Har kuni 10:00 - 21:00
Har kuni 10:00 - 21:00
O'Z
Venetsiya biyennalesi nima va nega Venetsiyada hech qachon bo‘lmaganlar ham u haqida doim gapirishadi? Har ikki yilda bir marotaba shahar butun dunyodan kelgan rassomlar va me’morlar inson, makon hamda texnologiyalar qanday o‘zgarayotganini muhokama qiladigan yirik g‘oyalar laboratoriyasiga aylanadi. Biyennale ikki — badiiy va me’moriy yo‘nalishlarga bo‘linadi. Aynan me’morchilik 2025-yilda “Idrok. Tabiiy. Sun’iy. Jamoaviy” mavzusini belgilaydi.

O‘zbekiston Milliy pavilioni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, Parkent tumani yaqinidagi qizdirish quvvati 3000°C gacha yetadigan ulkan quyosh sandoniga ega ilmiy majmua — “Quyosh” institutiga bag‘ishlangan. 1987-yilda fazoviy tadqiqotlar uchun qurilgan mazkur inshoot bugungi kunda ilm-fan, me’morchilik va madaniyatni qayta kashf etish maskaniga aylanib, rassomlar, me’morlar-u tadqiqotchilar uchun ilhom manbaiga aylanmoqda.

“Ko‘zlarni qamashtiruvchi yog‘du” loyihasi ishtirokchilari — me’morlar, rassomlar va olimlar ko‘rgazma qanday vujudga kelgani, zamonaviy san’atga quyosh laboratoriyalari nima uchun kerakligi va ilmiy tajribalardan qay tarzda yangi ma’no va timsollar paydo bo‘layotgani haqida so‘zlab berishadi.

O‘zbekiston Milliy pavilioni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilgan.

Uchrashuv ishtirokchilari: olimlar — Sulton Sulaymonov va Odilxo‘ja Parpiyev; rassomlar — Ester Sheynfeld, Muhiddin Risqiyev va Azamat Abbosov.

Uchrashuvni Venetsiya biyennalesidagi O‘zbekiston pavilioni muhofizi Yekaterina Golovatyuk olib boradi.

Muloqot tili: rus tilida, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etiladigan yosh: 16+
2-noyabr
Majlislar zali
16:00–18:00
“Ko‘zlarni qamashtiruvchi yog‘du”. Venetsiya me’morchilik biyennalesining O‘zbekiston Milliy pavilioni jamoasi bilan uchrashuv
Bugungi kunda modernizmga Toshkentning madaniy xotirasi va shaharning o‘ziga xos belgisi sifatida qaralmoqda. Shunday sharoitda 2025-yilda ikkita — “Tashkent Modernism XX/XXI” va “Toshkent: ittifoq davri modernizmi arxitekturasi. 1955–1991-yillar” kitoblarining Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magi va ishtirokida chiqishi bag‘oyat muhim voqelik bo‘ldi. Birinchi kitob Toshkentning 1960–1990-yillardagi me’morchiligini o‘rganish, tavsiflash va saqlab qolishga qaratilgan keng ko‘lamli xalqaro tadqiqot loyihasi natijalarini umumlashtiradi. Ikkinchisi esa “Garaj” zamonaviy madaniyat muzeyi tomonidan chop etilgan bo‘lib, Moskva, Olma-Ota va Leningrad haqidagi nashrlardan keyin ittifoq davri modernizmi bo‘yicha qo‘llanma-ma’lumotnomalar turkumini davom ettiradi.

Tadbir dasturi ikki xil shaklni o‘z ichiga oladi. Dastlab Boris Chuxovich, Yekaterina Golovatyuk, Davide Del Kurto va noshir Lars Myuller tomonidan taqdim etilgan “Tashkent Modernism XX/XX” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Birinchi kitob noshiri Lars Myuller ham nima uchun Toshkent modernizmi va uni saqlab qolish xalqaro hamjamiyatda qiziqish uyg‘otishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi. So‘ngra qo‘llanma mualliflari – Boris Chuxovich va Olga Kazakova boshlovchi, toshkentlik me’mor Mariya Sultonova bilan birgalikda nashrning asosiy mavzularini muhokama qiladilar. Taqdimot davomida mualliflar asosiy tadqiqot mavzulari va vazifalari xususida so‘zlab berishadi, nima uchun ikkala loyiha ham bir vaqtda paydo bo‘lganini va ular o‘rtasidagi farqlar nimadan iboratligini tushuntirishadi.

Muloqot tili: ingliz va rus tillari, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etiladigan yosh: 16+
5-noyabr
Majlislar zali
18:00–19:30
Toshkent modernizmi haqidagi kitoblar taqdimoti
Modernistik me’morchilik bugun tobora diqqat markazida bo‘lmoqda – binolar tadqiq qilinmoqda, suratga olinmoqda va shahar yo‘nalishlariga kiritilmoqda. Bu uslubdagi muhim binolarni qayerdan izlash, XX asrning ikkinchi yarmi me’morchiligini qanday “o‘qish” kerak va nima uchun u bugungi kunda madaniy xotiraning muhim xususiyati sifatida qabul qilinadi?

Me’morchilik tarixchisi, modernizm me’morchiligiga bag‘ishlangan kitoblar muallifi va ko‘rgazmalar muhofizi Anna Bronovitskaya bilan uchrashuvda modernizmga qanday munosabatda bo‘lish kerakligi haqida: urushdan keyingi dastlabki tajribalardan tortib keng ko‘lamli shaharsozlik ansambllarigacha suhbatlashamiz. Anna me’morchilik qo‘llanmalarini tuzish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, asosiy binolar, yo‘nalishlar va ularni yaratishda ishtirok etgan shaxslar haqida hikoya qiladi.

Muloqot tili: rus tili, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etiladigan yosh: 16+
6-noyabr
Majlislar zali
18:00–19:00
Modernizmning me’moriy yo‘nalishlari: nimani va qayerda ko‘rish mumkin
Me’morchilik tarixchisi Anna Bronovitskaya bilan uchrashuv
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.
Собрание детского книжного клуба. Читаем и обсуждаем книгу Елены Ульевой «Идем к стоматологу» вместе с Шахзодой Джураевой, радиоведущей и сотрудницей нашей библиотеки. Познакомимся с познавательной историей о пугливом зайчонке и смастерим тематическую поделку.

У зайчонка заболели зубы, но он боится идти к врачу. Вдруг доктор все только испортит и малыш не сможет грызть морковку? Вместе с героем отправимся в кабинет стоматолога и разберемся, почему врачей не стоит пугаться, для чего нужны разные инструменты и почему так важно ухаживать за зубами.

Язык проведения: узбекский и русский
Возраст: 5+
13:00–14:00
МАЛЫЙ ЗАЛ-ТРАНСФОРМЕР
Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash qoidalari
Murojaatlar uchun
+99871 231 17 91
info@acdflibrary.uz
Ish vaqti
Har kuni 10:00 - 21:00
Kitob berish kutubxona yopilishidan
30 daqiqa oldin yakunlanadi
Manzil
Toshkent, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 47-uy

Kutubxonaga oid soʻnggi yangiliklar bevosita pochta qutingizda
Kuki siyosati
Maxfiylik tanlovlari