Спикеры:






  • Татьяна Бальчукова — заместитель руководителя по образовательным и родительским программам, старший инструктор интенсивной поведенческой программы по модели ASSERT, Центр поддержки семьи «Обнажённые сердца», Москва.







  • Анастасия Титова — заместитель руководителя Центра поддержки семьи «Обнажённые сердца», тренер программы JASPER, Москва.
Ma’ruzachilar:
  • Tatyana Balchukova — Moskva shahridagi “Ochiq qalblar” oilani qo‘llab-quvvatlash markazining ta’lim va ota-onalar dasturlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari, “ASSERT” namunasi asosidagi intensiv xulq-atvor dasturining yetakchi mutaxassisi.

  • Anastasiya Titova — “Ochiq qalblar” oilani qo‘llab-quvvatlash Markazi rahbari o‘rinbosari, “JASPER” dasturi murabbiyi.
Qisqa kurs uch qismdan iborat: nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish qoidalari bo‘yicha kirish ma’ruzasi, autizm spektrining buzilishi (ASB) bilan xastalangan tashrif buyuruvchilar bilan qanday ishlash bo‘yicha amaliy qism va yaxshi ijtimoiy hikoya yozish bo‘yicha yakuniy ma’ruza. Biz
uchchala qismga tashrif buyurishingizni va “Ochiq qalblar” jamg‘armasi hamda Kutubxonadan treningda ishtirok etganingiz va bilimga ega bo‘lganingizni tasdiqlovchi sertifikat olishni tavsiya qilamiz. Ammo bu shart emas — siz qismlardagi bir yoki ikkita tadbirga yozilishingiz mumkin.
“Alohida ehtiyojli kishilar bilan muloqot qilish qoidalari” mavzusida ma’ruza va mashg‘ulot
14:00–15:30
18-sentabr
Majlislar zali
Batafsil
Imkoniyat nima ekanligi va alohida ehtiyojli insonlarni qanday qo‘llab-quvvatlash kerakligi masalasi so‘nggi o‘n yillikda butun dunyodaqayta ko‘rib chiqilmoqda. Agar Ilgari asosan tibbiy yordamga urg‘u berilgan bo‘lsa, bugungi kunda jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish uchun sharoit yaratish haqida gap bormoqda. Qulay muhit bu — faqat yo‘laklar va liftlar degani emas, balki hurmat, xurofotlardan xoli munosabat, aniq va tushunarli axborot, zarur vaziyat hamda kerakli joyda qo‘llab-quvvatlashdir.
Idrokdagi o‘zgarishlar tilda ham doimo aks etadi: insonlar bilan va insonlar haqida qanday gaplashishimiz ularga bo‘lgan munosabatimizga bevosita ta’sir qiladi. To‘g‘ri muloqot jamiyat madaniyatining bir qismiga aylanadi va har bir kishi o‘zini daxldor his etishi mumkin bo‘lgan muhitni shakllantiradi.

“Alohida ehtiyojli insonlar bilan muloqot qilish qoidalari” mavzusidagi trening-ma’ruzasi muloqotni o‘zaro hurmat ruhida va to‘g‘ri tashkil etishni tushunishga yordam beradi. U keng doiradagi ishtirokchilarga: pedagoglar, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislari, jurnalistlar, talabalar va o‘qituvchilar, PR-bo‘limlari xodimlari hamda to‘siqlarsiz, xolis munosabatda bo‘lishni o‘rganmoqchi har bir kishi uchun mo‘ljallangan.

Muloqot tili: rus tili, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etiladigan yosh: 16+
“Autistik spektrining buzilishi (ASB) bor tashrif buyuruvchilar bilan ishlashda samarali strategiyalar” treningi
14:00–17:00
19-sentabr
Majlislar zali
Batafsil
Mutaxassislar alohida ehtiyojli insonlar bilan muloqot qilishning asosiy tamoyillari, ASB bilan og‘riganlar duch keladigan qiyinchiliklar va ular xususidagi mavjud afsonalar haqida so‘zlab berishadi. Samaradorligi isbotlangan strategiyalar bilan tanishamiz: tashrif buyuruvchilarning kelishiga qanday tayyorgarlik ko‘rish, maydonni qanday tashkil etish va sayrlarni ASB bilan kasallanganlar guruhiga moslashtirish; qanday usullar ASB bilan og‘rigan ishtirokchini faoliyatga jalb qilishga yordam beradi. Alohida ehtiyojlarga ega tashrif buyuruvchilar bilan o‘zaro munosabatlar har ikki tomon uchun ham foydali va qulay bo‘lishi uchun xodimlar tomonidan muloqotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratiladi.

Muloqot tili: rus tili, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etiladigan yosh: 16+
“Yaxshi ijtimoiy hikoya qanday yoziladi?” mavzusida ma’ruza
14:30–15:30
20-sentabr
Majlislar zali
Batafsil
Ijtimoiy hikoyalar ASB (autizm yoki autistik spektrning buzilishi) bilan og‘rigan bolalar bilan ishlashda eng samarali vositalardan biri sanaladi. Ular bolaga yangi vaziyatdan nimani kutish kerakligini oldindan tushunishga hamda ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rgatish: salomlashish, yordam so‘rash, his-tuyg‘ularni jilovlash, qoidalar va tartiblarga moslashishga ko‘maklashadi. Uchrashuv davomida o‘qitishning qaysi usullari ijtimoiy hikoyalarni o‘z ichiga olishini va ular qanday tarkibiy qismlardan iboratligini muhokama qilamiz.

Gap matnni bolaning yoshi va ko‘nikmalariga qanday moslashtirish haqida ham boradi. Ishtirokchilar Kerol Grey usulining tamoyillari bilan tanishadilar, misollar ko‘radilar va amaliy maslahatlar oladilar. Ma’ruza ota-onalar, pedagoglar, mutaxassislar va ASB bilan og‘rigan bolalar bilan ishlaydigan barcha uchun foydali bo‘ladi.

Muloqot tili: rus tili, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etiladigan yosh: 16+
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.
Собрание детского книжного клуба. Читаем и обсуждаем книгу Елены Ульевой «Идем к стоматологу» вместе с Шахзодой Джураевой, радиоведущей и сотрудницей нашей библиотеки. Познакомимся с познавательной историей о пугливом зайчонке и смастерим тематическую поделку.

У зайчонка заболели зубы, но он боится идти к врачу. Вдруг доктор все только испортит и малыш не сможет грызть морковку? Вместе с героем отправимся в кабинет стоматолога и разберемся, почему врачей не стоит пугаться, для чего нужны разные инструменты и почему так важно ухаживать за зубами.

Язык проведения: узбекский и русский
Возраст: 5+
13:00–14:00
МАЛЫЙ ЗАЛ-ТРАНСФОРМЕР