Tarixiy qo‘lyozmalar, noyob kitoblar, musiqa arxivi va pochta bosmaxonasi sara to‘plamlar: “Mutolaa maskanlari” rukni ostida biz dunyoning noyob kutubxonalari haqida hikoya qilamiz. Bugun – Britaniya kutubxonasi haqida.
Buyuk Britaniya milliy kutubxonasi iyul oyida o‘zining 50 yilligini nishonladi. Bunday nomdor muassasa uchun bu juda qisqa muddatdek tuyuladi. Ha shunday! Ammo gap shundaki, kutubxona 1973-yildagina Britaniya muzeyi kutubxonasi, Milliy markaziy kutubxona va Milliy ilmiy-texnik adabiyot kutubxonasini birlashtirilishi natijasida yagona tuzilmaga aylangan.
Hozirda Britaniya kutubxonasi dunyodagi eng yirik tadqiqotlar xazinasi hisoblanadi. Bu yerda yozma tamaddunning barcha davrlariga oid, shu jumladan osori atiqalardan iborat 170 milliondan ortiq buyumlar saqlanadi. Shu yerning o‘zida, masalan, o‘z kichik tadbirkorlik yoki loyihangizni rivojlantirish bo‘yicha bepul maslahatlarni olish mumkin. Kitobxon guvohnomasi esa istagan tashrif buyuruvchiga beriladi.
1997-yilda kutubxona Kolin Sen-Jon Uilson va M.J. Long tomonidan loyihalashtirilgan Sent-Pankrasdagi o‘z binosiga – mahobatli qizil g‘ishtli modernistik inshootga ko‘chib o‘tadi. Imorat qurilishi yakunlangandan so‘ng ser Uilsonga hatto ritsarlik unvoniga maqbul, deb topilgan. Georg III Qirollik kutubxonasi uchun bu yerda alohida joy – binoning qoq markazida joylashgan baland shishali minora ajratilgan. Bu yerga istagan xohlovchi kutubxonaga a’zolik guvohnomasi bilan kirishi mumkin.
1997-yilgacha kutubxona mashhur Aylana o‘qish zaliga ega Britaniya muzeyi binosida joylashgan bo‘lgan. U yerga boshqalar qatori kitob mutolaasi uchun Charlz Darvin, Karl Marks va Virjiniya Vulf kirganlar. Bu yerda Qirol Georg III sara to‘plami (“Qirollik kutubxonasi”), ser Robert Kotton va boshqa kolleksionerlarning qoʻlyozmalari saqlangan. Muzey kutubxonasidagi xazinalar orasida Gutenberg Injili, Shekspirning ilk nashrlari hamda Choserning Kenterberi hikoyalari mavjud.
Kutubxonada yana nimani topish mumkin? Masalan, Britaniya kutubxonasining ovozli arxivini! Tasavvur qiling, mumtoz va ommabop musiqadan tortib to yovvoyi tabiat va suhbatlargacha bo‘lgan 185.000 ta turli tasma yozuvlari.
Gazeta va davriy nashrlarning eng boy to‘plami. 1840-yildan buyon Britaniyada chop etib kelingan deyarli BARCHASI, shuningdek, butun dunyodan son-sanoqsiz nashrlar. Jami 52.000 nashr!
Shuningdek, koʻplab alohida toʻplamlar mavjud, masalan, Sharqiy Hindistonda hukmron bo‘lgan mustamlaka maʼmuriyati arxivi hisoblanmish “Hindiston idorasi devoni” (The India Office Records) yoki Britaniya teatri tarixiga bagʻishlangan “Teatr arxivi loyihasi” (The Theatre Archive Project).