Kitob paydo bo‘lishi nimadan boshlanadi? Nimani bosh g‘oya, nimani shakllangan g‘oya, nimani esa tayyor harakat rejasi deb hisoblash mumkin? Muallif g‘oyasini kitob ssenariysiga, so‘ng tahririyat yig‘majildi birligi va bosma adadga kim aylantiradi?
Grafik rassom, illyustrator va muharrir Kasya Denisevich nashriyot jarayonining asosiy bosqichlari: yo‘nalish tizimini ishlab chiqish, mualliflar va rassomlar bilan ishlash, maket tayyorlash, tahrirlash va sahifalash, shuningdek, bosmaxona bilan o‘zaro hamkorlik haqida hikoya qilib beradi.
Uchrashuv mualliflar, muharrirlar, illyustratorlar, dizaynerlar, tegishli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar va o‘z nashriyot loyihasi haqida o‘ylayotgan barcha uchun qiziqarli bo‘ladi.
Muloqoqt tili: rus tili
Tavsiya etiladigan yosh: 16+