To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz o‘qiymiz, muhokama qilamiz, o‘yin o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz
Har bir uchrashuv alohida tadbir bo‘lib, ularga bir marta yoki doimiy ravishda kelishingiz mumkin. Mutolaa, stol o‘yinlari va mavzuli to‘garaklarga bag‘ishlangan kutubxona to‘garaklari muntazam o‘tkaziladi va turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. Ishtirok etish bepul — oldindan ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Har oyda biz muloqot to‘garaklariga mavzularni tanlaymiz, mutolaa uchun yangi kitoblarni kashf etamiz, o‘yin va mavzuli to‘garaklarning ssenariylarini yangilaymiz. Jadval har oyda bir marta e’lon qilinadi.
KITOB TO‘GARAKLARI
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk muhabbatni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
28-avgust
Kitob nomi: “Mening sevimli dinozavrim”. “Campbell Books” nashriyoti
Qaysi dinozavr eng katta-yu, qaysi birining ovozi eng baland bo‘lgan? Kichik kitobxonlar ota-onalari bilan birgalikda asrlar qa’riga sayohatga yo‘l oladilar hamda shu va boshqa savollarga javob topadilar.
Boshlovchi: maktabgacha ta’lim mutaxassisi, kutubxona xodimi Iroda Oripova
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk muhabbatni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
21-avgust
Kitob nomi: “Qo‘l, qo‘l, barmoqlar, bosh barmoq”. Muallif: El Perkins
Quvnoq maymunchalar bolalar va ota-onalarga kaftlar va barmoqlar yordamida qanday qilib marom hamda ko‘tarinki kayfiyat yaratish mumkinligini ko‘rsatib berishadi.
Boshlovchi: Nigora Rahimova
O‘zbek tilidagi bolalar kitoblarini o‘qiymiz, kitoblardagi holatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz, o‘qiganlarimiz haqida so‘zlab berishni o‘rganamiz. To‘garak har shanba kuni o‘tkaziladi.
29-avgust
Kitob nomi: “Piter Pen”. Muallif: Jeyms Mettyu Barri
Qahramonlar bilan birga uyga qaytamiz, eng yorqin sarguzashtlarni yodga olamiz va Netlandiyaga bo‘lgan sayohat nima bilan yakunlanishini bilib olamiz.
Boshlovchi: radioboshlovchi Shahzoda Jo‘rayeva
Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar o‘ylab topamiz, rasm chizamiz, o‘yin o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘iymiz. Nutq, tafakkur hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatni rivojlantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
30-avgust
Kitob nomi: “Ba’zan shunchaki xohlamayman”. Muallif: Timoti Knapmen
Nega ba’zan hamma bilan bahslashgingiz keladi, har qanday taklifga esa “xohlamayman” deb javob berasiz? Ushbu mehrli va qiziqarli hikoya muhabbat, sabr va o‘zaro tushunish, hatto, eng qaysar kayfiyatni ham qanday yenga olishini ko‘rsatib beradi.
Boshlovchi: Laziza Tursunova
O‘YINLI TO‘GARAKLAR
Turli xil stol o‘yinlari bilan: “sayr”lar-u hamkorlik sarguzashtlaridan tortib, strategiyalargacha tanishamiz. O‘ynaymiz, muloqot quramiz va muhim ko‘nikmalarni rivojlantiramiz. To‘garaklar har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kutubxona to‘plamidan o‘yinlarni tanlab oladilar va 2-3 ta stol atrofiga taqsimlanadilar. Bitta uchrashuvda bola 2-4 ta o‘yin o‘ynashi mumkin.
29-avgust
Xotirani mashq qildirish o‘yinlari: “Memo. Suv dunyosi”, “Graviti Folz. Xotiralar jangi”
Boshlovchi: Laziza Tursunova
Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni mashq qilamiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshida bolalar o‘yinlarni o‘zlari tanlaydilar, so‘ngra parallel ravishda 2–3 xil stol o‘yinlari o‘tiladi.
30-avgust
Karkasson o‘yinlari
Boshlovchi: Laziza Tursunova
Asosiy qoidalarni, donalarni yurishni o‘zlashtiramiz hamda ilk partiyalarni o‘ynaymiz. Shaxmat mantig‘ini tahlil qilamiz, strategik fikrlashni rivojlantiramiz va yurishlarni oldindan rejalashtirishni o‘rganamiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida, har hafta o‘tkaziladi.
29-avgust
Boshlovchi: Shahobiddin Rasulov
MAVZULI TO‘GARAKLAR
Kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiramiz va tasvirlar, vizual madaniyat hamda media muhitga yanada sinchkovlik bilan qarashni o‘rganamiz. Did va tanqidiy fikrlashni shakllantirgan holda kino hamda sanʼatdan misollar keltirib, ulardagi nozik jihatlar, mazmun-mohiyatlarni muhokama qilamiz. To‘garak oyda bir marta o‘tkaziladi.
Boshlovchi: badiiy rahbar va uslubshunos Kamilla Axmed
21-avgust
Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish yakuniga yetdi! Afsuski, barcha joylar band.
Haftalik tadbirlarga ro‘yxatdan o‘tish dushanba kunlari soat 12:00 da boshlanadi. Keyingi tadbirlar sanasi:
18-sentabr
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
23-avgust
Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish yakuniga yetdi! Afsuski, barcha joylar band.
Haftalik tadbirlarga ro‘yxatdan o‘tish dushanba kunlari soat 12:00 da boshlanadi. Keyingi tadbirlar sanasi:
20 sentabr
Robototexnika asoslari bilan tanishamiz hamda oddiy mexanizmlar va dasturlashtiriladigan qurilmalar yaratishni oʻrganamiz. Qoʻllab-quvvatlovchi va izlanishlarga boy muhitda namunaviy nusxalarni oʻz qoʻllarimiz bilan yigʻib, ularni amalda sinab koʻrgan holda sezgichlar, motorlar va algoritmlar qanday ishlashini tushunib olamiz. To‘garak oyiga bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
30-avgust
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Kutubxonadagi to‘garaklar ijara yoki bir martalik uchrashuvlar emas, ular dasturning uzviy qismidir. To‘garaklarni kutubxona xodimlari yoki taklif etilgan mehmonlar olib boradi. Biz to‘garaklarga qiziquvchanlik, hamjihatlikdagi tajriba va madaniy muloqot makoni sifatida qaraymiz.
Kutubxonada ochiqlik, kitobxon tajribasiga hurmat, dunyoga qiziqish va e’tibor qadriyatlarini baham ko‘radigan boshlovchi ixlosmandlar jamoasi shakllanadi. Biz davriy ravishda yangi boshlovchilarni taklif etamiz: agar insonda yaxshi to‘garak g‘oyasi va uni muntazam olib borish ishtiyoqi bo‘lsa, u ushbu jamoa safiga qo‘shilishi hamda jamoatchilik dasturi doirasida o‘z yo‘nalishini rivojlantirishi mumkin.
Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.