Har kuni 10:00 - 21:00
Har kuni 10:00 - 21:00
O'Z
Respublika bolalar kutubxonasi Toshkent aholisining shaxsiy arxividagi fotosuratlarni jamlamoqda
Aholining O‘zbekiston kutubxonalari haqidagi fotosuratlari, hikoyalari, xotiralarini library@acdf.uz elektron manzili, ijtimoiy tarmoqlar yoki telefon orqali qabul qilamiz. Suratlar, slaydlar va plyonkalar skaner nusxa olingandan so‘ng qaytariladi.
Har bir hikoya va har bir kadr Respublika bolalar kutubxonasiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlariga bebaho hissa bo‘lib xizmat qiladi.
Respublika bolalar kutubxonasi tarixini sinchkovlik bilan o‘rganishga imkon beruvchi fotosuratlar ko‘p qolmagan. Shahar arxivlarida binoning rasmiy tarixini hujjatlashtiruvchi fotosuratlar saqlanadi, ammo bu kutubxona tarixiga oid to‘liq tasavvur hosil qilish uchun kifoya qilmaydi. Toshkent aholisining shaxsiy fotosuratlari bu tarixni tushunish uchun o‘rnini bosib bo‘lmas manba hisoblanuvchi osori atiqadir.
Ochilish arafasida Respublika bolalar kutubxonasi hamda uni qayta qurish ishlariga yetakchilik qiluvchi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mahalliy aholi uy javonlarida saqlanayotgan fotosuratlarni yig‘ishga chorlaydilar.
Kutubxona restavratsiyasi chog‘ida loyiha jamoasi binoning arxiv fotosuratlarini qidirish ishlarini olib bordi.
Respublika bolalar kutubxonasi joylashgan bino uzoq tarixga ega. Binoning bugungi kungacha saqlanib qolgan qismi eng qadimgisi hisoblanadi. 1880-yillarda Turkistondagi eng yirik paxta va yog‘-moy zavodlari egalari boʻlgan aka-uka Vadyayevlar Toshkentning yangi qismida kichik qasr quradilar. 1909 yilda uy shahar ma’muriyatiga sotiladi. Turli yillarda unda Jamoat yig‘ini, Toshkent harbiy bilim yurti rotasi, Ozodlik uyi, Toshkent kengashi, Davlat rus operetta teatri va kinoteatr joylashgan.
1965-yilda imoratga kutubxona ko‘chib boradi. O‘shandan beri u yerga toshkentliklarning bir necha avlodi tashrif buyuradi. Kimdir bu yerga atigi bir necha marotaba kelgan bo‘lsa, kimdir muntazam ravishda mehri tushib qatnagan, kimdir hatto ishga joylashib, bir necha o‘n yillar davomida baxtiyor bo‘lib xizmat qilgan – mazkur kutubxona devorlari ko‘plab kishilarning shaxsiy tarixlariga tirik guvoh. Shahar arxividan topilgan nodir kadrlarda 60-yillarning oxirlarida maktab o‘quvchilarining o‘qish zalida o‘tirganlari, may oyining iliq tonggida esa xodimalar kirish ostonasida qad rostlab turganlarini ko‘ramiz.
Shuningdek o‘qing
Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash qoidalari
Murojaatlar uchun
+99871 231 17 91
info@acdflibrary.uz
Ish vaqti
Har kuni 10:00 - 21:00
Kitob berish kutubxona yopilishidan
30 daqiqa oldin yakunlanadi
Manzil
Toshkent, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 47-uy

Kutubxonaga oid soʻnggi yangiliklar bevosita pochta qutingizda
Kuki siyosati
Maxfiylik tanlovlari