Ammo bu bilan hikoya yakunlanib qolmaydi! Pannolarni ehtiyotkorlik bilan tiklash va ularni kelgusi bus-butligini ta’minlash maqsadida Turkiyaning “Mesa” kompaniyasidan sulolaviy restavratorlar taklif qilindi. Professor Munevver Ucher, dotsent Kaya Ucher va restavrator Elif Naz Ucherdan iborat uchlik manzarali pannolarimizni restavratsiya qilish ishlariga qo‘shildilar. Ilgari ushbu restavratorlar jamoasi Topkapi saroyi, Istanbuldagi Aya Sofiya va Sulaymoniya masjidlari va boshqa madaniy meros inshootlarida shiftdagi rasmlarni restavratsiya qilish ustida ishlagan.
“Restavratsiya ishlari mobaynida olingan maʼlumotlarga koʻra, devoriy suratlar oʻtgan asrning 60-yillari boshlarida yaratilgan deb taxmin qilamiz. Kuzatishlarimiz shunday xulosaga kelishga imkon beradiki, suratlar devor sirtida moy-bo‘yoq bilan, oftobda toblangan somon va loy qorishmasidan tayyorlangan. Bu ashyo Turkiyada “kerpiç” yoki O‘zbekistonda “somon” nomlari bilan mashhur bo‘lib, mintaqaga xos qurilish materialidir. Somonning moy-bo‘yoqlar bilan uyg‘unlashuvi ta’sirli devoriy suratlarni yaratishga imkon berib, o‘z tarkibi sharofati bilan bugungi kungacha saqlanib qolgan. Qayta tiklash ishlari yakunlangach, bo‘yoq qatlamlarining parchalarini Turkiyadagi restavratsiya laboratoriyasida tahlil qilishni rejalashtiryapmiz. Bu bizga topilgan pannolar tavsifi haqida aniqroq xulosalar chiqarishga imkon beradi”.