Merosni saqlash maktabi “MADANIYAT MAKONLARI”
Dastur madaniyat, meʼmorchilik, meros, shaharshunoslik, sotsiologiya, muzey va kutubxona ishi sohasi mutaxassislari, shahar muhitini oʻrganuvchi tadqiqotchilar, talabalar hamda madaniy muassasalar vakillari uchun moʻljallangan. Ishtirok etish saralash natijalariga koʻra bepul. Maktab Respublika bolalar kutubxonasida boʻlib oʻtadi. Shuningdek, shahar obyektlarini sayyor oʻrganish ishlari ham tashkil etiladi.
Narine Tyutcheva — meʼmor, “ICOMOS” eksperti, “RE:School” maktabi hamda “Rojdestvenka” meʼmorlik byurosi asoschisi. Tarixiy muhitni tadqiq qilish, asrash va rivojlantirish orqali u bilan ishlash metodologiyasi muallifi.
Bugungi kunda qaysi makonlar madaniy hayot markazlariga aylanmoqda? XX asr davomida madaniyat uylari, madaniyat saroylari va kashshoflar uylari shahar hayotining muhim qismi bo‘lgan. Bu yerda odamlar musiqa va raqs bilan shugʻullanishgan, teatr va adabiyot toʻgaraklariga qatnashgan, doʻstlar bilan uchrashgan, boʻsh vaqtlarini oʻtkazgan hamda qoʻshimcha taʼlim olishgan.
Toshkent ahlining bir necha avlodi uchun bu makonlar shunchaki hordiq chiqarish joyi emas, balki madaniy koʻnikmalar, hamjamiyatlar va professional yoʻnalishlar shakllanadigan muhitga aylandi.
Bugungi kunda shaharning madaniy qiyofasi oʻzgarmoqda. Yangi muassasalar, jamoat joylari va madaniy hayotda ishtirok etishning yangi shakllari vujudga kelmoqda. Shu bilan birga, koʻplab tarixiy obyektlar oʻz vazifasini yoʻqotdi, ular qayta qurildi yoki shahar muhitidan butunlay g‘oyib bo‘ldi.
Maktab ishtirokchilari meʼmor, tarixiy obidalarni tiklovchi mutaxassis va “RE:School” maktabi asoschisi Narine Tyutcheva bilan birgalikda “madaniyat makonlari”ni meʼmorlik, sotsiologiya, madaniyatshunoslik va shahar tadqiqotlarini birlashtirgan fanlararo yondashuv orqali tadqiq etadilar.
Dastur “RE:School” metodologiyasiga asoslangan boʻlib, u merosni alohida bir obyekt sifatida emas, balki makon, hamjamiyat, madaniyat va hudud rivojlanishi oʻrtasidagi yanada kengroq oʻzaro bogʻliqlik tizimining bir qismi sifatida koʻrib chiqadi.
Maktab davomida ishtirokchilar “RE:School” metodologiyasi bilan tanishadilar va uni amaliyotda qoʻllashga harakat qiladilar: Respublika bolalar kutubxonasi hamda Toshkentdagi boshqa madaniy muassasalarning faoliyatini rejalashtirish tajribasini o‘rganadilar, shuningdek, madaniyat markazlarini rivojlantirishning ehtimoliy ssenariylarini ishlab chiqadilar.
Maktab 19–24-iyun kunlari Respublika bolalar kutubxonasida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish bepul, so‘rovnoma to‘ldirish zarur. Guruh saralash natijalariga ko‘ra shakllantiriladi.
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.