bolaning kundalik hayotidagi mayda tafsilotlaridan shakllanadigan dunyo haqidagi hikoyani oʻqiymiz.
Boshlovchi: maktabgacha ta’lim mutaxassisi, kutubxona xodimi Iroda Oripova
O‘zbek tilida kitob to‘garagi
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
12-iyun
Kitob nomi: “Teddi qayerda?”. Muallif: Rod Kempbell
Teddi ismli ayiqcha bekinmachoq o‘ynashni juda yaxshi ko‘radi! Ushbu sho‘x bolakay bilan yaqindan tanishamiz va uni kitob sahifalaridan izlab topishga harakat qilamiz.
26-iyun
Kitob nomi: “Sochig‘imdagi boyqush”. Mualliflar: Julia Donaldson va Rebekka Kobb
Bu — sochiq orasidagi boyo‘g‘lidan tortib, cho‘milish xonasidagi kitgacha boʻlgan eng kutilmagan joylarda turli hayvonlarni payqab qoladigan bolakay haqidagi kitobdir. Hikoya kundalik lahzalar keltiradigan quvonch hamda bolaning tasavvur olamiga urgʻu beradi.
Boshlovchi: Nigora Rahimova
O‘zbek tilida kitob to‘garagi
O‘zbek tilidagi bolalar kitoblarini o‘qiymiz, kitoblardagi holatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz, o‘qiganlarimiz haqida so‘zlab berishni o‘rganamiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
6-iyun
Kitob nomi: “Tom Soyerning sarguzashtlari”. Muallif: Mark Tven
Tom va uning olami bilan tanishishni boshlaymiz: Polli xolaning uyi, maktab, ilk shoʻxliklar va uydan chiqqan har bir qadam haqiqiy sarguzashtga aylanadigan oʻsha ajoyib damlar.
13-iyun
Kitob nomi: “Tom Soyerning sarguzashtlari”. Muallif: Mark Tven
Tom oʻzining turli rejalariga doʻstlarini ham jalb qiladi va atrofidagi kattalarning sabr-toqatini sinovdan oʻtkazadi.
20-iyun
Kitob nomi: “Tom Soyerning sarguzashtlari”. Muallif: Mark Tven
Tom Soyer olami boʻylab sayohatimizni davom ettiramiz — bizni uydan qochishlar, xazina izlashlar, gulxan atrofidagi gurunglar va doʻstlar uchun yangi sinovlar kutadi.
27-iyun
Kitob nomi: “Tom Soyerning sarguzashtlari”. Muallif: Mark Tven
Qahramonlarimiz borgan sari sho‘xlik va mas’uliyat o‘rtasida tanlov qilishga majbur boʻladilar, bolalarcha xayolot esa ularning atrofidagi haqiqiy hayotga o‘z ta’sirini ko‘rsata boshlaydi.
Boshlovchi: radioboshlovchi Shahzoda Jo‘rayeva
Ingliz tilida kitob to’garagi
Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar o‘ylab topamiz, rasm chizamiz, o‘yin o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘iymiz. Nutq, tafakkur hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatni rivojlantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
7-iyun
Kitob nomi: “Ajoyib sovg‘a”. Mualliflar: Alan Durrant va Marjon Vafoyon
Bayram uchun eng yaxshi sovg‘ani izlayotgan mehribon quyoncha haqidagi hikoya! Biroq vaqt oʻtishi bilan u eng muhim sovgʻa moddiy buyum emas, balki boshqalarga ulashadigan eʼtiborimiz, gʻamxoʻrligimiz va qalbimiz nuri ekanini anglab yetadi.
21-iyun
Kitob nomi: “Franklin va Luna Oyga uchadi”. Mualliflar: Jen Kempbell va Keti Harnett
Luna ismli qizaloq va uning do‘sti — ajdarho Franklin haqidagi hikoya. Ular dunyodagi hamma narsa haqida o‘qishni jonu dilidan yaxshi ko‘radi. Kunlarning birida turli mavjudotlarning kelib chiqishi haqida oʻqiyotib, Franklin oʻylanib qoladi: xo‘sh, uning oʻzi qayerdan paydo bo‘lgan ekan?
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
Xitoy tilida kitob to‘garagi
Xitoy tilidagi kitoblarni mutolaa qilamiz, iyerogliflar bilan qiziqarli va tushunarli tarzda tanishamiz. O‘qish, dialoglar va ijodiy topshiriqlar orqali so‘z boyligimizni oshiramiz, xitoy tilida gapirish, hisoblash va yozishni o‘rganamiz, shuningdek, madaniyat va zamonaviy Chin yurti haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lamiz. To‘garak o‘zbek va rus tillarida bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
7-iyun
Kitob nomi: “Taym-aut” (“Qisqa tanaffus”).
Muallif: Vu Meitsing
Sport mavzusidagi so‘zlarni o‘rganamiz. Mashhur sport turlari va harakatlarni ko‘rib chiqamiz hamda faol turmush tarzi haqida sodda suhbatlar tuzamiz.
21-iyun
Kitob nomi: “Kelajak sari”
Muallif: Chubanshi
Xitoy tilida texnologiyalar mavzusini muhokama qilamiz. Zamonaviy soʻzlar bilan tanishib, kelajak haqida suhbatlashamiz va oʻz gʻoyalarimizni ifodalashga urinib ko‘ramiz.
Boshlovchi: Sevinch Dilshodbekova
Voqeiy hikoyalar to‘garagi
Ichki kechinmalarimiz va atrofimizdagi voqea-hodisalarni chuqurroq anglash uchun badiiy boʻlmagan (voqeiy) matnlarni oʻqiymiz, gʻoyalarni muhokama qilamiz hamda oʻz qaydlarimiz bilan boʻlishamiz. Kundalik turmush uchun asqatadigan amaliy yoʻriqlarni izlaymiz, murakkab mavzularni haddan tashqari oshirib yubormasdan yoki soddalashtirmasdan oʻrtacha meʼyorda tahlil qilamiz. To‘garak oyiga bir marta rus tilida o‘tkaziladi.
26-iyun
Kitob nomi: "Dunyo chetidagi qo‘ziqorin. Kapitalizm xarobalarida hayot kechirish imkoniyati haqida".
Muallif: Anna Lyovenxaupt Tsing
Boshlovchi: Diyora Ahmedova
MAVZULI TO‘GARAKLAR
Kuzatuvchanlik to‘garagi
Kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiramiz va tasvirlar, vizual madaniyat hamda media muhitga yanada sinchkovlik bilan qarashni o‘rganamiz. Did va tanqidiy fikrlashni shakllantirgan holda kino hamda sanʼatdan misollar keltirib, ulardagi nozik jihatlar, mazmun-mohiyatlarni muhokama qilamiz. To‘garak oyda bir marta o‘tkaziladi.
19-iyun
Boshlovchi: badiiy rahbar va uslubshunos Kamilla Ahmad
Kompyuter savodxonligi to‘garagi
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
20-iyun
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Raqamli savodxonlik to‘garagi
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
21-iyun
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Robototexnika to‘garagi
Robototexnika asoslari bilan tanishamiz hamda oddiy mexanizmlar va dasturlashtiriladigan qurilmalar yaratishni oʻrganamiz. Qoʻllab-quvvatlovchi va izlanishlarga boy muhitda namunaviy nusxalarni oʻz qoʻllarimiz bilan yigʻib, ularni amalda sinab koʻrgan holda sezgichlar, motorlar va algoritmlar qanday ishlashini tushunib olamiz. To‘garak oyiga bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
28-iyun
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Sahna nutqi to‘garagi
Ifodali va ishonch bilan o‘qishni o‘rganamiz, artikulyatsion gimnastika, nafas mashqlari va tez aytishlar bilan tanishamiz. Ohang ustida tajribalar o‘tkazamiz, turli hissiy urg‘ular bilan matnlarni o‘qiymiz va kichik nutqiy etyudlar qo‘yamiz. To‘garak oyiga bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
13-iyun
Uchrashuv mavzusi: “Auditoriya bilan ishlash: tinglovchilar qarshisida muloqot, diqqatni jalb qilish va ishonch”
Boshlovchi: radioboshlovchi Shahzoda Jo‘rayeva
O‘YINLI TO‘GARAKLAR
Stol o‘yinlari to‘garagi
Turli xil stol o‘yinlari bilan: “sayr”lar-u hamkorlik sarguzashtlaridan tortib, strategiyalargacha tanishamiz. O‘ynaymiz, muloqot quramiz va muhim ko‘nikmalarni rivojlantiramiz. To‘garaklar har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kutubxona to‘plamidan o‘yinlarni tanlab oladilar va 2-3 ta stol atrofiga taqsimlanadilar. Bitta uchrashuvda bola 2-4 ta o‘yin o‘ynashi mumkin.
6-iyun Tezkorlik va diqqatni jamlash oʻyinlari. O‘yin nomi: “Loto: fasllar”
13-iyun Taktik o‘yin. O‘yin nomi: “Sichqonlar arg‘imchog‘i”
20-iyun Tezkorlik va diqqatni jamlash oʻyinlari. O‘yin nomi: “Chubrikiar” (mitti maxluqchalar)
27-iyun Izquvarlik o‘yinlari. O‘yin nomi: “Ayyor tulki: yo‘qolgan pirog ishi”
Boshlovchi: Laziza Tursunova
O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagi
Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni mashq qilamiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshida bolalar o‘yinlarni o‘zlari tanlaydilar, so‘ngra parallel ravishda 2–3 xil stol o‘yinlari o‘tkaziladi.
7-iyun Strategik oʻyinlar. Oʻyin nomi: “Qartalar jangi: Finn Jeykka qarshi”
14-iyun Tasavvur olami va oʻxshatish oʻyinlari. Oʻyin nomi: «Xayolotlar jangi»
21-iyun O‘yin nomi: “Izquvarlar ligasi”
28-iyun Strategik o‘yinlar. O‘yin nomi: “Yulduzli saltanatlar”
Boshlovchi: Laziza Tursunova
Shaxmat to‘garagi
Asosiy qoidalarni va donalarni yurishni o‘rganamiz hamda ilk partiyalarni o‘ynaymiz. Shaxmat mantig‘ini tahlil qilamiz, strategik fikrlashni rivojlantiramiz va yurishlarni oldindan rejalashtirishni o‘rganamiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida, har hafta o‘tkaziladi.
6-iyun
13-iyun
20-iyun
27-iyun
Boshlovchi: Shahobiddin Rasulov
To‘garaklar faoliyatini boshlash
TO‘GARAK FAOLIYATINI BOSHLASH
Kutubxonadagi to‘garaklar ijara yoki bir martalik uchrashuvlar emas, ular dasturning uzviy qismidir. To‘garaklarni kutubxona xodimlari yoki taklif etilgan mehmonlar olib boradi. Biz to‘garaklarga qiziquvchanlik, hamjihatlikdagi tajriba va madaniy muloqot makoni sifatida qaraymiz.
Kutubxonada ochiqlik, kitobxon tajribasiga hurmat, dunyoga qiziqish va e’tibor qadriyatlarini baham ko‘radigan boshlovchi ixlosmandlar jamoasi shakllanadi. Biz davriy ravishda yangi boshlovchilarni taklif etamiz: agar insonda yaxshi to‘garak g‘oyasi va uni muntazam olib borish ishtiyoqi bo‘lsa, u ushbu jamoa safiga qo‘shilishi hamda jamoatchilik dasturi doirasida o‘z yo‘nalishini rivojlantirishi mumkin.
Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.