Творческие занятия с педагогами в марте
Kuz fasli biz uchun yozgi tantana bilan xayrlashib, yaratuvchanlik, tadqiqot maromi sari kiriladigan boshlang‘ich nuqtadir.
Kuzning dastlabki dam olish kunlarida afg‘on yozuvchisi Bahrom Rahmon bilan uchrashamiz, she’rlarga kollajlar yelimlaymiz, “CIRCUIT” kuzgi mavsumi kurslarida tahsil olamiz, rassom Muhiddin Risqiyev bilan ijodkorlik tabiati haqida suhbatlashib, fotosuratchi Komila Rustambekova boshchiligida avtoportretlar chizamiz hamda shaxmat musobaqasida bellashamiz. Bularning bari yosh sozandalar musiqasi jo‘rligida o‘tadi.

G‘oyalar qanday tug‘ilishi, ularni qay tarzda qo‘llab-quvvatlash lozimligi va nima uchun ijodkorlik mashq qilish mumkin bo‘lgan ko‘nikma ekanini butun kuz davomida o‘rganib boramiz. Axir O‘zbekistonda ijodkorlik bu — sahro shamolini naqshga aylantirish mahorati, g‘oyalar esa xuddi gulxanda choy qaynagandek oson — tez, shovqinli va doimo syujetli tug‘ilgan.
Kuchimizni sinab ko‘ramiz, partiyalarni barcha qoida bo‘yicha — shaxmat soati va bellashuv jadvaliga muvofiq professoinal tarzda o‘ynaymiz. Shuningdek, xotirjamlikni saqlash, doskani yaxlit ko‘rish va raqibni hurmat qilishni o‘rganamiz. Shaxmat odobi asoslarini, ya’ni, o‘yin oldidan qanday salomlashish, partiyani qay tarzda to‘g‘ri yakunlash, durang nima ekani va umidsiz partiyani davom ettirgandan ko‘ra, qachon taslim bo‘lish ma’qulligini ko‘rib chiqamiz.

Ishtirok etish uchun asosiy qoidalardan xabardor bo‘lish, donalar qanday yurishini bilish va oddiy partiyani o‘ynay olish zarur. Musobaqa o‘yinni endi o‘rganayotgan va o‘zlashtirishda davom etayotganlarga mo‘ljallangan.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 7–12
6-sentabr
Majlislar zali
11:00–14:00
KUZGI SHAXMAT MUSOBAQASI (7–12)
Qo‘shaloq kamalakni, maxfiy xabarlarni yoki qizil tusdagi xurmo novdasini ko‘rish mumkin bo‘lgan ko‘zoynak? Nega bo‘lmasin!
Sim, qattiq qog‘oz, iplar, namatsimon mato, folga, tasmalarni olib, ajoyib bezaklar – ko‘zoynaklar, niqoblar, tojlar, qadama yenglar, yoqalar va xayolimizga kelgan barcha narsalarni yasaymiz! Birgalikda kutilmagan uyg‘unliklarni izlaymiz, dunyoga o‘zgacha nigoh bilan qaraymiz va bu jarayondan zavqlanamiz.

Tavsiya etiladigan yosh: 0+. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar faqat ota yo onasi hamrohligida ishtirok etishi mumkin.
6-sentabr
Kutubxona hovlisi
12:00–14:00
ERKIN IJOD USTAXONASI (0+)
Kutubxonaning ko‘ngillilar dasturi muhofizi kuzgi qabul dasturini ochadi. Uchrashuv ishtirokchilari kuz fasliga nimalar rejalashtirilganini bilib olishadi: bular ma’rifiy tashabbuslar-u, ijodiy ustaxonalar, bayram dasturlariyu, ko‘rgazmalarni o‘z ichiga olgan. Ko‘ngillilik va hamjamiyatimiz safiga qay tarzda qo‘shilish, bu jarayonda qaysi ko‘nikmalarni egallash hamda qanday qilib kutubxona xodimi bo‘lish mumkinligi haqida suhbatlashamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 16+
6-sentabr
Majlislar zali
14:30–15:30
KUZGI MAVSUM KO‘NGILLILARI TANLOVINING TAQDIMOTI (16+)
“Circuit” laboratoriyasi muhofizi Aksiniya Leontyeva ishtirokida raqamli she’riyat yo‘nalishi bilan tanishamiz va kesma she’rlar usuli: so‘zlarni bo‘lish, ulardan kollajlar yasash, urg‘ularni o‘zgartirish hamda ma’nolarning harakatchanligini o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lamiz. Har bir ishtirokchi tasodifiy matn tasvir uchun asos bo‘ladigan vizual-og‘zaki kollaj yaratadi. Ustaxona barcha yoshdagi ijodkorlar uchun qiziqarli bo‘ladi.
Ustaxona “Circuit” kreativ va raqamli kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkaziladi.

Muloqot tili: rus tili
Tavsiya etiladigan yosh: 9+
6-sentabr
Ish markazi zali
15:00–16:30
RAQAMLI SHE’RIYAT USTAXONASI (9+)
Bolalar kitoblari o‘zingiz va boshqalarni yaxshiroq tushunishga, ichki xotirjamlikni saqlashga va qiyin vaziyatlarda umidni so‘ndirmaslikka qanday yordam beradi? Adib Bahrom Rahmon kutubxonaning yosh kitobxonlari bilan uchrashib, muhim mavzular — adolatsizlik, ijtimoiy beqarorlik, xavfsizlik hissi va tinchlikka bo‘lgan ishonchni qanday saqlab qolish haqida suhbatlashadi. Biz kitoblar ota-ona va o‘qituvchilarga murakkab mavzularda suhbatlashish, bolaning hissiy savodxonligini kengaytirish va boshqalarni tushunish xislatini shakllantirishga qanday yordam berishini birgalikda ko‘rib chiqamiz.

Bahromning “The Library Bus” (“Avtobus-kutubxona”) kitobi qizlarni o‘qitish taqiqlangan davrda yashirin maktabda ta’lim olgan singlisining taqdiridan ilhomlangan.

Muloqot tili: ingliz tili, o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etiladigan yosh: 9+
6-sentabr
Majlislar zali
16:00–17:00
YOZUVCHI BAHROM RAHMON BILAN ADABIYOT BO‘YICHA OCHIQ DARS (9+)
“Dengiz mavjlangan on” o‘yinida jonli haykallarga aylanamiz, “Baliqchilar va baliqlar”da hozirjavoblikni mashq qilamiz va eng sevimli o‘yinimiz “Laylak keldi”da laylak bilan uchrashamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 5+
6-sentabr
Kutubxona hovlisi
17:00–18:00
JO‘SHQIN O‘YINLAR (5+)
Kutubxonaning musiqa sinfida mashq qilinadi, sahna chiqishlarga tayyorgarlik ko‘riladi, maromni his etish va notalarni o‘qish o‘rganiladi. O‘tgan yili konsertlar an’anasini yo‘lga qo‘ygan edik, endilikda musiqa maktablari o‘quvchilari har mavsumda sahnaga chiqishmoqda.

Konsert dasturidan ishtirokchilarning sevimli asarlari: mumtoz va estrada kompozitsiyalari, fortepiano, saksofon, gitara va vokal uchun qadrdon filmlardan olingan kuylar o‘rin olgan. Konsertni kutubxonaning musiqa sinfi o‘qituvchilari Zuhra Abdullayeva va Ma’rifatxon Abdurahmonova olib boradi.
7-sentabr
Majlislar zali
12:00–13:00
MUSIQA SINFINING HISOBOT KONSERTI
Raqamli va ijodiy kasblar laboratoriyasi muhofizi Aksiniya Leontyeva bilan birgalikda laboratoriyaning birinchi davrasi qanday o‘tganini bilib olamiz, ishtirokchilarning loyihalarini ko‘rib chiqamiz va yozgi ta’lim natijalaridan ilhomlanamiz!
“CIRCUIT” kurslari ikkinchi davrasining yo‘nalishlari va o‘qituvchilari: robotlarni yig‘ish va dasturlashdan tortib “Canva”da vizual she’riyat yaratishgacha tanishib chiqamiz. O‘quv jarayoni qanday tashkil etilgani, 10, 12 yoki 15 yoshli bolalarga qaysi shakllar mos kelishi va bolaga ta’lim strategiyasini tuzishda qanday yordam berish haqida suhbatlashamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
7-sentabr
Ish markazi zali
13:00–14:00
“CIRCUIT” LABORATORIYASINING KUZGI KURSLARI TAQDIMOTI
Mobil nima va nega uni harakatdagi me’morlik deb atashadi? Muvozanat va og‘irlik markazi qanday tuzilgan? Nima uchun qurilma, hatto, uning qismlari shamolda aylansa ham mustahkamligicha qoladi?

“Ludi_architects”ning yetakchi me’morlari Valeriya Rudneva va Darya Pyatnitskiy bilan birgalikda karton, sim va iplardan mobil – havo harakatida fazoda shaklini o‘zgartiradigan kichik kinetik kompozitsiyalarni yasaymiz. Ularning tuzilish asoslarini ko‘rib chiqamiz, osma nuqtalarini tanlaymiz va muvozanatni shunday sozlaymizki, mobil qurilma ravon va chiroyli harakatlansin.

ludi_architects — shaharlar qiyofasi, muzeylar va interyerlar bilan ishlovchi arxitektura byurosi. Aynan ularning jamoasi kutubxonamizni qayta ta’mirlagan.

Muloqot tili: rus tili
Tavsiya etiladigan yosh: 7–10
7-sentabr
Kichik transformer zali
14:00–15:30
ME’MORCHILIK USTAXONASI (7–10)
Biz haqimizda ko‘proq nima so‘zlaydi – obyektivga o‘qtalgan nigohmi yoki suratdagi flomaster chizig‘i? Hujjatchi suratkash Komila Rustambekova bilan birgalikda lahzali va raqamli tasvirga olish vositalari bilan tanishib, o‘zimizni turli burchaklardan: vizual va hissiy jihatdan suratga olishga harakat qilamiz. Keyin rasmni aralash uslubda qo‘lda qayta ishlaymiz: rasm chizamiz, kesib olamiz, matnlar, fakturalar va ranglar qo‘shamiz. O‘zingiz haqingizda so‘zsiz – timsol, kompozitsiya va tafsilot orqali qanday hikoya qilish mumkinligi haqida suhbatlashamiz.

Komila Rustambekova – Toshkent va Amsterdam shaharlarida ijod qiluvchi fotograf va rejissyor. Hozirda u Niderlandiyadagi Kino akademiyasida rejissyorlik bo‘yicha magistraturada tahsil olmoqda.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 9–12
7-sentabr
Ish markazi zali
15:00–17:00
FOTOSURATCHI KOMILA RUSTAMBEKOVA BILAN AVTOPORTRET USTAXONASI (9–12)
“The Library Bus” (“Avtobus-kutubxona ”) kitobi haqida bevosita uning muallifi bilan birgalikda tanishamiz. Bahrom Rahmon – Qobulda o‘sib ulg‘aygan kanadalik adib. Uning bolalar uchun yozgan kitoblari ta’lim, tenglik va inson huquqlari mavzusiga bag‘ishlangan. “The Library Bus” kitobi ayollar ta’limi taqiqlangan davrda yashirin maktabda o‘qigan singlisining bolaligidan ilhomlangan. Kitob qahramoni onasi bilan birga ko‘chma kutubxona orqali qishloqlar va qochqinlar boshpanalariga sayohat qiladi. Bu – bilimning nozik, ammo qat’iy kuchi, ayollar birdamligi va kitoblar hayotni qanday o‘zgartira olishi haqida ta’sirli hikoya.

Muloqot tili: ingliz tili, rus tiliga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etiladigan yosh: 6+
7-sentabr
Majlislar zali
16:00–17:00
YOZUVCHI BAHROM RAHMON BILAN INGLIZZABON KITOBLAR TO‘GARAGI (6+)
Yosh dirijyor, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri Simfonik orkestri artisti Aziz Zokirov rahbarligidagi yosh san’atkorlar ijrosida ramzlar va syujetlar jonlangan asarlarni tinglaymiz. Dasturda Aram Xachaturyanning “Gayane” baletidan parchalar, Leonard Bernstaynning “Vestayd tarixi” myuzikli va “Kandid” operettasi hamda boshqalar ijro etiladi.
7-sentabr
Amfiteatr
18:00–19:00
YOSH SOZANDALARNING MUMTOZ MUSIQA KONSERTI
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.
Собрание детского книжного клуба. Читаем и обсуждаем книгу Елены Ульевой «Идем к стоматологу» вместе с Шахзодой Джураевой, радиоведущей и сотрудницей нашей библиотеки. Познакомимся с познавательной историей о пугливом зайчонке и смастерим тематическую поделку.

У зайчонка заболели зубы, но он боится идти к врачу. Вдруг доктор все только испортит и малыш не сможет грызть морковку? Вместе с героем отправимся в кабинет стоматолога и разберемся, почему врачей не стоит пугаться, для чего нужны разные инструменты и почему так важно ухаживать за зубами.

Язык проведения: узбекский и русский
Возраст: 5+
13:00–14:00
МАЛЫЙ ЗАЛ-ТРАНСФОРМЕР