Творческие занятия с педагогами в марте
So‘zsiz – chizgilar, dog‘lar, mayin chiziqlar yordamida nimani hikoya qilish mumkin? Jajji kichkintoylar va ularning ota-onalarini qat’iy hoshiya va namunalarsiz chiziqlar, shakllar hamda ranglarni o‘rganishga taklif etamiz. Chizamiz, o‘ylab topamiz va xayol surib, o‘zimizda rassomlar rolini sinab ko‘ramiz.
Bizga kerak bo‘ladigan barchasini hozirlab qo‘yamiz, ammo bordiyu sizning sevimli bo‘yoqlar yoki flomasterlaringiz bo‘lsa, o‘zingiz bilan olib keling.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 0–5, ota yoki onaning ishtiroki shart
1-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–11:30
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN ERKIN IJOD USTAXONASI (0–5)
Radioboshlovchi va kutubxonamiz xodimi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birga o‘zbek tilidagi kitoblarni mutolaa qilamiz, ibratli voqealar haqida suhbatlashamiz hamda adabiyotga mehr-muhabbat uyg‘otamiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
1-noyabr
Kichik transformer zali
13:00–14:00
BOLALAR KITOB TO‘GARAGI (6–10)
Qadam tashlash, sakrash va muayyan sinovlardan o‘tish kerak bo‘lgan quvnoq “sayr-u sayohat”lardan tortib, o‘ylash, tavakkal qilish-u g‘alaba qozonish muhim sanalgan kooperativ sarguzashtlar hamda strategiyalarni o‘z ichiga olgan turli xil stol o‘yinlari bilan tanishamiz. Kutubxonada qanday o‘yinlar borligini bilib, yangilarini topamiz. O‘ynaymiz, muloqot qilamiz va foydali ko‘nikmalarni rivojlantiramiz: kelishib olishni, jumboqlarni yechishni, ijodiy fikrlashni hamda jamoada ishlashni o‘rganamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
1-noyabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
STOL O‘YINLARI (6–10)
O‘zbekiston Markaziy banki yetakchi mutaxassislari ishtirokida moliyani oqilona boshqarish va bank xizmatlaridan foydalanishni o‘rganamiz. Moliyaviy rejalashtirish asoslari va xavfsizligi bilan tanishib, firibgarlarning hiyla-nayranglarini aniqlashni o‘rganamiz hamda o‘yinlar va viktorinalar yordamida yangi bilimlarni mustahkamlaymiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 12+
1-noyabr
Kichik transformer zali
17:00–18:00
O‘SMIRLAR UCHUN MOLIYAVIY SAVODXONLIK (12+)
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, WUT o‘qituvchisi Zarnigor Hayotova bilan birgalikda qiziqarli kitoblar mutolaa qilamiz, o‘z hikoyalarimizni o‘ylab topib, rasm chizamiz, o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘ib, nutq, tafakkur hamda mutolaaga bo‘lgan mehr-muhabbatni rivojlantiramiz.

Muloqot tili: ingliz tili
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
2-noyabr
Kichik transformer zali
13:00–14:00
INGLIZZABON KITOBLAR TO‘GARAGI (6–10)
Illyustrator Mohina Raimova bilan birga rasm g‘oyasi tug‘ilishi, illyustratsiyaning qanaqangi uslublari va yo‘nalishlari borligi, shuningdek, shaxsiy vizual tafakkurni qanday rivojlantirish mumkinligi haqida suhbatlashamiz. Bu sohada ishlash uchun zarur bo‘ladigan ko‘nikmalar va ijodni qanday qilib kasbga aylantirish haqida muloqot quramiz. Ishtirokchilar illyustrator nima bilan shug‘ullanishi va bu sohada ishlash uchun qanday malakalar kerakligini bilib oladilar.

Qisqa suhbatdan so‘ng, Mohina kichik amaliy mahorat darsi o‘tkazadi, unda bolalar mini-illyustratsiya yaratadilar.

Tadbir “Circuit” raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Muloqot tili: rus tili
Tavsiya etiladigan yosh: 12+
2-noyabr
Ish markazi zali
14:00–15:00
Kasb bilan tanishuv. Illyustrator (12+)
O‘rta asr shaharlari binokorligi va sayyoralararo janglardan tortib, izquvar tekshiruvlar va keskin uslublarni o‘z ichiga olgan qiziqarli stol o‘yinlari olamini tadqiq etamiz. Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqib, do‘stona muhitda strategik fikrlashni mashq qilamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 11+
2-noyabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
O‘SMIRLAR UCHUN STOL O‘YINLARI (11+)
Kuzgi ta’til paytida kutubxonada “Art&Science” (“San’at va Fan”) haftaligi o‘tkaziladi, unda san’at bilan ilm-fan kesishadi, kutubxona esa g‘oyalar laboratoriyasiga aylanadi. Biz san’at va ilm haqidagi kitoblarni mutolaa qilamiz, “Ranglar laboratoriyasi”da tajriba-sinovlar o‘tkazamiz, psixolingvistikaning ajoyib sohasi bilan tanishamiz, sun’iy idrok yordamida o‘z raqamli kollajlarimiz va veb-saytlarimizni yaratamiz hamda neyrosan’atni o‘rganishni boshlaymiz.
Kutubxonada kuzgi ta’til bu — kashfiyotlar va tajriba-sinovlar haftasi bo‘lib, unda har bir ishtirokchi o‘zini tadqiqotchi hamda ixtirochi sifatida sinab ko‘rishi mumkin.
KUTUBXONADA KUZGI TA’TIL
San’at va fan sohalarining tutashuvi haqida kitoblar o‘qiymiz, ularning o‘zaro bog‘liq jihatlarini muhokama qilamiz, shaxsiy hikoyalaramizni o‘ylab topib, o‘zbek tilida yangi so‘zlar va birikmalarni kashf etamiz hamda kitob mutolaasiga yangicha nazar bilan qarashni o‘rganamiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Tavsiya etiladigan yosh: 6+
3-noyabr
Kichik transformer zali
14:00–15:00
BOLALAR KITOB TO‘GARAGI (6+)
Ranglar qanday paydo bo‘lishini bilasizmi? Sizni o‘z rang laboratoriyangizni yaratishga taklif etamiz. Birlamchi va ikkilamchi ranglar bilan tanishamiz, bo‘yoqlarni aralashtirib, yangi tuslar olamiz hamda turli ashyolar bilan tajriba-sinovlar o‘tkazamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 6+
3-noyabr
Kichik transformer zali
15:00–16:00
RANGSHUNOSLIK USTAXONASI (6+)
Qadam tashlash, sakrash va muayyan sinovlardan o‘tish kerak bo‘lgan quvnoq “sayr-u sayohat”lardan tortib, o‘ylash, tavakkal qilish-u g‘alaba qozonish muhim sanalgan kooperativ sarguzashtlar hamda strategiyalarni o‘z ichiga olgan turli xil stol o‘yinlari bilan tanishamiz. Kutubxonada qanday o‘yinlar borligini bilib, yangilarini topamiz. O‘ynaymiz, muloqot qilamiz va foydali ko‘nikmalarni rivojlantiramiz: kelishib olishni, jumboqlarni yechishni, ijodiy fikrlashni hamda jamoada ishlashni o‘rganamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
4-noyabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
STOL O‘YINLARI (6–10)
San’at, fan va texnologiyalar bilan bog‘liq mavzularni muhokama qilamiz, mini-debatlar va suhbatlarda ishtirok etamiz, san’at va fan sohalarining kundalik hayotimizda qanday kesishishini muhokama qilib, fikr va g‘oyalarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Tilni kamida A2 darajada bilish tavsiya etiladi.

Muloqot tili: ingliz tili
Tavsiya etiladigan yosh: 11–14
4-noyabr
Kichik transformer zali
17:00–18:00
INGLIZ TILIDA MULOQOT TO‘GARAGI (11–14)
San’at va fan sohalarining tutashuvi haqida kitoblar o‘qiymiz, ularning o‘zaro bog‘liq jihatlarini muhokama qilamiz, shaxsiy hikoyalaramizni o‘ylab topib, o‘zbek tilida yangi so‘zlar va birikmalarni kashf etamiz hamda kitob mutolaasiga yangicha nazar bilan qarashni o‘rganamiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Tavsiya etiladigan yosh: 6+
5-noyabr
Kichik transformer zali
14:00–15:00
BOLALAR KITOB TO‘GARAGI (6+)
So‘zsiz – chizgilar, dog‘lar, mayin chiziqlar yordamida nimani hikoya qilish mumkin? Jajji kichkintoylar va ularning ota-onalarini qat’iy hoshiya va namunalarsiz chiziqlar, shakllar hamda ranglarni o‘rganishga taklif etamiz. Chizamiz, o‘ylab topamiz va xayol surib, o‘zimizda rassomlar rolini sinab ko‘ramiz.
Bizga kerak bo‘ladigan barchasini hozirlab qo‘yamiz, ammo bordiyu sizning sevimli bo‘yoqlar yoki flomasterlaringiz bo‘lsa, o‘zingiz bilan olib keling.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 0–5, ota yoki onaning ishtiroki shart
6-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–11:30
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN ERKIN IJOD USTAXONASI (0–5)
Qadam tashlash, sakrash va muayyan sinovlardan o‘tish kerak bo‘lgan quvnoq “sayr-u sayohat”lardan tortib, o‘ylash, tavakkal qilish-u g‘alaba qozonish muhim sanalgan kooperativ sarguzashtlar hamda strategiyalarni o‘z ichiga olgan turli xil stol o‘yinlari bilan tanishamiz. Kutubxonada qanday o‘yinlar borligini bilib, yangilarini topamiz. O‘ynaymiz, muloqot qilamiz va foydali ko‘nikmalarni rivojlantiramiz: kelishib olishni, jumboqlarni yechishni, ijodiy fikrlashni hamda jamoada ishlashni o‘rganamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
6-noyabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
STOL O‘YINLARI (6–10)
San’at, fan va texnologiyalar bilan bog‘liq mavzularni muhokama qilamiz, kichik munozara va muhokamalarda ishtirok etamiz, ijod hamda ilm-fan sohalarining kundalik hayotimizda qanday kesishishi borasidagi g‘oyalar-u fikrlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Tilni kamida A2 darajada bilish tavsiya etiladi.

Muloqot tili: ingliz tili
Tavsiya etiladigan yosh: 11–14
6-noyabr
Kichik transformer zali
17:00–18:00
INGLIZ TILIDA MULOQOT TO‘GARAGI (11–14)
Pedagog va kutubxonamiz xodimi Marhabo Aminova bilan ingliz tilida rasmli kitoblar o‘qiymiz, ibratli hikoyalarni muhokama qilamiz, adabiyotga mehr-muhabbat va qiziqish uyg‘otamiz.

Muloqot tili: ingliz tili
Tavsiya etiladigan yosh: 5 yoshgacha, ota yoki onaning ishtiroki shart
7-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–12:00
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN INGLIZCHA KITOBLAR TO‘GARAGI (0–5)
Ranglar qanday paydo bo‘lishini bilasizmi? Sizni o‘z rang laboratoriyangizni yaratishga taklif etamiz. Birlamchi va ikkilamchi ranglar bilan tanishamiz, bo‘yoqlarni aralashtirib, yangi tuslar olamiz hamda turli ashyolar bilan tajriba-sinovlar o‘tkazamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 6+
7-noyabr
Kichik transformer zali
15:00–16:00
RANGSHUNOSLIK USTAXONASI (6+)
SI vositalari saytlarni dastlabki g‘oyalardan tortib, tayyor sahifalargacha bo‘lgan loyihalash va dizayn jarayonida qanday yordam berishi mumkinligini bilib olamiz. AT mutaxassisi Mirziyod Rizoqulov bilan birga SI konstruktorlari qay tarzda ishlashi va qanday ish platformalari mavjudligini tahlil qilamiz. Ishtirokchilar qadam-baqadam o‘zlarining birinchi mo‘jaz saytlarini yaratadilar: uslub, tuzilma, matnlar va rasmlarni tanlaydilar, shuningdek, foydalanuvchi interfeysining asosiy tamoyillarini bilib oladilar.

Tadbir “Circuit” raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Muloqot tili: rus tili
Tavsiya etiladigan yosh: 12+
7-noyabr
Kompyuter sinfi
15:00–16:30
SUN’IY IDROK YORDAMIDA SAYTLAR YARATISH BO‘YICHA MAHORAT DARSI (12+)
So‘zsiz – chizgilar, dog‘lar, mayin chiziqlar yordamida nimani hikoya qilish mumkin? Jajji kichkintoylar va ularning ota-onalarini qat’iy hoshiya va namunalarsiz chiziqlar, shakllar hamda ranglarni o‘rganishga taklif etamiz. Chizamiz, o‘ylab topamiz va xayol surib, o‘zimizda rassomlar rolini sinab ko‘ramiz.
Bizga kerak bo‘ladigan barchasini hozirlab qo‘yamiz, ammo bordiyu sizning sevimli bo‘yoqlar yoki flomasterlaringiz bo‘lsa, o‘zingiz bilan olib keling.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 0–5, ota yoki onaning ishtiroki shart
8-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–11:30
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN ERKIN IJOD USTAXONASI (0–5)
Radioboshlovchi va kutubxonamiz xodimi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birgalikda ifodali va ishonch bilan o‘qishni o‘rganamiz. Talaffuz tiniqligini yaxshilaydigan nutq a’zolari gimnastikasi bilan tanishib, nafas mashqlarini tahlil qilamiz va tezaytishlarni o‘rganamiz. Har xil ohanglarni sinab ko‘rib, kitoblarni turli hissiy urg‘ular bilan o‘qiymiz va nutq etyudlarini qo‘yamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
8-noyabr
Kichik transformer zali
13:00–14:00
SAHNA NUTQI (6–10)
Suhbatdoshimizning nutqini qay darajada tushuna olamiz? Miyamiz og‘zaki va yozma axborotni qanday qayta ishlaydi? Filologiya fanlari nomzodi, psixolingvist Iroda Azimova bilan birga nutqni idrok etish va tahlil qilish paytida ongimizda ro‘y beradigan jarayonlar haqida suhbatlashamiz. Nutqning neyropsixologik asoslarini muhokama qilib, bir-birimiz bilan qanday so‘zlashishimiz va tushunishimizning yashirin xususiyatlarini ochamiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili, rus tiliga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etiladigan yosh: 16+
8-noyabr
Majlislar zali
14:00–15:00
“PSIXOLINGVISTIKA: BIZ TILNI QANDAY TUSHUNAMIZ?” MA’RUZASI (16+)
Qadam tashlash, sakrash va muayyan sinovlardan o‘tish kerak bo‘lgan quvnoq “sayr-u sayohat”lardan tortib, o‘ylash, tavakkal qilish-u g‘alaba qozonish muhim sanalgan kooperativ sarguzashtlar hamda strategiyalarni o‘z ichiga olgan turli xil stol o‘yinlari bilan tanishamiz. Kutubxonada qanday o‘yinlar borligini bilib, yangilarini topamiz. O‘ynaymiz, muloqot qilamiz va foydali ko‘nikmalarni rivojlantiramiz: kelishib olishni, jumboqlarni yechishni, ijodiy fikrlashni hamda jamoada ishlashni o‘rganamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
8-noyabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
STOL O‘YINLARI (6–10)
O‘zbekistonning yetakchi ta’limiy AT loyihalaridan biri bo‘lgan “School 21” mutaxassislari bilan birga zamonaviy raqamli san’at olamiga sho‘ng‘iymiz. Amaliy mashg‘ulot davomida ranglar nazariyasi, tasvir kompozitsiyasi, montaj, neyron tarmoqlarning ishlash tamoyili va boshqa mavzularga to‘xtalib o‘tamiz hamda olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llaymiz.

Ish jarayonida foto va video tasvirlarni yaratish uchun yetakchi generativ neyron tarmoqlardan (Midjourney, KlingAI, Flux, Stable Diffusion, Veo3 va ChatGPT) foydalanishni o‘rganamiz va natijada o‘zimizning mo‘jaz roligimizni olamiz.

Amaliy kursdagi to‘rtta mashg‘ulotning barchasida qatnashish shart.

Tadbir “Circuit” raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Muloqot tili: rus tili
Tavsiya etiladigan yosh: 12+
8-noyabr
Kompyuter sinfi
16:00–18:00
“Neyrorassom: rangtasvirdan generativ san’atgacha” amaliy kursi (12+)
Fotosuratlar, iboralar va teksturadan vizual hikoyani qanday yig‘ish mumkin? Dizaynerlar rang va kompozitsiya yordamida kayfiyatni ifodalash uchun qaysi usullardan foydalanishadi? AT mutaxassisi va “Circuit” laboratoriyasi muhofizi Aksiniya Leontyeva bilan birgalikda grafika yaratish uchun qulay vosita – “Canva”da ishlaymiz. Kollajning tuzilishi haqida suhbatlashamiz, tasvirlar va shriftlarni birlashtirishni o‘rganamiz, andozalar bilan ishlab, o‘zimizning raqamli tabriknoma yoki posterimizni yaratamiz.

Tadbir “Circuit” raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Muloqot tili: o’zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 10+
9-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–12:00
RAQAMLI KOLLAJLAR USTAXONASI (10+)
Royal atrofida yosh sozandalar, talabalar va musiqa maktablari o‘quvchilari to‘planadi. Dasturda xorijiy va o‘zbek bastakorlarining asarlari: qisqa miniatyuralardan tortib keng ko‘lamli konsert pyesalarigacha ijro etiladi.

Konsert akademik musiqa dunyosini kashf etayotgan eng jajji mushtariylar va ularning ota-onalari uchun tashkil etilgan. Kuyni tinglashni o‘rganamiz va uning ifoda vositalarini — marom, dinamika, ohangni o‘zlashtiramiz.

Tavsiya etilgan yosh: 0+
9-noyabr
Majlislar zali
12:00–13:00
Bolalar uchun fortepiano konserti (0+)
O‘rta asr shaharlari binokorligi va sayyoralararo janglardan tortib, izquvar tekshiruvlar va keskin uslublarni o‘z ichiga olgan qiziqarli stol o‘yinlari olamini tadqiq etamiz. Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqib, do‘stona muhitda strategik fikrlashni mashq qilamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 11+
9-noyabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
O‘SMIRLAR UCHUN STOL O‘YINLARI (11+)
O‘zbekistonning yetakchi ta’limiy AT loyihalaridan biri hisoblangan “School 21” mutaxassislari bilan birga zamonaviy raqamli san’at olamiga sho‘ng‘iymiz. Amaliy mashg‘ulot davomida ranglar nazariyasi, kadr kompozitsiyasi, montaj, neyron tarmoqlarning ishlash tamoyili va boshqa mavzularga to‘xtalib o‘tamiz hamda olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llaymiz. Ish jarayonida foto va video tasvirlarni yaratish uchun yetakchi generativ neyron tarmoqlardan (Midjourney, KlingAI, Flux, Stable Diffusion, Veo3 va ChatGPT) foydalanishni o‘rganamiz va natijada o‘zimizning mini roligimizni olamiz.
Amaliy kursdagi to‘rtta mashg‘ulotning barchasiga qatnashish shart.

Tadbir “Circuit” raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Muloqot tili: rus tili
Tavsiya etiladigan yosh: 12+
9-noyabr
Kompyuter sinfi
16:00–18:00
“Neyrorassom: rangtasvirdan generativ san’atgacha” mavzuida amaliy kurs (12+)
So‘zsiz – chizgilar, dog‘lar, mayin chiziqlar yordamida nimani hikoya qilish mumkin? Jajji kichkintoylar va ularning ota-onalarini qat’iy hoshiya va namunalarsiz chiziqlar, shakllar hamda ranglarni o‘rganishga taklif etamiz. Chizamiz, o‘ylab topamiz va xayol surib, o‘zimizda rassomlar rolini sinab ko‘ramiz.
Bizga kerak bo‘ladigan barchasini hozirlab qo‘yamiz, ammo bordiyu sizning sevimli bo‘yoqlar yoki flomasterlaringiz bo‘lsa, o‘zingiz bilan olib keling.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 0–5, ota yoki onaning ishtiroki shart
13-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–11:30
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN ERKIN IJOD USTAXONASI (0–5)
Pedagog va kutubxonamiz xodimi Marhabo Aminova bilan rasmli kitoblar o‘qiymiz, ibratli voqealarni muhokama qilamiz hamda adabiyotga mehr-muhabbat va qiziqish uyg‘otamiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Tavsiya etiladigan yosh: 5 yoshgacha, ota yoki onaning ishtiroki shart
14-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–12:00
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN KITOBLAR TO‘GARAGI (0–5)

15-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–11:30
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN ERKIN IJOD USTAXONASI (0–5)
Radioboshlovchi va kutubxonamiz xodimi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birga o‘zbek tilidagi kitoblarni mutolaa qilamiz, ibratli voqealar haqida suhbatlashamiz hamda adabiyotga mehr-muhabbat uyg‘otamiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
15-noyabr
Kichik transformer zali
13:00–14:00
BOLALAR KITOB TO‘GARAGI (6–10)
Qadam tashlash, sakrash va muayyan sinovlardan o‘tish kerak bo‘lgan quvnoq “sayr-u sayohat”lardan tortib, o‘ylash, tavakkal qilish-u g‘alaba qozonish muhim sanalgan kooperativ sarguzashtlar hamda strategiyalarni o‘z ichiga olgan turli xil stol o‘yinlari bilan tanishamiz. Kutubxonada qanday o‘yinlar borligini bilib, yangilarini topamiz. O‘ynaymiz, muloqot qilamiz va foydali ko‘nikmalarni rivojlantiramiz: kelishib olishni, jumboqlarni yechishni, ijodiy fikrlashni hamda jamoada ishlashni o‘rganamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
15-noyabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
STOL O‘YINLARI (6–10)
O‘zbekistonning yetakchi ta’limiy AT loyihalaridan biri hisoblangan “School 21” mutaxassislari bilan birga zamonaviy raqamli san’at olamiga sho‘ng‘iymiz. Amaliy mashg‘ulot davomida ranglar nazariyasi, kadr kompozitsiyasi, montaj, neyron tarmoqlarning ishlash tamoyili va boshqa mavzularga to‘xtalib o‘tamiz hamda olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llaymiz. Ish jarayonida foto va video tasvirlarni yaratish uchun yetakchi generativ neyron tarmoqlardan (Midjourney, KlingAI, Flux, Stable Diffusion, Veo3 va ChatGPT) foydalanishni o‘rganamiz va natijada o‘zimizning mini roligimizni olamiz.

Amaliy kursdagi to‘rtta mashg‘ulotning barchasiga qatnashish shart.

Tadbir “Circuit” raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Muloqot tili: rus tili
Tavsiya etiladigan yosh: 12+
15-noyabr
Kompyuter sinfi
16:00–18:00
“Neyrorassom: rangtasvirdan generativ san’atgacha” mavzuida amaliy kurs (12+)
To‘garak Brayl alifbosini yaxshi biladigan yoki endi o‘rganishni boshlaganlar uchun mo‘ljallangan. Ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar maktab-internati o‘qituvchisi Mavluda Karimova bilan bo‘ladigan uchrashuvlarda kitoblar o‘qiymiz, tinglagan hikoyalarimizni muhokama qilamiz, taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Ishtirokchilar o‘qish, harflarni paypaslash, taktil materiallar bilan ishlashni mashq qilishadi.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Tavsiya etiladigan yosh: 12+
15-noyabr
Kichik transformer zali
15:00–16:00
BRAYL YOZUVIDAGI KITOB TO‘GARAGI (12+)
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, WUT o‘qituvchisi Zarnigor Hayotova bilan birgalikda qiziqarli kitoblar mutolaa qilamiz, o‘z hikoyalarimizni o‘ylab topib, rasm chizamiz, o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘ib, nutq, tafakkur hamda mutolaaga bo‘lgan mehr-muhabbatni rivojlantiramiz.

Muloqot tili: ingliz tili
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
16-noyabr
Kichik transformer zali
13:00–14:00
INGLIZZABON KITOBLAR TO‘GARAGI (6–10)
O‘rta asr shaharlari binokorligi va sayyoralararo janglardan tortib, izquvar tekshiruvlar va keskin uslublarni o‘z ichiga olgan qiziqarli stol o‘yinlari olamini tadqiq etamiz. Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqib, do‘stona muhitda strategik fikrlashni mashq qilamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 11+
16-noyabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
O‘SMIRLAR UCHUN STOL O‘YINLARI (11+)
O‘zbekistonning yetakchi ta’limiy AT loyihalaridan biri hisoblangan “School 21” mutaxassislari bilan birga zamonaviy raqamli san’at olamiga sho‘ng‘iymiz. Amaliy mashg‘ulot davomida ranglar nazariyasi, kadr kompozitsiyasi, montaj, neyron tarmoqlarning ishlash tamoyili va boshqa mavzularga to‘xtalib o‘tamiz hamda olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llaymiz. Ish jarayonida foto va video tasvirlarni yaratish uchun yetakchi generativ neyron tarmoqlardan (Midjourney, KlingAI, Flux, Stable Diffusion, Veo3 va ChatGPT) foydalanishni o‘rganamiz va natijada o‘zimizning mini roligimizni olamiz.

Amaliy kursdagi to‘rtta mashg‘ulotning barchasiga qatnashish shart.

Tadbir “Circuit” raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Muloqot tili: rus tili
Tavsiya etiladigan yosh: 12+
16-noyabr
Kompyuter sinfi
16:00–18:00
“Neyrorassom: rangtasvirdan generativ san’atgacha” mavzuida amaliy kurs (12+)
So‘zsiz – chizgilar, dog‘lar, mayin chiziqlar yordamida nimani hikoya qilish mumkin? Jajji kichkintoylar va ularning ota-onalarini qat’iy hoshiya va namunalarsiz chiziqlar, shakllar hamda ranglarni o‘rganishga taklif etamiz. Chizamiz, o‘ylab topamiz va xayol surib, o‘zimizda rassomlar rolini sinab ko‘ramiz.
Bizga kerak bo‘ladigan barchasini hozirlab qo‘yamiz, ammo bordiyu sizning sevimli bo‘yoqlar yoki flomasterlaringiz bo‘lsa, o‘zingiz bilan olib keling.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 0–5, ota yoki onaning ishtiroki shart
20-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–11:30
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN ERKIN IJOD USTAXONASI (0–5)
Pedagog va kutubxonamiz xodimi Marhabo Aminova bilan ingliz tilida rasmli kitoblar o‘qiymiz, ibratli voqealarni muhokama qilamiz, adabiyotga mehr-muhabbat va qiziqish uyg‘otamiz.

Muloqot tili: ingliz tili
Tavsiya etiladigan yosh: 5 yoshgacha, ota yoki onaning ishtiroki shart
21-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–12:00
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN INGLIZCHA KITOBLAR TO‘GARAGI (0–5)
So‘zsiz – chizgilar, dog‘lar, mayin chiziqlar yordamida nimani hikoya qilish mumkin? Jajji kichkintoylar va ularning ota-onalarini qat’iy hoshiya va namunalarsiz chiziqlar, shakllar hamda ranglarni o‘rganishga taklif etamiz. Chizamiz, o‘ylab topamiz va xayol surib, o‘zimizda rassomlar rolini sinab ko‘ramiz.
Bizga kerak bo‘ladigan barchasini hozirlab qo‘yamiz, ammo bordiyu sizning sevimli bo‘yoqlar yoki flomasterlaringiz bo‘lsa, o‘zingiz bilan olib keling.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 0–5, ota yoki onaning ishtiroki shart
22-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–11:30
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN ERKIN IJOD USTAXONASI (0–5)
Radioboshlovchi va kutubxonamiz xodimi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birgalikda ifodali va ishonch bilan o‘qishni o‘rganamiz. Talaffuz tiniqligini yaxshilaydigan nutq a’zolari gimnastikasi bilan tanishib, nafas mashqlarini tahlil qilamiz va tezaytishlarni o‘rganamiz. Har xil ohanglarni sinab ko‘rib, kitoblarni turli hissiy urg‘ular bilan o‘qiymiz va nutq etyudlarini qo‘yamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
22-noyabr
Kichik transformer zali
13:00–14:00
SAHNA NUTQI (6–10)
“CeeGee”, “StoryTech” singari yetakchi ijodiy studiya mutaxassislari ishtirokida 3D rassomi kasbi bilan tanishamiz. Filmlar, o‘yinlar va boshqa multimedia loyihalari uchun raqamli olamlar, qahramonlar va animatsiyalar qanday yaratilishini ko‘rib chiqamiz. Ishtirokchilar 3D nusxa g‘oyasi qanday tug‘ilishini, rassomlar qanaqa dasturlardan foydalanishini, vizual samaralarni yaratish jarayonini tashkil etish va bu sohada o‘z yo‘lini boshlash uchun nimalar kerakligini bilib oladilar.

Muloqot tili: rus tili
Tavsiya etilgan yosh: 12+
22-noyabr
Ish markazi zali
14:00–15:30
Kasb bilan tanishuv. 3D rassom (12+)
Qadam tashlash, sakrash va muayyan sinovlardan o‘tish kerak bo‘lgan quvnoq “sayr-u sayohat”lardan tortib, o‘ylash, tavakkal qilish-u g‘alaba qozonish muhim sanalgan kooperativ sarguzashtlar hamda strategiyalarni o‘z ichiga olgan turli xil stol o‘yinlari bilan tanishamiz. Kutubxonada qanday o‘yinlar borligini bilib, yangilarini topamiz. O‘ynaymiz, muloqot qilamiz va foydali ko‘nikmalarni rivojlantiramiz: kelishib olishni, jumboqlarni yechishni, ijodiy fikrlashni hamda jamoada ishlashni o‘rganamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
22-noyabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
STOL O‘YINLARI (6–10)
Royal atrofida yosh sozandalar, talabalar va musiqa maktablari o‘quvchilari to‘planadi. Dasturda xorijiy va o‘zbek bastakorlarining asarlari: qisqa miniatyuralardan tortib keng ko‘lamli konsert pyesalarigacha ijro etiladi.
Konsert akademik musiqa dunyosini kashf etayotgan eng jajji kichkintoy mushtariylar va ularning ota-onalari uchun tashkil etilgan. Kuyni tinglashni o‘rganamiz va uning ifoda vositalarini — marom, dinamika, ohangni o‘zlashtiramiz.

Tavsiya etilgan yosh: 0+
23-noyabr
Majlislar zali
12:00–13:00
Bolalar uchun fortepiano konserti (0+)
Muloqot qurish ko‘nikmalarini mashq qilamiz,
yangi so‘z va iboralarni do‘stona hamda o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslangan muhitda bilib olamiz. Tilni kamida A2 darajada bilish tavsiya etiladi.

Muloqot tili: ingliz tili
Tavsiya etiladigan yosh: 11–14
23-noyabr
Kichik transformer zali
13:00–14:00
INGLIZ TILIDA MULOQOT TO‘GARAGI (11–14)
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilari bilan birgalikda muloqot qurish va og‘zaki nutqni tushunish ko‘nikmalari ustida ishlaymiz. Do‘stona va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitida yangi so‘z va iboralarni bilib olamiz. Tilni oz darajada bo‘lsa-da bilish olqishlanadi, ammo majburiy emas.

Muloqot tili: o‘zbek tili, rus tilidan ham foydalaniladi
Tavsiya etiladigan yosh: 6+
23-noyabr
Kichik transformer zali
15:00–16:00
“O‘ZBEKCHA GAPIRAMIZ” TO‘GARAGI (6+)
O‘rta asr shaharlari binokorligi va sayyoralararo janglardan tortib, izquvar tekshiruvlar va keskin uslublarni o‘z ichiga olgan qiziqarli stol o‘yinlari olamini tadqiq etamiz. Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqib, do‘stona muhitda strategik fikrlashni mashq qilamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 11+
23-noyabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
O‘SMIRLAR UCHUN STOL O‘YINLARI (11+)
So‘zsiz – chizgilar, dog‘lar, mayin chiziqlar yordamida nimani hikoya qilish mumkin? Jajji kichkintoylar va ularning ota-onalarini qat’iy hoshiya va namunalarsiz chiziqlar, shakllar hamda ranglarni o‘rganishga taklif etamiz. Chizamiz, o‘ylab topamiz va xayol surib, o‘zimizda rassomlar rolini sinab ko‘ramiz.
Bizga kerak bo‘ladigan barchasini hozirlab qo‘yamiz, ammo bordiyu sizning sevimli bo‘yoqlar yoki flomasterlaringiz bo‘lsa, o‘zingiz bilan olib keling.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 0–5, ota yoki onaning ishtiroki shart
27-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–11:30
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN ERKIN IJOD USTAXONASI (0–5)
Pedagog va kutubxonamiz xodimi Marhabo Aminova bilan rasmli kitoblar o‘qiymiz, ibratli voqealarni muhokama qilamiz hamda adabiyotga mehr-muhabbat va qiziqish uyg‘otamiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Tavsiya etiladigan yosh: 5 yoshgacha, ota yoki onaning ishtiroki shart
28-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–12:00
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN KITOBLAR TO‘GARAGI (0–5)
Muloqot qurish ko‘nikmalarini mashq qilamiz,
yangi so‘z va iboralarni do‘stona hamda o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslangan muhitda bilib olamiz. Tilni kamida A2 darajada bilish tavsiya etiladi.

Muloqot tili: ingliz tili
Tavsiya etiladigan yosh: 11–14
28-noyabr
Kichik transformer zali
17:00–18:00
INGLIZ TILIDA MULOQOT TO‘GARAGI (11–14)
So‘zsiz – chizgilar, dog‘lar, mayin chiziqlar yordamida nimani hikoya qilish mumkin? Jajji kichkintoylar va ularning ota-onalarini qat’iy hoshiya va namunalarsiz chiziqlar, shakllar hamda ranglarni o‘rganishga taklif etamiz. Chizamiz, o‘ylab topamiz va xayol surib, o‘zimizda rassomlar rolini sinab ko‘ramiz.
Bizga kerak bo‘ladigan barchasini hozirlab qo‘yamiz, ammo bordiyu sizning sevimli bo‘yoqlar yoki flomasterlaringiz bo‘lsa, o‘zingiz bilan olib keling.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 0–5, ota yoki onaning ishtiroki shart
29-noyabr
Kichik transformer zali
11:00–11:30
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN ERKIN IJOD USTAXONASI (0–5)
Radioboshlovchi va kutubxonamiz xodimi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birga o‘zbek tilidagi kitoblarni mutolaa qilamiz, ibratli voqealar haqida suhbatlashamiz hamda adabiyotga mehr-muhabbat uyg‘otamiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
29-noyabr
Kichik transformer zali
13:00–14:00
BOLALAR KITOB TO‘GARAGI (6–10)
Qadam tashlash, sakrash va muayyan sinovlardan o‘tish kerak bo‘lgan quvnoq “sayr-u sayohat”lardan tortib, o‘ylash, tavakkal qilish-u g‘alaba qozonish muhim sanalgan kooperativ sarguzashtlar hamda strategiyalarni o‘z ichiga olgan turli xil stol o‘yinlari bilan tanishamiz. Kutubxonada qanday o‘yinlar borligini bilib, yangilarini topamiz. O‘ynaymiz, muloqot qilamiz va foydali ko‘nikmalarni rivojlantiramiz: kelishib olishni, jumboqlarni yechishni, ijodiy fikrlashni hamda jamoada ishlashni o‘rganamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
29-noyabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
STOL O‘YINLARI (6–10)
Bugungi kunda O‘zbekistondagi ko‘plab eshitish imkoniyati cheklangan va zaif eshituvchi insonlar o‘quv materiallar, professional tarjimonlar va ommabop raqamli vositalar tanqisligiga duch kelmoqda. O‘zbek imo-ishora tilining onlayn lug‘ati va mobil ilovasi bu to‘siqni yengib o‘tish yo‘lidagi qadamlardan biridir.

“SHAROIT PLYUS” nodavlat notijorat tashkiloti jamoasidagi ushbu loyiha yaratuvchilari lug‘at qanday shakllantirilishi haqida: imo-ishoralarni hujjatlashtirish va til egalari bilan maslahatlashuvlardan tortib, onlayn platformani ishlab chiqishgacha so‘zlab berishadi. Ishtirokchilar manbalardan qanday foydalanishni o‘rganadilar, savollar berishlari va nima uchun imo-ishora tilini rivojlantirish madaniy va ta’lim tengligining muhim qismi ekanligini muhokama qilishlari mumkin.

Loyiha “SHAROIT PLYUS” NNT tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda “The Stirling Foundation” grant ko‘magi tufayli amalga oshirilmoqda.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 9+
30-noyabr
Majlislar zali
15:00–16:00
“imo-ishora.uz: O‘zbek imo-ishora tili onlayn lug‘ati” loyihasi taqdimoti (9+)
O‘rta asr shaharlari binokorligi va sayyoralararo janglardan tortib, izquvar tekshiruvlar va keskin uslublarni o‘z ichiga olgan qiziqarli stol o‘yinlari olamini tadqiq etamiz. Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqib, do‘stona muhitda strategik fikrlashni mashq qilamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 11+
30-noyabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
O‘SMIRLAR UCHUN STOL O‘YINLARI (11+)
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.
Собрание детского книжного клуба. Читаем и обсуждаем книгу Елены Ульевой «Идем к стоматологу» вместе с Шахзодой Джураевой, радиоведущей и сотрудницей нашей библиотеки. Познакомимся с познавательной историей о пугливом зайчонке и смастерим тематическую поделку.

У зайчонка заболели зубы, но он боится идти к врачу. Вдруг доктор все только испортит и малыш не сможет грызть морковку? Вместе с героем отправимся в кабинет стоматолога и разберемся, почему врачей не стоит пугаться, для чего нужны разные инструменты и почему так важно ухаживать за зубами.

Язык проведения: узбекский и русский
Возраст: 5+
13:00–14:00
МАЛЫЙ ЗАЛ-ТРАНСФОРМЕР