Творческие занятия с педагогами в марте
Kutubxonaning yangi yil kitob festivali yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, audiokitob o‘quvchilari va, albatta, kitobxonlarni — haqiqiy kitob hamjamiyatini yaratuvchi va qo‘llab-quvvatlovchi barchani birlashtiradi. Adiblar bilan tanishamiz, qishki ertaklarni mutolaa qilamiz, archa bezaklari va dizaynerlik tabriknomalarini yasaymiz, musiqa tinglaymiz hamda balet raqqosalarining harakatlarini kuzatamiz.
19-dekabr
She’rlar yozamiz, yangi nomlarni kashf etamiz va sovg‘alar tanlaymiz
Kitob kashfiyotlari
“Topar” va “Мамина сказка” (“Onamning ertagi”) kitob do‘konlari noyob topilmalar, she’riyat, ilmiy-ommabop, san’atga oid kitoblar, shuningdek, turli tillardagi bolalar nashrlarini taqdim etadi. Xarid qilingan kitoblarni qadoqlash ustaxonasida bejirim qog‘ozga o‘rab, tilaklar bildirilgan noma qo‘shish mumkin bo‘ladi.
19-dekabr
Ish markazi zali
10:00–21:00
Yangi yil kitob yarmarkasi
Ingliz tilidagi qishki rasmli kitoblarni o‘qiymiz, hikoyalarni muhokama qilamiz, rasmlarni ko‘rib chiqib, o‘yin shaklida mutolaa va tilga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otamiz.

Muloqot tili: ingliz tili
19-dekabr
Kichik transformer zali
11:00–11:30
Eng jajji mushtariylar uchun inglizcha kitoblar to‘garagi (0–5)
Ushbu uchrashuv texnologiyalarga ishonch hamda ularning begona emasligi, qulay va foydali bo‘lishi mumkinligi haqidadir. Zarur ma’lumotlarni qidirish, muhimlarini saqlash, onlayn xizmatlardan foydalanish, eng asosiysi, elektron manzil va xabarnomalar yordamida oila, do‘stlar bilan doimo muloqotda bo‘lish, ularga xatlar, yangiliklar hamda yangi yil tilaklarini yuborish, qulay rasmlarni tanlash va yozishmalarni jonli qiladigan so‘zlarni topish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.
Tadbir “Circuit” raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
19-dekabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
Katta yoshdagi foydalanuvchilar uchun kompyuter savodxonligi bo‘yicha mahorat darsi (50+)
She’riyatda o‘z ovozingizni topish, boshqa shoirlarni o‘qib, o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaslik va matnlaringizni yarim nigohdan qanday qilib tanib olish mumkin? Timsollar qayerdan kelib chiqishi, ohang qanday ishlashi hamda asta-sekin o‘z poetik tili shakllanishini shoir va nasrchi Yevgeniy Abdullayev (Suhbat Aflotuniy) bilan tahlil qilamiz.

Muloqot tili: rus tili, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan
19-dekabr
Majlislar zali
18:00–19:00
Yo‘qlikdan yaralgan she’r. Yevgeniy Abdullayev ma’ruzasi
20-dekabr
Kitoblar haqida muloqot qurib, dunyoqarashimizni kengaytiramiz
Kitob hamjamiyati
“Topar” va “Мамина сказка” (“Onamning ertagi”) kitob do‘konlari noyob topilmalar, she’riyat, ilmiy-ommabop, san’atga oid kitoblar, shuningdek, turli tillardagi bolalar nashrlarini taqdim etadi. Xarid qilingan kitoblarni qadoqlash ustaxonasida bejirim qog‘ozga o‘rab, tilaklar bildirilgan noma qo‘shish mumkin bo‘ladi.
20-dekabr
Ish markazi zali
10:00–21:00
Yangi yil kitob yarmarkasi
Chiziqlar va qorishmalarni tayyorlaymiz, munchoqlarni tizamiz va elementlarni qirqib chiqamiz, bo‘lajak bezaklarning qismlarini birlashtirib, kutubxonaning katta o‘quv zalida archamizni birgalikda bezatamiz.
20-dekabr
Ish markazi zali
12:00–13:00
Oilaviy archa bezaklari ustaxonasi (5+)
Mariya Levitskaya balet studiyasining yosh balet raqqosalari ertaklar va adabiy hikoyalardan ilhomlangan mumtoz baletlardan parchalar ijro etishadi. Dasturdan “Qarsildoq” baletidan yakkaxon ijrolar va yana boshqa mashhur sahnalar joy olgan.
20-dekabr
Majlislar zali
12:00–13:00
Bayram konserti
Kitoblarni ifodali o‘qiymiz va mikrofon qarshisida sevimli parchani ishonch bilan o‘qish uchun ovoz yozish studiyamizni qanday band qilishni bilib olamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
20-dekabr
Kichik transformer zali
13:00–14:00
Sahna nutqi to‘garagi (6–10)
Bolalar fantast adibi Qobiljon Shermatov ishtirokida O‘zbekistonning zamonaviy bolalar adabiyoti nima bilan yashayotgani, muallif qanday ishlashi va bugungi kunda bolalarni o‘ylantirayotgan mavzular haqida suhbatlashamiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili
20-dekabr
Majlislar zali
13:30–14:30
Bolalar yozuvchisi Qobiljon Shermatov bilan adabiyot darsi (5+)
Kitobxonlik to‘garaklari faqatgina kitoblar haqida emas. Bu yig‘ilib, bahslashib, fikr almashib, yangi g‘oyalarni ilgari surib, o‘zlarining ma’no-mazmun dunyosini yaratadigan insonlar haqidadir. Kitob to‘garaklari va mutolaa guruhlari qanday tashkil etilgani, ular shaharga nima uchun zarur ekanligi va nima uchun ayni paytda kitobxonlik atrofida yana harakat vujudga kelayotgani haqida so‘z yuritamiz.

Muloqotda ishtirok etuvchilar:
Sevara Hamdamova — “Mutolaadan so‘ng muhokama” to‘garagining boshlovchisi

Mavluda Karimova — tiflopedagog

Zarnigor Hayotova — filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, o‘qituvchi

Zulfiya Rashidova — o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Dina Mamutova — "Topar" do‘konining kitob to‘garagi boshlovchisi

Uchrashuvni Respublika bolalar kutubxonasi prodyuseri va kitob to‘garaklari muhofizi Iroda Oripova olib boradi

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari, sinxron tarjima bilan
20-dekabr
Majlislar zali
15:00–16:00
“Kitobxonlar qayerda uchrashadi?” davra suhbati
“Xayolparastlik” — so‘zlar, rasmlar va tana harakatlari hamda imo-ishoralar yordamida tushunchalarni izohlash o‘yinidir. Tasavvur va tasvirlar orqali bolalar bir so‘zdan qanday qilib kichik hikoya paydo bo‘lishi mumkinligini payqashni o‘rganadilar, hikoya qilish hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
20-dekabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
STOL O‘YINLARI (6–10)
Kitob illyustratori, o‘yinchoqlar dizayneri va animatsion rassom Filipp Jordano bilan birgalikda “Sovqotgan pingvin” kitobi asosida qog‘ozda badiiy olamlar yaratamiz.
Pingvinlar va xayoliy mavjudotlarni kollaj uslubida yasab, ularni jamoaviy pannoga birlashtiramiz.

Muloqot tili: ingliz va italyan tillari, o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima bilan
20-dekabr
Majlislar zali
16:30–17:30
Vizual hikoya ustaxonasi (6+)
Tarjima uchun kitoblar qanday tanlanishi, bugungi kunda mutolaa madaniyatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yirik nashriyotlar, shaxsiy tashabbuslar va yosh yozuvchilarning sohaga ko‘rsatayotgan ta’siri haqida suhbatlashamiz.

Muloqotda ishtirok etuvchilar:
“Asaxiy Books” — tarjima adabiyotlar va dunyo bo‘ylab xaridorgir nashrlarni taqdim etuvchi nashriyot va kitob xizmati jamoasi.

O‘zbek tilidagi adabiyotlarni tarjima qilish va chop etish tashabbuslarini ilgari surayotgan “1000Kitob” loyihasi jamoasi

Mirali G‘iyosov — "Kitob Plus" onlayn audiokitoblar kutubxonasi loyihasi muallifi

Qobiljon Shermatov — bolalar yozuvchisi

Uchrashuvni Respublika bolalar kutubxonasi muhofizi Ivan Sorokin olib boradi.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari, sinxron tarjima bilan
20-dekabr
Majlislar zali
18:00–19:00
“Kitoblar qanday yaratiladi?” davra suhbati
21-dekabr
Tabriknomalar va o‘yinchoqlar yasaymiz, musiqa tinglaymiz va yaltiroqlarni sochamiz
Bayram tadorigi
Chiziqlar va qorishmalarni tayyorlaymiz, munchoqlarni tizamiz va elementlarni qirqib chiqamiz, bo‘lajak bezaklarning qismlarini birlashtirib, kutubxonaning katta o‘quv zalida archamizni birgalikda bezatamiz.
21-dekabr
Зал-коворкинг
12:00–13:00
Oilaviy archa bezaklari ustaxonasi (5+)
Ertaknavis Marina Galiaxmetova interfaol shaklda kichik kitobxonlarni erib ketishni bilmagan jasur, ammo biroz sarosimaga tushib qolgan qor parchasining hikoyasi bilan tanishtiradi.

Muloqot tili: rus tili
21-dekabr
Majlislar zali
12:00–13:00
Teatrlashtirilgan mutolaa (4+)
“Ribambelle” jamoasining teatrlashtirilgan tomoshasi. Yosh kitobxonlar ertakning bosh qahramonlari — Qarsildoq, Mari, Frits va Sichqonlar qiroli bilan uchrashadilar. Bolalar balga boradilar, ta’zim qilish va mumtoz raqslarni o‘rganadilar hamda yangi yil savol-javob o‘yinida bellashadilar.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
21-dekabr
Majlislar zali
13:30–14:30
“Qarsildoq” (4+)
Qish shu’lasi va ertak qahramonlari qiyofalaridan ilhomlanamiz. Bolalar xavfsiz pardoz vositalari, yaltiroqlar, andazalar va yopishtirmalar bilan ishlab, qor uchqunlari, chiroqlar nuriga o‘xshash yengil bayramona tasvirlarni yaratamiz. Ustaxona to‘rt soat davom etadi va barcha uchun ochiq, ishtirokchilarni navbat bilan taklif etamiz.

Ro‘yxatdan o‘tilmaydi
21-dekabr
Katta o‘quv zali
12:00–16:00
Bayramona pardoz ustaxonasi (5+)
Britaniyalik adib Shon Teylorning “Qor ayig‘i” qishki ertagini mutolaa qilamiz hamda hikoya qahramonlariga uyga qaytishda yordam beradigan jasorat, ishonch va kichik mo‘jiza haqida mulohaza yuritamiz.

Muloqot tili: ingliz tili
21-dekabr
Kichik transformer zali
13:00–14:00
Inglizcha kitoblar to‘garagi (6–10)
Dizayner va “J.Kim” savdo belgisi asoschisi Jenya Kim ishtirokida tabriknomalar yaratamiz. Mualliflik andazalari, antiqa matolar bilan ishlaymiz, chiziqlar va mayin sirtlarni samimiy nomalarga uyg‘unlashtiramiz.
21-dekabr
Ish markazi zali
14:00–15:00
Jenya Kim bilan oilaviy tabriknomalar tayyorlash ustaxonasi (5+)
Shaxmat nazariyasini tahlil qilib, strategik fikrlashni rivojlantiramiz va musobaqalarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
21-dekabr
Kichik transformer zali
14:00–15:00
SHAXMAT TO‘GARAGI (6–10)
Muallif, turk adibasi Sara Shahinkanat ishtirokida “Jajji sakkizoyoq bo‘lish juda qiyin!” nomli ulg‘ayish va oilaviy iliqlik haqidagi qishki ertak bilan tanishamiz. Sara qahramonlarning his-tuyg‘ulari va ichki dunyosiga e’tibor qaratadigan bolalar uchun atalgan samimiy hikoyalari bilan mashhur.

Muloqot tili: ingliz va turk tillari, o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima bilan
21-dekabr
Majlislar zali
15:00–16:00
Adiba Sara Shahinkanat bilan kitob to‘garagi (5+)
“Diksit” — tasviriy bog‘lanishlarga asoslangan o‘yin. Ishtirokchilar navbat bilan hikoyachi bo‘ladilar: ular biror rasmni tanlaydi va unga mos bir o‘xshatish o‘ylab topadilar. Qolgan o‘yinchilar esa shunga mos varaqalarni tanlab, asl rasmni topishga harakat qiladilar. Bu usul obrazli fikrlash va xayoliy tasavvurni rivojlantiradi.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
21-dekabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
O‘SMIRLAR UCHUN STOL O‘YINLARI (11+)
Musiqa boshqaruvchisi Diana Temirgaliyeva (“IANIIIRON”) bilan birgalikda didjeying asoslari bilan tanishamiz va musiqiy aralashma qanday hosil bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Tovush qismlarini birlashtirib, taronalar orasidagi o‘tishlarni sinab ko‘ramiz hamda o‘zimizning kichik yangi yil musiqiy parchasini yaratamiz.
21-dekabr
Ish markazi zali
16:00–17:30
“Sublimation” bilan elektron musiqa mahorat darsi (7+)
O‘zbekistonning turli shaharlaridan tashrif buyurgan yosh sozanda va vokalchilar “Sublimation” jamoasi bilan birga elektron musiqa milliy ohanglar bilan uyg‘unlashadigan dasturni taqdim etadi.
21-dekabr
Majlislar zali
18:00–19:00
Bayram konserti
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.
Собрание детского книжного клуба. Читаем и обсуждаем книгу Елены Ульевой «Идем к стоматологу» вместе с Шахзодой Джураевой, радиоведущей и сотрудницей нашей библиотеки. Познакомимся с познавательной историей о пугливом зайчонке и смастерим тематическую поделку.

У зайчонка заболели зубы, но он боится идти к врачу. Вдруг доктор все только испортит и малыш не сможет грызть морковку? Вместе с героем отправимся в кабинет стоматолога и разберемся, почему врачей не стоит пугаться, для чего нужны разные инструменты и почему так важно ухаживать за зубами.

Язык проведения: узбекский и русский
Возраст: 5+
13:00–14:00
МАЛЫЙ ЗАЛ-ТРАНСФОРМЕР