Rangli qog‘oz, flomaster, yelim va boshqa oddiy materiallardan nimalar yaratish mumkin?
Bolajonlarni mahorat darsiga taklif qilamiz. Bu yerda biz qirqamiz, yelimlaymiz, shakl va ranglarni qat’iy qoliplarsiz uyg‘unlashtiramiz. Birgalikda o‘ylab topamiz, xayol suramiz va oddiy narsalardan haqiqiy kichik san’at asarlarini yaratamiz.
Bizga kerak bo‘ladigan hamma narsani hozirlab qo‘yamiz, ammo bordiyu sizning sevimli ashyolaringiz bo‘lsa, bemalol olib kelishingiz mumkin.
Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 5+